01tpmcworksheetscolourandbw (1) (1). pdf (Рабочий лист (A4 портретная ориентация)), копия, копия



Yüklə 4,53 Mb.
səhifə10/19
tarix26.10.2023
ölçüsü4,53 Mb.
#131306
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
O\'zgaramiz 9- mavsum

10-KUN





Taqriz- bu kitobxonning biror bir kitob haqidagi tahliliy va tanqidiy fikrlarining yozma shaklidir.
Taqriz asarning gʻoyasi, mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, yutuqlar va kamchiliklar haqida qolgan kitobxonlarga maʼlumot yetkazadi.
Taqriz yozish kitob oʻquvchi shaxsning dunyoqarashini kengaytiradi va yozish, fikrni ifoda etish qobiliyatini rivojlantiradi.
Taqrizda asar toʻliq yoritilishi shart emas. Asosan taqrizda, asarning eng ahamiyatli tomonlari, xususiyatlari ochib berilishi va nega kitobxon aynan shu kitobni oʻqishi yoki oʻqimasligi kerakligi haqida yetarlicha maʼlumot berilishi kerak.

Biror asar haqida "yaxshi", "yomon", "manfaatsiz" yoki "qoniqarsiz" kabi subyektiv fikrlarni bildirishdan cheklanish lozim. Chunki hamma asarlar ham sizning didingizga toʻgʻri kelmasligi, yoki sizga yuqori darajada taʼsir koʻrsatgan kitoblar qolganlar uchun unchalik muhim boʻlmasligi mumkin.
Qisqasi, siz oʻz taqrizingizda:

  1. Asarning mavzusi va gʻoyaviy mazmuni nima?

  2. Nega aynan bu kitob oʻqilishi/oʻqilmasligi kerak, kitob oʻquvchiga nimani oʻrgatadi?

  3. Asarning bugungi kundagi ahamiyati qanday va siz undan qandayxulosa chiqardingiz?

kabi savollarga imlo qoidalariga amal qilgan holda javob bera olishingiz kerak.

Vazifa: Loyiha davomida oʻqiladigan kitoblarga yuqoridagi talablarga javob beradigan tarzda oʻz taqrizingizni yozing va guruh boshingizga joʻnating.

11-KUN






"Samaradorlik – biror vazifaga vaqt sarflash emas, vaqtni qanday sarflashdir. Bu esa aynan o‘z diqqatingizni boshqarish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi."

Hozirgi kunda koʻpchilikni qiynab kelayotgan muammo- diqqatni jamlay olmaslik. Diqqat inson hayotida, yashash tarzida muhim oʻrin egallaydi. Har qanday vazifani toʻgʻri bajarish va vaqtdan unumli foydalanishning asosiy omili diqqatni toʻlaligicha kerakli ishga qaratish. Diqqat har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Shunday ekan, biz oʻz diqqatimizni boshqarishimiz kerak. Uyqudan uygʻonishingiz bilan elektron qurilmalardan, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmang. Bu diqqatni jamlash qobiliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Bajarishingiz kerak boʻlgan ishlar roʻyxati yoki kunlik rejangizni bir kun avvaldan yozib qoʻyishga odatlaning. Chunki, erta tongda diqqatni jamlash osonroq, siz esa bu vaqtni shunchaki roʻyxat tuzish uchun emas biror zarur ishga ishlatishingiz samaraliroq boʻladi. Diqqatingizni jamlashingizga xalaqit beradigan muhitdan qoching. Biror ish bilan shugʻullanayotganingizda yoki dars qilayotganingizda iloji boricha oʻzingizga qulay, tinch, odamlar bezovta qilmaydigan joyni tanlaganingiz maʼqul. Chunki atrof muhit ham diqqatga yetarlicha taʼsir oʻtkazadi.
Bir vaqtning oʻzida bir nechta ish bilan shugʻullansam tezroq boʻlaman deb oʻzingizni aldamang. Bu hech qaysi ishga diqqat bilan yondashmasligingizga va ishlar koʻngildagidek boʻlmasligiga sabab boʻladi. Iloji boricha maʼlum vaqt davomida fokusni faqat bitta ishga qaratib, uni bitirgach qolganlari bilan shugʻullaning.
Biror ishingizni bitirib olganingizdan soʻng keyingisini boshlaguncha oʻzingizga va miyangizga dam bering. Tinch joyda yolgʻiz qoling yoki sayrga chiqing. Asosiysi, dam olish vaqtida ijtimoiy tarmoqlarga chalgʻimang.

Yüklə 4,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə