|
1- mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport Reja
|
səhifə | 15/26 | tarix | 29.03.2023 | ölçüsü | 129,45 Kb. | | #103588 |
| 1- mavzu O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya sport RejaDasturning vazifasi bolalarni jismoniy, aqliy hamda ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol toptirish va ularning sog’lig’ini muhofaza qilish; bolalarning erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, axloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kepajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Dasturning mazmuni quyidagi tamoyillarga tayanadi:
maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi;
maktabgacha ta’limning demokratikligi;
bola shaxsiga yo’naltirilganligi;
bolalarni sog’lomlashtirishga qaratilganligi;
bolalarning qobiliyati, ehtiyoji, imkoniyatiga mosligi;
maktabgacha ta’limda o’yin faoliyatining etakchiligi;
maktabgacha ta’limning insonparvarligi;
maktabgacha ta’limning ijtimoiy turmush bilan mosligi;
maktabgacha ta’limning oila va boshlang’ich ta’lim bilan uzviyligi.
Aynan shu omillar bola shaxsining jismoniy rivojlanish, o’z-o’ziga xizmat va gigiena, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, o’qish va savodga tayyorgarlik, bilish jarayoni, atrof-olam to’g’risidagi bilimga ega bo’lish va uni anglash yo’nalishlariga mos tarzda umumiy rivojlanishini taminlaydi.
Ushbu dasturda bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash davri shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
go’daklik (1 yoshgacha);
ilk yosh (1-2 yosh);
ilk yosh (2-3 yosh);
kichik yosh (3-4 yosh);
o’rta yosh (4-5 yosh);
katta yosh (5-6 yosh);
maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh).
Mazmun jihatdan dastur tarkibiga:
bolalarni jismoniy rivojlantirish, o’z-o’ziga xizmat va gigiena;
bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirish;
bolalarning nutqi, o’qish va savodga tayyorgarligi;
bolalarning bilish jarayoni, atrof-olam to’g’risidagi tasavvurga ega bo’lishi va uni anglashi;
bolalarda tasviriy faoliyatni rivojlantirish;
bolalarda musiqiy faoliyatni rivojlantirish;
bolalarda o’yin faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlarida ta’lim-tarbiya vazifalari keltirib o’tilgan.
Ushbu dastur bolani shaxs sifatida shakllantirishda maktabgacha ta’lim tizimi muassasalari va mutaxassislari hamda oilalar, maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onalari uchun xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Dostları ilə paylaş: |
|
|