1, 2-laboratoriya ishi shuntlash metodi bilan galvanometrning qarshiligini aniqlash



Yüklə 100,69 Kb.
səhifə16/30
tarix29.11.2023
ölçüsü100,69 Kb.
#142662
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Shuntlash metodi bilan galvanometrning qarshiligini aniqlash-fayllar.org

4-Savolga javob:. Induktiv qarshilik g’altakning induktivligiga va g’altakdan o’tayotgan tokning chastotasiga to’g’ri proporcional.
Ya’ni,
G’altakning to’la qarshiligi

formula bilan ifodalanadi. tenglikdan indukciya L ni topish mumkin.



LABORATORIYA ISHI № 8
O’ZGARUVCHAN TOKNI O’ZGARMAS TOKKA AYLANTIRIB BERUVCHI
TO’G’RILAGICHLARNI ISHLASH PRINCIPI BILAN TANISHISH.
Kerakli asboblar: Oscillograf (E0-7) kenatron lampa, yarim o’tkazgichli diodlar, past chastotali drossel’, ikkita elektrolitik kondensator, yuqori qarshilikli reostat, transformator va kalit.
Ishning maqsadi: Ikki yarim davrli kenatron lampa yoki yarim o’tkazgichli diodlardan tashkil topgan to’g’rilagichlarni, hamda ikki kondensator va bir drossel’ filtrni o’zgaruvchan tokka aylantirishdagi roli va ishlash principi bilan tanishishdan iboratdir.
NAZARIY QISM:

1-rasm
O’zgaruvchan tokni doimiy tokka aylantirib beruvchi elektr qurilmani to’g’rilagich deyiladi. To’g’rilagichning asosiy qismi ikki elektrodli elektron lampa yoki yarim o’tkazgichli diodlardan tashkil topadi. Biz dastlab ikki elektrodli elektron lampa asosida ishlaydigan to’g’rilagich bilan tanishib chiqamiz. O’zgaruvchan toklarni to’g’rilash uchun ishlatiladigan elektron lampalar mahsus tayyorlangan bo’lib, ular ikkita


A1, A2 anoddan va K katoddan iborat bo’ladi. Bunday lampalarni kenatron lampalar deb ham yuritiladi. Kenatron lampada elektr toki faqat bir yunalishda, yag’ni anoddan katodga tomon oqadi. Teskari yo’nalishda lampadan tok o’tmaydi. Kenatron kuchaytiruvchi transfomatorning ikkilamchi cho’lg’amiga ulanadi. Transformatornig pasaytiruvchi qo’shimcha cho’lg’amiga esa kenatronning cho’g’lanuvchi-nakal tolasi ulanadi. Transformator orqali o’zgaruvchan tok zanjiriga ulangan kenatrondan tok faqat uning anodida kuchlanishning plyusi, katodiga esa minusi bo’lgan yarim davrdagina o’tadi. Kenatronda ikkita anod bo’lgani uchun birinchi yarim davrida A1 anod, ikkinchi yarim davrda A2 anod ishlaydi.

2-rasmda lampaning A1 anodi ishlagandan keyingi tokni grafigi berilgan. 3-rasmda har ikki anod ishlagandagi tok grafigi berilgan. 3-rasmdagi grafikdan ko’rinadiki, ikkala yarim davrda ham tok musbat yunalishga ega, ammo u miqdor jixatdan o’zgarib turgani uchun bunday tokka pul’saciyalanuvchi yoki tepkili tok deyiladi. Bunday tepqili tokni doimiy tokka aylantirish uchun ikkita elektrolitik kondensator va bitta temir o’zakli induktiv galtakdan iborat fil’tr ishlatiladi. Fil’trdagi kondensatorni vazifasi quyidagicha: tok ortayotgan vaqtda zaryadni bir qismini o’zida ushlab qolgan tokning oshishiga yul quymaydi, tok kamayotganda esa, to’plab olgan zaryadini bir qismini berib uni kamayishiga to’sqinlik qiladi. Natijada kondensatordan


chiqqan tok miqdor jixatdan ham o’zgaradi. Induktiv galtak ham shunga o’hshash funkciyani bajaradi. Induktiv g’altakda hosil bo’lgan o’zindukciya toki anod tokini oshishiga va kamayishiga Lenc qoidasida ko’rsatilgandek to’sqinlik qiladi, ya’ni uni pulsa’ciyalanishini kamaytiradi. Natijada g’altakdan chiqqan tok o’zgarmas tokka juda yaqin bo’ladi.

3-rasm
Bu tok ikkinchi kondensatordan o’tgandan so’ng to’lig’icha o’zgarmas tokka aylanadi. Kenatron lampa va diodlardan tashqil topgan to’g’rilagichlarning ishini batafsil va ko’rgazmali ravishda tekshirish, hamda fil’trni alohida elementlarining roli qanday ekanligini aniqlash uchun 1-sxemadagidek sxema yig’iladi.



Yüklə 100,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə