01tpmcworksheetscolourandbw (1) (1). pdf (Рабочий лист (A4 портретная ориентация)), копия, копия



Yüklə 4,53 Mb.
səhifə9/19
tarix26.10.2023
ölçüsü4,53 Mb.
#131306
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
O\'zgaramiz 9- mavsum

SANA 9-KUN





Inson kitob mutolaa qilar ekan uning asabi tinchlanadi, uyqusizlikdan qutulishiga yordam beradi, qalbini yumshatadi, miya faoliyatini yaxshilaydi, tushkunlikka qarshi kurashga yordam beradi, hayotdagi maqsadini anglashga va qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi, xotirani kuchaytiradi va hokazo mutolaaning foydalari juda ko‘p.
Endi esa sizda savol paydo bo‘ladi. Hamma kitoblarni har qanday holatlarda o‘qisak, biz shunday foydalarga erisha olamizmi?
Javob : Yo‘q, har bir narsaning o‘z odobi , madaniyati bo‘lgani singari Kitob o'qishning ham o‘z madaniyati bor. Siz bilan ularning bir nechtalari bilan tanishib chiqamiz.


1. O‘ZINGIZNING VAZIYATINGIZ, HOLATINGIZGA MOS KITOBLARNI MUTOLAA QILING.
Siz hozir qanday vaziyatdasiz?
Maktab o‘quvchisimisiz? Unda darsliklaringizni va ruhiy holatingizni qondira oladigan badiiy va ilmiy kitoblarni o‘qing. Talaba va o‘qituvchilar ham o‘z sohasiga doir kitoblarni va ruhiy holati uchun foydali va qiziqishlariga doir ilmiy va badiiy kitoblarni o‘qishlari mumkin.
Qaysi sohada bo‘lsangiz ham, kunlik mutolaangizning 50% i o‘z sohangizdagi kitoblar bo‘lsin. Qiziqish va ruhiy holatingizni qondiruvchi kitoblarning mutolaasi 50% dan oshib ketmasin. Masalan, siz o‘zbek tili o‘qituvchisi bo‘lsangiz va har kuni 40 bet kitob o‘qisangiz, uning 20 beti tilshunoslikka doir kitob bo‘lsin. Qolgan 20 beti esa qiziqishingiz va ruhiy holatingizni qondiruvchi kitoblar bo‘lsin.
Kitoblarning sifatiga e'tibor bering. Faqat tashqi sifatiga emas, balki ichki mazmun - mohiyat va muallifga e'tibor berish birinchi darajali ish bo‘lishi kerak. Kitob o‘qiyotganda bu kitob menga emas deb yopib qo'yishni ham bilish kerak. Kitob mutolaa qiling, aqlingizni oshiring, ammo chegara qadriyatlaringiz bo‘lsin. Sifatga e'tibor qaratishning usullari:

  1. Muallif bilan tanishing

Bunda siz ushbu savollarga javob topishingiz mumkin:
Kim u? Nechta kitob yozgan? Qaysi kitoblarni yozgan? U yozgan boshqa asarlar qanday mavzuda?

  1. Kitob sarlavhasini va kirish qismidan ozgina qismini mutolaa qilibko'ring.

Asosan ko'p kitoblarda kitob maqsadi va mazmuni haqida sarlavhada ozgina tushuncha berib o'tiladi.



  1. Kitob mundarijasini o'qib ko'ring.

Kitoblar mundarijasidan ham ushbu kitobda qanday mavzular yoritilishi haqida bilib olsangiz bo'ladi.
4.Kitob ortida keltirilgan manbaalarga ham e'tibor bering.
Bunda asosan ilmiy kitoblarni o'qiganingizda o'sha mavzuni kengroq tushunishingiz uchun foydalangan adabiyotlardan mutolaa qilsangiz, shu mavzu bo'yicha sizni qiziqtirgan savollarga javob
Amallarning eng yaxshisi - oz bo'lsa-da davomiy bo'lgani. Bir kun 50 bet yoki 100 bet o'qib 3 kun mutolaasiz yurmang. Har kunlik vazifangiz bo'lsin. Kuchingiz yetgunicha va sizni malollantirmaydigan darajada vazifa tanlang. Masalan , uyqudan turganingizdan so'ng 10 bet, uyquga yotishdan oldin 10 bet. Shunda har kuni 20 bet mutolaa qilgan bo'lasiz va natijada bir oyda o'rtacha 2-3 ta kitobni tugatasiz. Davomiylikka e'tiborli bo'ling.
Kitoblarni mutolaa qilish jarayonida quyidagi savollarga imkon boricha javob berib koʻring:

  1. qoʻlimdagi kitob oʻzi nima haqida?

  2. voqealar rivoji nimaga ishora qilmoqda?

s) asar haqiqatga yaqinmi: butunichami yoki qisman?
d) bu aslida nima, ahamiyati qanday? Menga nima beradi?
Kitob oʻqish payti turfa qaydlar yozish, muddat va belgilar qoʻyib oʻqish, foydali jumlalar ostiga chizib o'qish, taqrizcha yozib, bir chetga olib qoʻyish ziyon qilmaydi. Bari sizning foydangizga ishlaydi...

Hamisha dunyoqarashingizni oʻstiradigan, ruhingizni tozalaydigan, fikringizni charxlaydigan kitoblarni oʻqing! Har doim!

Yüklə 4,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə