01tpmcworksheetscolourandbw (1) (1). pdf (Рабочий лист (A4 портретная ориентация)), копия, копия


SANA 5-KUN KUN TARTIBI TUZISH BO'YICHA QO'LLANMA



Yüklə 4,53 Mb.
səhifə6/19
tarix26.10.2023
ölçüsü4,53 Mb.
#131306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
O\'zgaramiz 9- mavsum

SANA 5-KUN





KUN TARTIBI TUZISH BO'YICHA QO'LLANMA



Kun tartibiga rioya qilib, vazifalarni reja asosida bajarish-vaqtni tejashga, ish samaradorligini oshirishga, hayotingizda tartib o'rnatilishiga xizmat qiladi.
Samarali kun tartibini tuzib, unga qat’iy amal qilish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? Qanday kun tartibi bizni ishlashimiz va unga amal qilishimizni kafolatlaydi?
Kun tartibini tuzish uchun aniq qoidalar mavjud emas. Ba'zi manbalarda qiyin, vaqt talab etadigan ishlarni kunning birinchi yarmida bajaring deyilsa, ba'zi manbalarda esa kichik, oson, ko'p vaqt talab qilmaydigan ishlarni avval bajarib oling deb keltiriladi. Siz kun tartibingizni o'z sharoitingiz va imkoniyatingizdan kelib chiqqan holda tuzing. Ya'ni sizga qaysi yumushlarni avval bajarib olgan ma'qul?

Biz esa quyida kun tartibini to'g'ri tuzishga ko'maklashuvchi ayrim qoidalarni keltirib o'tamiz.

  1. Kun tartibini tuzayotganingizda uyg‘onganingizdan boshlab, uxlash uchun yotadigan paytingizgacha nimalar qilish kerakligini qadamma qadam tasavvur qilib, yozib chiqing. Tasavvur qilish kun tartibi tuzishda vazifalar ketma-ketligini belgilashda muhim o‘rin tutadi.

  2. Ulgurishingizga ko‘zingiz yetadigan darajada vazifa yozing, axirkun atigi 24 soatdan iborat. Shu vaqt davomida bajarilishi kerak bo‘lgan ishlaringizni imkon darajasidan kelib chiqib yozing.

  3. To‘satdan paydo bo‘lib qoladigan rejalar, g‘oyalar va vazifalar uchun ma’lum miqdorda joy qoldiring. Aks holda bu ham kun tartibiga amal qilish rejimingizni buzishi mumkin.

  4. Kun tartibini tuzib, undan birinchi marotaba foydalanayotgan bo'lsangiz vazifalaringizga vaqt belgilamang. Chunki, yumushlaringiz siz belgilagan vaqtga to'g'ri kelmay qolsa yoki ko'proq vaqt sarflasangiz, kun tartibingiz muntazam davom etmayotganidan asabiylashasiz va tartib ham buziladi. Boshlanishiga bir haftani vaqt belgilamasdan turib bajaring. Lekin qaysi ishga qancha vaqt sarflaganingizni qayd etib boring. Bir hafta o'tgach, har kecha yangi kun tartibi tuzayotganingizda vaqt belgilab olsangiz bo'ladi. Chunki, endi siz qanday vazifalarni avval va qaysilarini keyin bajarish oson bo'lishi hamda qancha vaqt sarflashingizni bilasiz.

Vazifa: Berilgan qo'llanma bo'yicha quyidagi plannerni to'g'ri to'ldiring.

  1. 50 bet loyihaga qo'yilgan kitobdan mutolaa qilish.

(Maqsad: Ichki xotirjamlik uchun)

  1. Xonalarni supurish, eshik, oynalar va uy jihozlarningchanglarini artish. (Maqsad: O'zini yaxshi his qilish uchun.

"Poklik iymonning yarmidir")

  1. Ilm olish, yangi bilimlar o'rganish, vazifalarni bajarish.

Masalan: maktab, institut yoki onlayn darslarning vazifalarini.
(Maqsad: Abadiy baxt uchun)

  1. Tarmoq odobiga rioya qilish, ijtimoiy tarmoqlarni faqatfoydali ma'lumotlar uchun yuritish. Hamda kundalik hayotda atrofdagi insonlarga xushmuomala va hurmatda bo'lish.

(Maqsad: Sharaf/shuhrat/hurmat)

Yüklə 4,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə