01tpmcworksheetscolourandbw (1) (1). pdf (Рабочий лист (A4 портретная ориентация)), копия, копия



Yüklə 4,53 Mb.
səhifə7/19
tarix26.10.2023
ölçüsü4,53 Mb.
#131306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
O\'zgaramiz 9- mavsum

SANA 6-KUN






Odatlarni shakllantirishdan maqsad, albatta, birinchi navbatda samarali hayot tarzi va vaqtimizni yetarlicha foydali oʻtkazish.
Bajara olmayotgan foydali ishlarimizni odatga aylantirish hayotimizni biroz boʻlsada yengillashtiradi. Ammo biz koʻpincha odatlarni toʻgʻri shakllantira olmaganimiz tufayli oʻzimizni shu odatdan bezdiramiz.

Odat shakllantirishning biz eʼtibor berishimiz kerak boʻlgan baʼzi jihatlari mavjud:

  1. Odatlar bajarish uchun oson boʻlishi kerak. Yaʼni miqdorni dangasalik qilolmaydigan darajada belgilash kerak. Masalan, umuman kitob oʻqimaydigan inson kitob oʻqish odatini shakllantirishi uchun birdaniga bir kun uchun 10-20 bet kitob oʻqishni miqdor qilib belgilashi xato. Avvaliga, 2,3,4 betdan boshlash kerak.

  2. Yuz foiz bajara olmaslik fojia emas. Belgilagan odatlaringizni hammasini toʻliq miqdorda bajara olmaganingiz muammo emas. Hatto 50 foiz bajarish ham yaxshi natija. Muhimi, davomiy boʻlish. Chunki "bir noldan cheksiz marta koʻp".

  3. Muddat belgilang. Bu bosqich siz bajarayotgan odatlarga muddat belgilashingizni talab etadi. Masalan, ertadan 5 bet kitob oʻqiyman emas, bir oy davomida 5 betdan kitob oʻqiyman deb aniq maqsad belgilab oling. Chunki oʻzingizga bergan vaʼdangizni bajarish bu- siz uchun eng yaxshi motivatsiyalardan biri.

  4. Miqdorni birdaniga emas, asta-sekin koʻpaytirib boring. Masalan bu oy kuniga 5 betdan kitob oʻqigan boʻlsangiz, keyingi oy 8 bet, undan keyingi oy esa 12 bet oʻqishga harakat qiling va bu odat shakllanayotganini sezganingizdan keyin yana yangi odat qoʻshing.

Vazifa: Ushbu jihatlarni inobatga olgan holda, loyiha davomida oʻzingiz uchun 3ta yangi odat shakllantiring.

SANA 7-KUN






Shukur - yaxshilik qiluvchining yaxshiligini mamnunlik ila e'tirof etish. Shukur uch qismdan, ya'ni, qalb shukri, til bilan shukr va amaliy shukrdan iborat.
Shukronalik kundaligi esa - kishining rahmat ya'ni shukrini qayd etib boradigan bir kundalik, daftardir.
Shukronalikni nega aynan kundalikka muhrlashimiz kerak deysizmi? Chunki psixologiyada his qilish belgilari bor ya'ni ko'zimiz bilan ko'ramiz, burnimiz bilan hid bilamiz, quloqlarimiz bilan eshitamiz, qo'limiz bilan ushlaymiz. Shukrona yozayotganda esa qo'limiz bilan ruchkani ushlaymiz. Ongimiz fikrlarimizni harflarga aylantirish bilan kuchli mexanizm ishga tushadi, bunga qo'shimcha tarzda yuragimiz sabablarni qidirayapti, har bir shukronalik bizning ijobiy fikrlarimizni shakllantiradi. Ijobiy fikr va so'zda esa ijobiy to'lqinlar bor.
Biz shukur yozganimizda ongimiz qabul qiladi va bu his hujayralarimizda aylana boshlaydi. Oqibatda, har qanday tushkunlik, dard-u g'am o'zidan kamayib boradi.
Shukur qilish iymonning yarmidir.

Ne'matga shukur qilmoq o'sha ne'matdan yaxshiroqdir.
(Jaloliddin Rumiy)
Shukronalik kundaligini tutish tartibi:

  1. Shukringizni, albatta, sabablar bilan yozing.

Masalan: qo'llarim borligi uchun shukur, sababi : qo'llarim bilan o'zimga xizmat qila olaman
Ko’zlarim ko'rib turgani uchun shukur, sababi: ko’zlarim borligi uchun Alloh bergan barcha in'omlarni ko'ra olaman. Yaqinlarimning diydoridan to'yib-to'yib bahramand bo'la olaman.

  1. Shukrona yozayotganda hech qachon salbiy so'zlar ishlatmang.

Bunday so'zlarda salbiy energiya mavjud. Masalan: Oilam borligi uchun shukur, sababi: yolg’iz yashashdan qo'rqaman.
Bu gapda "yolg’iz" va "qo'rqaman" so'zlari salbiy.

  1. Shukronalik yozayotganda boshqa insonlarga nisbatan qiyoslashso'zlari ishlatilmaydi.

Masalan qo'llarim borligi uchun shukur, axir bu dunyoda qo'li yo'q insonlar qancha, bu misol ham to'g'ri emas, chunki qiyosiylikda ijobiylik yo'q.
Holatingizdan kelib chiqib quyidagacha shukrona yozishingiz ham mumkin.
Masalan:

  • Samoviy baraka eshiklari men tomonga keng ochilganligidan shukur qilaman, sababi bergan halol ne’matlaringdan bahramand bо‘la olaman.

  • O'z ishimning ustasi bo'lib, odamlarga yordamim tegayotganidan shukur qilaman, sababi insonlarning yaxshi hayot kechirishiga yordam berishga intilaman.

4. Kundalikni to'ldirish uchun ma'lum vaqt belgilang. Bu odat shakllanishiga asos bo'ladi va bardavomlikni oshiradi!

Unutmang, hayotda unga boqayotgan ko’zlaringizning aksidir. Siz hayotga kulib qarang, o’zingizda bor narsaga shukur qiling, istayotgan narsangiz uchun harakat qiling va unga erishasiz. Har narsada go’zallik va yaxshilik mavjud, uni ko'rib barchasiga shukur keltiring. Aniqki, sizdagi ne'matlar shukronalik ila ziyoda boʻlur!

Foydalanilgan manbaalar:

  1. https://youtu.be/XQtU_gmPnc8?si=DurIGs4EyulI1bbI

  2. https://islom.ziyouz.com/fatvo/turli-masalalar/shukr-nima-uning-ma-nosi-va-ado-etilishi-qanday-bo-ladi3. Chat gpt

Yüklə 4,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə