1- mavzu. Auditning mohiyati, uning maqsadi va vazifalari



Yüklə 3,85 Mb.
səhifə7/33
tarix29.11.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#139793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
1-MAVZU AUDIT FANINING PREDMETI, OBYEKTI

audit qo‘mitasi — xo‘jalik yurituvchi subyektning kuzatuv kengashi a’zolaridan iborat bo‘lgan, qoida tariqasida, kamida bir nafar mustaqil a’zoni o‘z ichiga oladigan, moliyaviy hisobotni tuzishning to‘g‘riligi ustidan nazorat o‘rnatilishi, mustaqil auditorlik tashkilotining tanlanishi, auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishi jarayonlarini kuzatish, shuningdek ichki va tashqi auditorlik tekshiruvlari natijalarini olish hamda o‘rganish uchun mas’ul bo‘lgan qo‘mita;

renking — auditorlik tashkilotlarining faoliyatini tavsiflovchi muayyan ko‘rsatkichlar bo‘yicha guruhlarga ajratilgan auditorlik tashkilotlarining tartibga solingan ro‘yxatlarini shakllantirish;

talabgor — malaka sertifikatini olishga yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishga da’vogar bo‘lgan jismoniy shaxs.

4-modda. Auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar

4-modda. Auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar

Auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar mustaqillik, xolislik va halollikdan, kasbiy bilimga egalik hamda axborotning maxfiyligidan iboratdir.

5-modda. Mustaqillik prinsipi

Auditor taxminlarga asoslanib fikr bildirishdan xoli bo‘lishi va o‘zining obro‘sini tushiradigan faktlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Auditorlik tashkiloti mustaqilligiga monelik qiladigan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, auditorlik xizmatlari ko‘rsatishni rad etishi kerak.

6-modda. Xolislik va halollik prinsipi

Auditor jamiyat manfaatlari ustuvorligiga rioya etishi, beg‘araz bo‘lishi va taxminlarga asoslanishi, manfaatlar to‘qnashuvi yoki boshqa shaxslarning bosimlari sababli o‘zining kasbga oid fikr-mulohazasida tavakkalchilik qilmasligi, auditorlik tashkilotining obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

7-modda. Chuqur kasbiy bilimga egalik prinsipi

7-modda. Chuqur kasbiy bilimga egalik prinsipi

Auditor ushbu Qonun talablariga rioya etishi, yetarli darajada chuqur kasbiy bilimga ega bo‘lishi hamda kasbiy bilim va ko‘nikmalarini auditorlik tashkiloti tarkibida sifatli auditorlik xizmatlari ko‘rsatish uchun yetarli bo‘lgan darajada saqlab turishi kerak.


Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə