Yuqoridagi omillar ta’sirida hosil bo’ladigan ishlab chiqarish binosining ish o’rnidagi havo muhitiga sanoat
mikroiqlimi deb aytiladi. Meteorologik omillardan ayrim holda bittasi yoki bir nechasi
birgalikda insonning
mehnat
qilish qobiliyatiga, sog`lig`iga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Ishlab
chiqarish sharoitida esa,
meteorologik
omillarning deyarli hammasi bir vaqtda ta’sir qiladi.
Ba’zi sharoitlarda bunday omil foydali ta’sir ko’rsatsa: masalan qish faslida
isituvchi omil va shu bilan
birgalikda texnologik jarayonlar natijasida zararli ta’sir darajasi ortib ketishi mumkin.
Nisbiy namlik bilan
birgalikda havo haroratining ortib ketishi inson sog`ligi uchun og`ir sharoitni vujudga keltirishi mumkin.
Bulardan tashqari ish o’rnidagi havo haroratining oshirilishi, harorat yuqori bo’lgan holatlarda ijobiy natija bersa,
harorat past bo’lganda salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Inson organizmidagi issiqlikni bir xil chegarada (36-37°C) saqlab turish, organizmda jismoniy va kimyoviy
jarayonlar natijasida hosil bo’ladigan issiqlikni tashqi muhit bilan issiqlik almashinuvi hisobida amalga oshirilishi
Dostları ilə paylaş: