01tpmcworksheetscolourandbw (1) (1). pdf (Рабочий лист (A4 портретная ориентация)), копия, копия



Yüklə 4,53 Mb.
səhifə16/19
tarix26.10.2023
ölçüsü4,53 Mb.
#131306
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
O\'zgaramiz 9- mavsum

SANA 18-KUN





Va'da bu bir ishni bajarish yoki bajarmaslikka doir so'z berish va ishontirish ma'nosini anglatadi. Xalq orasida ham va'daga vafo qilmaydigan kishini bevafo, yolg'onchi, va'daboz, subutsiz kabi inson sha'niga nomunosib sifatlar bilan sifatlanadi.
Va'dani ustidan chiqish insonning yuksak ma'naviyat sohibi ekanligidan darak beradi.

Insonlar eng ko'p va'da beradigan va u va'dasini bajarmaydigan insoni kim bilasizmi?

Bu inson, avvalo o‘zimizdir. Biz o'zimizga qanchadan-qancha va'dalar beramiz, biror ishni qilaman deymiz qilmaymiz, boraman degan joyimizga vaqtida bormaymiz, boshlagan ishimizni nihoyasiga yetkazmaymiz, boshlagan maqsadimizni amalga oshirmaymiz. Natijada o'zimizga bo‘lgan ishonch yo'qoladi. Oddiy ishlarni ham "uddalay olmayman " deb qilmay qo‘yaveramiz, oson chekinamiz, dangasalik paydo bo‘ladi. Inson va'da berib bajarmasa birinchi o‘rinda eng ko‘p va'da beradigan odami o‘zi ekanligi va o‘ziga bergan va‘dalarini, maqsadlarini qanchalik bajarmasa, shunchalik o‘ziga nisbatan ishonchini yo‘qotishini bilmas ekan, u inson o‘zini shunchalik energiyasiz, dangasa his qilishda davom etaveradi. Avvalo o'zimizga bergan va‘damizni bajaraylik. Shunda boshqalarga bergan va'damizni bajarish oson bo‘ladi.
Inson avvalo oʻziga adolatli boʻlishi, soʻng boshqalarga adolat koʻrsatishi lozim. Zero, oʻziga adolatli boʻlmagan kishi boshqalarga adolat koʻrsata olmaydi. Hukamolar kishi oʻzini yaxshiliklarga undasa, yomonliklardan qaytarsa, barcha hollarda haddan oshmasa va kamchiliklarga yoʻl qoʻymasa (yaʼni, moʻtadil sifatli boʻlsa), oʻziga nisbatan adolatli boʻladi,
deyishgan. Shunday ekan biz o'zimizga bergan va‘damizda ham adolatli bo‘lishimiz lozim.
Va‘da qarzdir. Biror kishiga va'da berishdan oldin o‘ylab ko‘rish, keyin va'dani bajarishning harakatida bo‘lish kerak. Shunday qilinganidagina doimiy, ko‘p yillik ishonch va obro‘ga ega bo‘lib borilaveradi. Biz har bir insonga, ayniqsa ahli-oilaga va ayniqsa yosh bolalarga va'da bersak va'dani ustidan chiqishimiz kerak bo'ladi. Yosh bolalarning ko'ngli guldek nozik bo'ladi, o'zi juda ishonuvchan bo'ladi. Masalan: “Senga falon narsa olib beraman” -deb va'da qilinsa murg'ak va sof tabiatli bola xursand bo'lib quvonchi ichiga sig'maydi. Va'daga vafo qilinmasa guldek nozik bo'lgan ko'ngil so'lib, sizga bo'lgan ishonchi yo'qolib, uni nazarida yolg'onchiga aylanasiz. Bu esa kattalarga va umuman insonlarga ishonchsizlik bilan katta bo'ladi. Kelajagimiz bo'lgan yoshlarimizni bunday illatlardan saqlashimiz o'z qo'limizda.Omonatga xiyonat etgan, ahdiga vafo qilmagan inson odamgarchilikning ikkita chiroyli sifatini yo'qotadi. Аgar biror buyum ikki asosiy qismini yo'qotsa, u umuman ishga yaroqsiz bo'lib qoladi.
Demak, xiyonatkor, va'daboz va aldamchi shaxsning ziyoni faqat o'ziga yoki u bilan muomalada bo'lib, uning xiyonati, va'dabozligi va aldamchiligidan jafo tortganlargagina bo'lib qolmay, balki xalqiga, millatiga va diniga ham katta zarar yetkazadi.
Va'daga vafo qilmaslik oqibatida insonlar o'rtasida bir-birlariga ishonchsizlik ortadi. Qarz so'ralsa ishonchsizlik oqibatida bor bo'la turib bermaslik holatlari kuzatilmoqda. Bunga sabab, qarz bergan odam qarzini so'rasa “beramanda, qochib ketayotganim yo'q-ku”qabilida javob qiladi. Tabiiyki, bunday vaziyatda, turli- tuman va'dalardan to'ygan odamlar bir-birlariga ishonmay qo'yadi. Shuning uchun ham katta-kichik va'dabozlar odamlarni ishontirish uchun turli-tuman qasamlar ham ichadigan bo'lishadi. Hatto oraga o'g'il-qizlarini, yosh bolalarini, qari ota-onalarini ham qo'shib va'da berib yuboraveradilar. Oqibatda el-u yurtda ishonchsizlik, turli sohalarda yetishmovchilik va shunga o'xshash boshqa muammolar kelib chiqadi. Va'daga vafo qilmaslik va yolg'onchilik shaxsga va jamiyatga ana shunday ziyon yetkazadi.
Vazifa:

7 kun davomida har bir bergan va'dangizni bajaring.

Yüklə 4,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə