|
1 – Tajriba ishi Mavzu: Sanoat korxonalari va muassasalarda mikroiqlim sharoitlarini aniqlash Mashg`ulotning maqsadi1-Tajriba ishi 12 soat2Yilning iliq davri
– yilning tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati +10ºS dan yuqori bo‘lishi bilan
tavsiflanuvchi yil davri.
10.
Yilning sovuq davri
– yilning tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati +10ºS ga teng va undan past
bo‘lishi bilan tavsiflanuvchi davri.
11.
Tashqi havoning o‘rtacha yillik harorati
– sutkaning muayyan soatlarida bir vaqt oralig‘ida
o‘lchangan haroratining o‘rtacha miqdori. Ular meteorologiya xizmatining ma’lumotlari bo‘yicha qabul
qilinadi.
12.
Ishlarning toifasi
– organizmning umumiy energiya sarflari asosida ishlarni og‘irlik darajasiga ko‘ra
chegaralarini belgilab qo‘yish.
13.
Yengil jismoniy ishlar (І toifa)
Іa toifa uchun energiya sarfi 120 kkal/soatgacha va Іb toifa uchun 120
dan 150 kkal/soatgacha bo‘lgan faoliyat turlarini qamrab oladi.
Іa toifaga o‘tirgan holda bajariladigan va jismoniy zo‘riqishni talab qilmaydigan ishlar kiritiladi.
Іb toifaga o‘tirgan, tik turgan yoki yurgan holda va birmuncha jismoniy zo‘riqish bilan birgalikda
bajariladigan ishlar kiritiladi.
14.
O‘rta og‘irlikdagi jimsoniy ishlar (ІІ toifa)
energiya sarfi kiritiladi, ІІ toifa uchun 150 dan 200
kkal/soatgacha, ІІb toifa uchun 200 dan 250 kkal/soatgacha bo‘lgan faoliyat turini qamrab oladi.
ІІa toifaga yurgan holda bajariladigan, mayda (1 kg gacha bo‘lgan) buyum yoki ashyolarni turgan yoki
o‘tirgan holda ko‘chirish bilan bog‘liq bo‘lgan va muayyan jismoniy zo‘riqishni talab qiladigan ishlar
kiritiladi.
ІІb toifaga turgan holda bajariladigan, uncha katta bo‘lmagan (10 kg gacha) og‘irliklarni tashish bilan
bog‘liq va mo‘tadil jismoniy zo‘riqishni talab qiladigan ishlar kiritiladi.
15.
Og‘ir jimoniy ishlar (ІІІ toifaga)
energiya sarfi 250 kkal/soatdan ortadigan faoliyat turlarini qamrab
oladi.
ІІІ toifaga doimiy ravishda siljish ancha og‘ir (10 kg dan ortiq) yuklarni ko‘chirish va tashish bilan bog‘liq
bo‘lgan va katta jismoniy zo‘riqishni talab qiladigan ishlar kiritiladi.
16. Energiya sarflariga ko‘ra bajariladigan ish toifalari bo‘yicha ishlab chiqarish xonalarini tavsiflash
tegishli xonada ishlovchilarning 50% dan ortig‘i bajaradigan ish toifasidan kelib chiqqan holda belgilangan
tartibda idoraviy me’yoriy hujjatlar bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |
|
|