1. Agrobiznes va uning turlari Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyatlari



Yüklə 216,63 Kb.
səhifə4/8
tarix01.05.2023
ölçüsü216,63 Kb.
#107844
1   2   3   4   5   6   7   8
Differentsial renta I – yerlarning tabiiy unumdorligidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad;
Differentsial renta II – yerlarning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad;
Absolyut renta – qishloq xo’jaligida yerga bo’lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, hamma turdari yaxshi, o’rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta;
Monopol renta – alohida tabiiy sharoitga ega bo’lib, noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan renta;
Undirma sanoatda renta – foydali qazilma konlarining joylashishi (er yuzasiga nisbatan) va ularning boyligi jihatdan farqlar natijasida vujudga keladi;
Agrosanoat majmuasi – qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq xo’jalik tarmoqlarining birligi;
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish infratuzilmasi – bevosita qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga xizmat ko’rsatuvchi sohalar;
Ijtimoiy infratuzilma – odamlar yashash va turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta‘minlaydigan sohalar;
Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi a mahsulotni iste‘molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir;
Agrobiznes – tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo’jaligi va u bilan bog’liq sohalardagi namoyon bo’lish shakli;
Agrofirma – ma‘lum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxonadir;
Agrosanoat birlashmalari – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog’liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi bir necha xo’jalik hamda korxonalarning birlashmasidir. Masalan, bog’dorchilik va uzumchilik bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi tsex va zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi;

Yüklə 216,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə