1 – dars. C++ Dasturlash tilining kelib chiqishi xaqida ma’lumot



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə12/88
tarix22.02.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#101187
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   88
1 – dars. C Dasturlash tilining kelib chiqishi xaqida ma’lumot

Do while takrorlash operatori
Do while ifodasi while strukturasiga o'hshashdir. Bitta farqi shundaki while da shart boshiga tekshiriladi. Do while da esa takrorlanish tanasi eng kamida bir marta ijro ko'radi va shart strukturaning so'ngida test qilinadi. Shart true bo'lsa blok yana takrorlanadi. Shart false bo'lsa do while ifodasidan chiqiladi. Agar do while ichida qaytarilishi kerak bo'lgan ifoda bir dona bo'lsa {} qavslarning keragi yo'qdir. Quyidagicha bo'ladi:
do
ifoda;
while (shart); 
Lekin {} qavslarning yo'qligi dasturchini adashtirishi mumkin. Chunki qavssiz do while oddiy while ning boshlanishiga o'hshaydi. Buni oldini olish uchun {} qavslarni har doim qo'yishni tavsiya etamiz.
int k = 1;
do {
k = k * 5;
} while ( !(k>1000) ); 
Bu blokda 1000 dan kichik yoki teng bo'lgan eng katta 5 ga karrali son topilmoqda. while shartini ozroq o'zgarti-rib berdik, ! (not - inkor) operatorining ishlashini misolda ko'rsatish uchun. Agar oddiy qilib yozadigan
bo'lsak, while shartining ko'rinishi bunday bo'lardi: while (k<=1000); Cheksiz takrorlanishni oldini olish uchun shart ifodasining ko'rinishiga katta e'tibor berish kerak. Bir nuqtaga kelib shart true dan false qiymatiga o'tishi shart.


12 – DARS. O’TISH OPERATORLARI.
Break operatori. Ba'zi hollarda tsikl bajarilishini ihtiyoriy joyda tuhtatishga tug’ri keladi. Bu vazifani break operatori bajarishga imkon beradi. Bu operator darhol tsikl bajarilishini to’htatadi va boshqaruvni tsikldan keyingi operatorlarga uzatadi.
Misol uchun o’quvchining n ta olgan baholariga qarab uning o’qish sifatini aniqlovchi dasturini ko’ramiz. Buning uchun dasturda o’quvchining olgan minimal bahosi aniqlanadi
# include
void main()
{
int I,n,min,p;
while (1)
{Cout<<“Baholar soni=”; Cin>>n;};
if (n>0) break;
Cout<<(“Hato! n>0 bulishi lozim ! \n”);
for (I=1,min=5; I<=n; I++)
{ cin >>p;
if (p<2)||(p>5) {min=0; break};
if (min>p) min=p;
}
if (p<2)||(p>5) cout break;
switch(min)
case 0:cout<<”Baho notugri kiritilgan”;break;
case 2:cout<<”Talaba yomon o’qiydi”;break;
case 3:cout<<”Talaba o’rtacha o’qiydi”;break;
case 4:cout<<”Talaba yahshi o’qiydi”;break;
case 5:cout<<”Talaba a'lo o’qiydi”;break;
}
Biz misolda hato kiritilgan n qiymatdan saqlanish uchun while(1) tsikl kiritilgan. Agar n>0 bulsa Break operatori tsiklni tuhtatadi va dastur bajarilishi davom etadi. Agar kiritilayotgan baholar chegarada yotmasa min ga 0 qiymat berilib darhol tsikldan chiqiladi.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə