01tpmcworksheetscolourandbw (1) (1). pdf (Рабочий лист (A4 портретная ориентация)), копия, копия


VA'DANI BAJARISH PLANNERI SANA 19-KUN



Yüklə 4,53 Mb.
səhifə17/19
tarix26.10.2023
ölçüsü4,53 Mb.
#131306
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
O\'zgaramiz 9- mavsum

VA'DANI BAJARISH PLANNERI



SANA 19-KUN





SHAXSIYAT NAZARIYASI


Zigmund Freyd - psixoanalitikaning asoschisi, o'z davrining buyuk mutafakkir olimi hisoblangan . Uni mashhurlikka olib chiqqan narsalardan biri bu shaxsiyat (psixika) nazariyasi. Bu nazariyaga ko'ra insonlar 3 xil ruhiy holatda bo'ladilar: ID, Ego, Superego.
1-bosqich "ID" deb nomlanadi. Bu bosqichda inson o'zining tabiiy ehtiyojlarini qondirishni birinchi o'ringa qo'yadi. Bu holatda inson o'z amalining oqibatini o'ylamasdan nafsining buyruqlariga bo'ysunadi. Bunday kishilar insonlarning haqlarini va jamoat qonun-qoidalarini mensimaydilar.
2-bosqich "Ego" deb nomlanadi. Bu bosqichga ko'ra inson har bir ishni qilishda o'z aql va tafakkuridan foydalanadi. Bunday insonlar aql va voqelikni hisobga olib qarorlarni qabul qiladilar.
3-bosqich "Superego" deyiladi. Bu bosqichda inson jamoatchilikka qarab amal qiladi. Inson biror ishni qilishda "Odamlar nima deydi?" degan savolni o'rtaga tashlaydi. Masalan, ba'zan avtobusda ketayotganingizda, haydovchi jamoatni hayotini xavf ostiga qo'yib boshqa avtobus bilan poyga o'ynayotgan bo'ladi. Shu vaziyatda haydovchiga e'tiroz bildirmasdan "Men hozir gapirsam odamlar oldida qanday ko'rinaman?" deyish insonni boshqalardan xavfsirashini, uyalishini va tortinishini bildiradi.
"ID" bosqichining ortib ketishi insonda buzuq axloqni, "Superego" ning ortib ketishi esa tortinchoqlikni yuzaga keltiradi. Ushbu ikki bosqich orasidagi "Ego" muvozanatni ushlab turishga yordam beradi. Faqatgina ushbu "Ego" ni ham jilovlashni bilish kerak. "Boshqalarga zararim tegmayapti-ku" deb o'ziga zarar bo'lgan amallarni qilishdan ehtiyot bo'lish juda muhim. Buning uchun har bir musulmon o'zi uchun tushirilgan mezon va qonun-qoidalarni bilishi juda zarur. Shunda inson jur'atli, o'ziga ishongan va kuchli bo'la oladi.

Vazifa: Kundalik hayotda o'zingiz holi qolganingizda va jamoatchilik joylarida o'zingizni qanday tutishingizni o'ylab qaysi bosqichda ekanligingizni aniqlang.
Manbalar: Omar Xalil darslari https://www.simplypsychology.org/psyche.html https://www.verywellmind.com/the-id-ego-and-superego-2795951

Yüklə 4,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə