1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. Reja: Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi


Iqtisodiy tarix kursining tuzilishi va davrlashtirish



Yüklə 154,05 Kb.
səhifə5/12
tarix04.05.2023
ölçüsü154,05 Kb.
#108489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. Reja

Iqtisodiy tarix kursining tuzilishi va davrlashtirish.
Eng murakkab muammolardan biri iqtisodiy tarixni davrlashti- rishdir. Hozirda iqtisodiy adabiyotlarda ikkita asosiy yondashuv mavjud: formatsion va sivilizatsion.
Ilmiy-texnika inqilobi ta'sirida insoniyat tarixini davrlashtirishga turli xil yondashuvlar qo'llanila boshlandi, masalan, industrlashti- rishdan oldingi—industrial—postindustrial jamiyat (D.Bell, A.Turen va boshqalar); agrar-industrial-texnogen sivilizatsiya (O.Goffler).
Tadqiqotlarning har bir yo'nalishi real voqelikning faqatgina bir qismini o'rgangan. Ko'pchilik zamonaviy tadqiqotchilar hozir­da mavjud nazariyalarning hech biri universallikka da'vo qilolmas- ligiga, tarixning har qanday davrlashtirilishi ixtiyoriy ekanligi va bu borada bahslashish mumkinligi bilan rozilar. Ko'pgina naza­riyalar tarixiy jarayonlardagi real tendensiyalarni namoyon qildi, lekin ishonarli bo'lmadi, chunki boshqa tendensiyalar ustuvorlikka erishib baland keldi.
Insoniyat jahon sivilizatsiyasining katta o'zgarishlar yuz berish bosqichida turganligi sababli tarixiy voqealarga sivilizatsion yon­dashuv bo'lishi tabiiydir. Bunda bir mamlakat emas, balki u yoki bu jamiyatning moddiy, g'oyaviy, madaniy, diniy, ma'naviy belgi- lari yaxlitligicha uning e'tibor markazida bo'ladi.
Bu yondashuv, birinchidan, zamonaviy insoniyatga bir qator ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-texnik va madaniy xususiyatlar-
16 ning umumiyligi umuminsoniy manfaatlar va qadriyatlari jihatdan xosdir. Ikkinchidan, bu yondashuv asosida G'arb sivilizatsiyasi mezonlari, uning liberal-demokratik qadriyatlari va ilmiy-texnik rivojlanganlik darajasi yotadi. U alohida mamlakatlar, ularning iqtisodiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari va boshqalarning rivojlanishini batafsil o'rganishga yordam beradi.
Hozirga zamon qabul qilingan davrlashtirish quyidagi- chadirQadimgi tarix (eramizdan avvalgi 100 minginchi yildan V asrgacha).

  1. O'rta asrlar (V-XV asrlar).

  2. Yangi davr (XVI-XX asrgacha).

  3. Eng yangi davr (1914 yildan to hozirgacha).

Ushbu davrlashtirishni "Iqtisodiy tarix" kursiga moslashtirish zarur. Ilm-fan taraqqiyoti, ta'lim, madaniyat zamonaviy jamiyatda yuqori ilmiy-texnika ishlab chiqarish darajasiga va butun iqtisodi- yotga asoslanadi.
O'z-o'zini nazorat qilishga oid savollar

  1. Iqtisodiy tarixning Iqtisodiy nazariya bilan bog'liqlik jihatlarini yoritib bering.

  2. "Burjuaziya tarixografiyasi" deganda nima tushuniladi?

  3. Tarixni iqtisodiy jihatdan davrlashtirishda nimalarga e'tibor qaratiladi?



Yüklə 154,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə