1 – Tajriba ishi Mavzu: Sanoat korxonalari va muassasalarda mikroiqlim sharoitlarini aniqlash Mashg`ulotning maqsadi


Ish to’g`risida umumiy tushunchalar



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/37
tarix14.09.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#121951
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
1-Tajriba ishi 12 soat2

Ish to’g`risida umumiy tushunchalar:
Shovqin - bu har xil chastotali va kuchli tovushlarning tartibsiz aralashib, inson faoliyatiga xalaqit 
beruvchi va yoqimsizlikni yuzaga keltiruvchidir. 
Uzoq davom etuvchi shovqin odam organizmiga ta’sir etib, bosh og`rig`ini, uyqusizlikni, diqqatini 
susayishini, markaziy asab va yurak-qon tomirlari tizimi bezovtalanishini, oshqazon-ichaklar faoliyati 
pasayishini, qisman yoki to’liq eshitish qobiliyati yo’qolishini vujudga keltiradi. Shuningdek shovqin 
sathining o’sishi ayrim ishlarni bajarishda ish umumdorligini pasayishiga olib keladi. Shu sababli 
shovqin sathini pasaytirish, undan odamlarni himoyalash-juda ham muhim, mas’uliyatli vazifa 
hisoblanadi. O’zining yuzasidan tovush to’lqinlarini chiqishiga olib keluvchi titrovchi, tebranuvchi 
yuzalar (tovush to’lqinini tarqatuvchi qattiq, suyuq va gaz shaklidagi muHit) shovqin manbai bo’lib, 
hisoblanadi. Atmosfera bosimi bilan solishtirganda shovqin Havoga aralashib, unda davriy ravshida 


bosimni oshishiga yoki kamayishiga olib keladi. To’liq bosim va o’rtacha bosimlar orasidagi farqning 
qisqa vaqtdagi qiymati tovush bosimi deb aytiladi. Odamning qulog`i 2.10~
5
dan 2.10
2
Pa-gacha 
intervaldagi bosim o’zgarishini sezish qobiliyatiga ega. Bu kattaliklar pastki va yuqorigi seziladigan 
(porogovme) bosim deb aytiladi. Amalda tovush bosimini baHolash absolyut kattaligida emas, balki 
ularning logarifmik sathida baHolash qabul qilingan, u quyidagi formula orqali aniqlanadi. 
L=20*lg (P/P
0
)
bu yerda :
P - manbadan chiqadigan Haqiqiy tovush bosimi, Pa 
Po -tovush bosimining pastki seziladigan qiymati, Pa. 
Tovush bosimi sathni o’lchov birligi sifatida bel (B) qabul qilingan. Amaliyotda eng kichiq birlik 
detsibel (dB) qabul qilingan. 
Tovush bosimi Alohida chastotadagi shovqinning, tashkil etuvchi tonlarini ma’lum bir 
kattalikdagi qiymatlar bilan taqsimlashini shovqinni spektral tahlili deyiladi va to’g`ri keluvchi filtrlar 
majmuasi yordamida shovqin o’lchagich (shumomer)da amalga oshiriladi, unda faqatgina belgilangan 
intervaldagi chastotali tovushlarni xarakterlovchi qismi ajratiladi. Shovqin manbaini aniqlash va undan 
Himoyalanish chora tadbirlarini ishlab chiqish uchun shovqin spektrini bilish kerak. 
Odatdagi qurilish materiallaridan (beton,g`isht,shishablok va boshqalar.) bajarilgan xonaning 
shiftidan, devoridan tovush to’lqinining asosiy qismi bir necha marta qaytadi. Natijada esa xonadagi 
shovqinni umumiy satxi 5-15 dB ga ortadi. Maxsus tovush yutuvchi material va qurilmalardan 
tayyorlangan devor hamda shiftlar esa shovqinni 6-8 dB ga kamaytiradi. Bunda g`ovak, yumshoq, 
o’yiqcha strukturali (yacheyka), kichiq solishtirma og`irlikli (mineral, vata (paxta), o’ta yupqa shisha 
momiqli mato, kichiq o’lchamli (fraksiya) keramzit va boshqalar.) materiallar eng katta samara beradi. 
Amaliyotda tovushni yutuvchi materiallarning qalinligi 20- 200 mm gacha bo’ladi. 
Ushbu ishni o’tkazish uchun tajriba qurilmasidan foydalaniladi. Qurilmada operator kabinasi va 
tovush kamerasi, bo’lib ishlab chiqarish xonasini qiyoslaydi. Shovqin manbai sifatida ushbu ishda SS-1 
sirena qo’ng`iroq bildirgichdan (signaldan) foydalaniladi. Undan chiqadigan shovqinni sathi ruxsat 
etilgan me’yor chegarasidan yuqori bo’ladi. 
Shovqin kamerasining tovush kanali kabina bilan tutashgan bo’lib, uni turli xildagi tovush 
yutuvchi devorlar (to’siqlar) bilan berkitish mumkin. Shovqin kamerasi qopqoq bilan taminlangan, u 
orqali tovush yutuvchi to’siqlarni almashtirish va shovqin yutuvchi yuzali qalqonni o’rnatish mumkin. 
Operator kabinasi odam tomonidan shovqinni turli sathini sub’ektiv baHolashni va Himoyalash chora-
tadbirlari samarodorligini baHolash uchun xizmat qiladi. Unga bir kishi o’tirishi yoki turishi mumkin. 
Tovush yutuvchi qalqon sifatida porolon qoplamali qalinligi 4 mm va qalinligi 20 mm kigizli faneradan 
foydalaniladi. Tovush Himoyalovchi to’siq sifatida fanera, shisha, shovqun yutuvchi yuzali kartondan 
foydalaniladi. 
Shovqin va titrashni o’lchagich asbobi 
IShV-1 
tovush bosimiini sathini, titrash tezligini va titrash 
tezlanishini chastotasini aktiv intervalda Hamda tovush sathini A, V, S va LIN chastotalari 
Harakteristikasi bo’yicha o’lchash uchun mo’ljallangan. Asbobni faoliyat ko’rsatishi tovush bosimini 
o’zgartirishga asoslangan bo’lib, shovqin satxini o’lchashda mikrafonga qabul qilinadigan elektro 
signalni kattaligiga proporsional ravishda kuchaytirilgandan so’ng o’lchov asbobiga uzatiladi va dB da 
baHolanadi. Asbob tarmoqga yoki «Mars» turdagi 8 ta elementlardan tarkib topgan batareyalar blokiga 
o’lanadi. 



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə