01tpmcworksheetscolourandbw (1) (1). pdf (Рабочий лист (A4 портретная ориентация)), копия, копия



Yüklə 4,53 Mb.
səhifə18/19
tarix26.10.2023
ölçüsü4,53 Mb.
#131306
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
O\'zgaramiz 9- mavsum

SANA 20-KUN





OMONAT HAQIDA

Odamlar omonat deganda qimmatbaho narsani boshqa birovning huzuriga putur yetishidan, shikastlanishidan saqlab berishlari uchun qoʻyishnigina tushunadilar. To‘g‘ri, bu ham omonat. Ammo, omonat tushunchasi kengroq ma’noni ifoda qiladi. Saqlab turish uchun ma'lum muddatga berilgan nafaqat moddiy, balki ma'naviy narsalar ham omonat hisoblanadi.
Bizga ato etilgan tana a’zolarimiz omonatdir. Ularni asrash, kasal bo‘lsa, darhol shifokorga ko‘rsatib, davolashning chorasini ko‘rish omonatga rioya qilishdir. Agar biror a’zomiz bemor bo‘lsa-yu, uni vaqtida shifokorga ko‘rsatib, muolajasiga urinmasak, natijada u a’zo o‘z faoliyatini bajara olmay qolsa, biz uning omonatligiga rioya qilmagan, uni chiroyli ado etmagan bo‘lamiz.
Ta’na a’zolarimiz kasallanishini oldini olib, bu omonatga sadoqat bilan munosabatda bo’lish uchun badantarbiya, mashg’ulotlar bajarish, sport bilan shug’ullanish, taomlanishga jiddiy ahmiyat qaratish lozim.
Shuningdek, ota-ona, turmush o’rtoq, farzand omonatdir. Ularning nafaqasini qilish, bemor bo‘lsalar, davolatish, soliha, solih qilib tarbiyalash, xulqu atvorlarini yaxshilash borasida qayg‘urish, buni nazorat qilish omonatga rioya qilish hisoblanadi. Bordi-yu ularni o‘z hollariga tashlab qo‘yilsa, axloqlarida, fikrlashlarida nuqson bo‘lsa, aqidalari, ibodatlari noto‘g‘ri tarzda bo‘ladigan bo‘lsa, ularga mas’ul bo‘lgan farzand, er, ota-ona omonatga xiyonat qilgan bo‘ladi.
Va yana, har bir kasb o‘z egasi uchun omonatdir. Inson bir kasbni o‘rgandimi, endi shuni yaxshi ishga solib, shu orqali xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishi kerak. Agar u o‘z kasbiga nisbatan loqayd, beparvolik qiladigan bo‘lsa, kasbiga qo‘l uchida yondoshadigan bo‘lsa, kasb omonatiga xiyonat qilgan bo‘ladi.
Masalan, o‘qituvchi kasbini olaylik. Bu kasb egasi o‘z kasbini sevishi, uni sadoqat, fidoiylik bilan olib borishi darkor. Agar o‘qituvchi maktabda, kollejda, oliygohda talabalarga sidqidildan dars o‘tmasa, bir soatu yigirma daqiqa ichida shogirdlariga biror ilmiy yangilik taqdim etmasa, o‘quvchilar bilan gaplashib o‘tirsa, vaqtni behuda o‘tkazsa, o’quvchiga darsdan tashqari ish buyursa, ularning vaqtlarini, umrlarini sovursa, o‘qituvchilik omonatiga, ta’lim berish omonatiga xiyonat qilgan bo‘ladi. Olingan ilmni zoe qilmaslik, uni boshqalarga ham ulashish, ilm berish vositalaridan to‘g’ri foydalanish ilm omonatini ado etish hisoblanadi.
Shifokor bemorlarni davolashni yaxshilash maqsadida o‘z ustida ishlamasa, turli kasalliklarga oid kitoblar bilan tanishib, ilmini oshirib bormasa, bemorlarni davolashda sustkashlik, o‘quvsizlik, dangasalik qilsa, kasbiga bepisandlik bilan yondoshsa, yaxshi pul bergan bemorlarga e’tibor qaratib, qo‘li kaltalik qilganlarga qo‘pol, yuzaki muomala qiladigan bo‘lsa, u shifokorlik omonatiga xiyonat qilgan bo‘ladi. Bordiyu uning o‘quvsizligi natijasida bemor hayotdan ko‘z yumsa, chalasavod shifokor bunga zomin bo‘ladi. Bu jinoyatga o‘qishni pulga bitirishda, diplomni pulga sotib olishda unga ko‘maklashgan kimsa ham sherik bo‘ladi.
Oshpaz ovqat pishirayotganda, o‘ta ehtiyotkor va diqqatli bo‘lishi kerak. Ular gigiyena qoidalariga qattiq rioya qilishlari shart. Pishiradigan taomiga, musulmonlarning luqmasiga nisbatan beparvolik qilsa, oshpazlik omonatiga xiyonat qilgan bo‘ladi.
Oshpaz, nonvoy kabi kasb sohiblari o‘zlarining loqaydliklari bilan musulmonlarning luqmasi bevosita buzilishiga sabab bo‘lib qolishlari mumkin. Ular mahsulotlarini qayerdan olinayotganiga, ularni halol ekanligiga, birovning haqqiga zulm qilinmaganligiga katta ahamiyat qaratishlari zarur.
Xuddi shu kabi, boshqa kasb egalari ham o’z kasblari yuzasidan nimalar joiz va nimalar nojoizligini bilishlari majburiydir.
Kundalik hayotimizda quyidagicha turdagi omonatdorlik vaziyatlarini tez-tez uchratamiz:
Kimdandir ruchka so’raymiz, ammo uni yodimizdan ko’tarilib qaytarmasak yo rangi tugab qolsa, yoki kimningdir kitobini olsagu, lekin varoqlari shikastlangan holda qaytarsak – bu omonatni munosib saqlanilmaganligining belgisi. Bu vaziyatda darhol uzr so’rab, zararni qoplab berish chorasini ko’rish zarur.
Yana bir misol, kimdir sizga bir gap aytdi va hech kimga aytmasligingizni aytdi. Boshqalar bilan suhbat jarayonida bu omonatni ehtiyot qilish kerak.

Omonatdorlik qoidasiga rioya qilish va unga sodiq bo'lish uchun har bir omonatni olishingizdan oldin o’zingizdan so’rang “Bu omonatmi, yo’qmi?“ undan keyin olgan omonatingizni o’z holida qaytarib bering.

Yüklə 4,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə