1 – dars. C++ Dasturlash tilining kelib chiqishi xaqida ma’lumot



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə10/88
tarix22.02.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#101187
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   88
1 – dars. C Dasturlash tilining kelib chiqishi xaqida ma’lumot

11 – DARS.TSIKL OPERATORLARI.


While operatori. While operatori quyidagi umumiy ko’rinishga egadir:

While(ifoda)


Operator

Bu operator bajarilganda avval ifoda hisoblanadi. Agar uning qiymati 0 dan farqli bo’lsa operator bajariladi va ifoda qayta hisoblanadi. To ifoda qiymati 0 bo’lmaguncha tsikl qaytariladi.


Agar dasturda while (1); satr quyilsa bu dastur hech qachon tugamaydi.


Misol. Berilgan n gacha sonlar yigindisi.
Void main()
{
long n,i=1,s=0;
cin >>n;
while (i<= n )
s+=i++;
Cout<<”\n s=”<< s;
};

Bu dasturda s+=i++ ifoda s=s+i; i=i+1 ifodalarga ekvivalentdir.


Quyidagi dastur to nuqta bosilmaguncha kiritilgan simvollar va qatorlar soni hisoblanadi:
Void main()
{
long nc=0,nl=0;
char c=’’;
while (c!= ‘.’ )
{++nc;
if (c =='\n') ++nl;
};
Cout<<("%1d\n", nc);
Cout <<"\n satrlar="<< nl<<”simvollar=”<< nc;
};


Do-While operatori. Do-While operatori umumiy ko’rinishi qo’yidagicha:
do
Operator
While(ifoda)
Tsikl operatorining bu ko’rinishida avval operator bajariladi so’ngra ifoda hisoblanadi. Agar uning qiymati 0 dan farqli bo’lsa operator yana bajariladi va hokazo. To ifoda qiymati 0 bo’lmaguncha tsikl qaytariladi.


Misol. Berilgan n gacha sonlar yigindisi.
Void main()
{
long n,i=1,s=0;
cin >>n;
do
s+=i++;
while (i<= n );
Cout<<”\n s=”<< s;
};
Bu dasturning kamchiligi shundan iboratki agar n qiymati 0 ga teng eki manfiy bo’lsa ham, tsikl tanasi bir marta bajariladi va s qiymati birga teng bo’ladi.
Keyingi misolimizda simvolning kodini monitorga chiqaruvchi dasturni kuramiz. Bu misolda tsikl to ESC (kodi 27) tugmasi bosilmaguncha davom etadi. Shu bilan birga ESC klavishasining kodi ham ekranga chiqariladi.
# include ;
main ()
{
char d; int I;
do
cin>>d;
i=c;
Cout<<“\n “<while(i!=27);
};


For operatori. For operatori umumiy ko’rinishi qo’yidagicha:

For( 1-ifoda;2- ifoda; 3-ifoda)


Operator

Bu operator qo’yidagi operatorga mosdir.


1-ifoda;
while(2-ifoda) {
operator
3-ifoda
}

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə