1- mavzu. Auditning mohiyati, uning maqsadi va vazifalari


Audit va nazorat va taftish tushunchasi farqi



Yüklə 3,85 Mb.
səhifə4/33
tarix29.11.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#139793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
1-MAVZU AUDIT FANINING PREDMETI, OBYEKTI

Audit va nazorat va taftish tushunchasi farqi

  • Audit tushunchasi nazorat va taftish tushunchalariga qaraganda kengroq, chunki u nafaqat moliyaviy ko’rsatkichlar to’g’riligini tekshirishni, balki xarajatlarni maqbullashtirish va qonuniy asosda foydani ko’paytirish maqsadida xo’jalik faoliyatini yaxshilash bo’yicha takliflar ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Auditni biznesni o’ziga xos ekspertiza qilish deb ta’riflash mumkin. Bunda buxgalteriya hisobi va ichki xo’jalik nazorati shartnoma asosida amalga oshirilib, moliya xo’jalik muomalalarining qonunchilikka muvofiqligi tekshiriladi. Shuningdek, noo’rin xarajatlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida ekspert konsultatsiyasi o’tkaziladi

BUXGALTERIYA VA AUDITNING FARQI

AUDIT USULLARI

- solishtirish usuli; - gipoteza usuli; - tahlil va sintez usuli; - taftish usuli; - inventarizatsiya usuli; - kalkulyatsiya usuli; - ekspertiza usuli; - buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv usuli; - balans usuli.

Auditorlarning quyidagi majburiyatlari yuzasidan kutilayotgan natijalar:

- moliyaviy hisobotlarning adolatliligi to‘g‘risida fikr berish; - kompaniyaning ish yuritishni davom ettirish, qobiliyati haqida fikr berish; - kompaniyaning ichki nazorat tizimi to‘g‘risida fikr bildirish; - firibgarlikning yuzaga kelganligi haqida fikr bildirish; - noqonuniy xatti-harakatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida fikr bildirish.

«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga muvofiq faoliyat turiga ko’ra quyidagi iqtisodiy sub’ektlar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi kerak:

- aktsiyadorlik jamiyatlari; - banklar va boshqa kredit tashkilotlari; - sug’urta tashkilotlari; - investitsiya fondlari; - manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo’lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar; - mablag’larning hosil bo’lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo’lmish byudjetdan tashqari fondlar; - ustav fondida davlatga tegishli ulush bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar.


Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə