1 – Tajriba ishi Mavzu: Sanoat korxonalari va muassasalarda mikroiqlim sharoitlarini aniqlash Mashg`ulotning maqsadi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/37
tarix14.09.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#121951
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
1-Tajriba ishi 12 soat2

 
TABIIY YORITISh. 
 
Ishlab chiqarish binolaridagi ish o’rinlarida sanitariya gigiyena me’yoriy sharoitlarni yaratish 
maqsadida hamma ishlab chiqarish binolari, ma’muriy idoralar, maishiy xonalar kunduz kunlari tabiiy 
yorug`lik bilan ta’minlanadi.Ishlab chiqarish binolaridagi ish o’rinlari tabiiy yorug`lik bilan 
ta’minlanganda ish unumdorligi sun’iy yorug`likka nisbatan 10-12 % yuqori bo’lishi aniqlangan.Ishlab 
chiqarish binolarini tabiiy yoritishni quyidagi usullari mavjud: Korxona binolaridagi ish o’rinlari
deraza yordamida yoritilsa yon tomondan yoritish . Juda katta ishlab chiqarish binolari yuqori 
tomondan maxsus qoldirilgan derazalar, fonarlar yordamida yoritilsa, yuqoridan yoritish deyiladi. 
1. Bir vaqtning o’zida yon tomondan va yuqoridan yoritilishi aralash yoritish . 
2. Bir vaqtning o’zida tabiiy va sun’iy yoritishdan foydalanilsa birgalikda yoritish. 
Yon tomondan yoritishning o’zi qo’llanilganda ish o’rinlari notekis yoritiladi : ya’ni yorug`lik 
derazalar yaqinida yuqori, derazadan uzoqlashgan sari ish joylaridagi yorug`lik kamayib boradi. Bu farq 
esa, uskuna jihozlarni to’sishi bilan yanada ortadi. 
Ishlab chiqarish binolarini tabiiy yoritish manbai quyosh bo’lganligi sababli uning ravshanlik 
darajasi ko’pgina omillarga ya’ni : geografik kenglik, yil fasli, quyoshning holati, havoning tozalik 
darajasi, havodagi bulutlarning ko’p-kamligi, kunduz kunning vaqti va boshqa omillarga bog`liq 
bo’ladi. Shuning uchun tabiiy yoritilganlikni me’yorlashtirish uchun olib boriladigan hisoblash ishlarini 
bajarishda tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti kattaligidan foydalaniladi.Tabiiy yoritish koeffitsiyenti 
foizlarda ifodalanib, quyidagi ifoda (formula) yordamida aniqlanadi. 
%
100

=
tashqi
ichki
E
E
e
Bu yerda
E
ichki
/E
tashki
- tabiiy yoritilganlik koeffitsiyentining foizlarda hisoblangan kattaligi 
E
ichki
- bino ichidagi biror bir nuqtaning yoritilganligi. 
E
tashki
- binoning tashqarisida bir vaqtning o’zida o’lchangan yoritilganlik.
Tabiiy yoritilganlik koeffitsiyentining me’yoriy qiymatlari "Tabiiy va sun’iy yoritish" "Yoritish 
me’yorlar"ida keltirilgan.Ishlab chiqarish binolaridan foydalanish jarayonida ish o’rnidagi yoritilganlik 
darajasi ancha pasayishi mumkin, chunki deraza oynalarining yuzalari ifloslanishi oqibatida ularning 
yorug`lik o’tkazish koeffitsiyenti 45-60 % kamayadi, devorlar va shiftlarning ifloslanishi ham ularning 


nur qaytarish koeffitsiyentlarini kamaytiradi, shuning uchun ham sanitariya me’yorlarida yorug`lik 
tushadigan deraza oynalari yuzalarini kam chang ajralib chiqadigan xonalarda yiliga 2 marta, tutun 
ajralib chiqadigan xonalarning derazalarini yilida kamida 4 marta tozalash tavsiya etiladi. 
Tabiiy va sun’iy yoritish. Yoritish me’yorlari"ga asosan ishning aniqlik darajasi va yoritish turiga 
qarab, talab qilinadigan tabiiy yoritish koeffitsiyenti me’yorlari jadvalga keltirilgan .


Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə