1 Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) maktab va maktab-internatlarining 5-sinflar uchun



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/25
tarix20.10.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#128493
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
5-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

 
 

 
Axloqsizlik va huquqbuzarlikka misollar keltiring. 
 
 
 
 
 
Burch tushunchasi (1 soat

Burch
– kishining biron shaxs, oila, jamoa, el – yurt, vatan oldidagi 
majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Inson o‘z majburiyatini 
bajarishi oila, jamiyat va davlat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Bu esa 
insondan iymon – e’tiqod, onglilik, halollik, vijdon kabi tushunchalarni 
shakllantirish muhimligini anglatadi. 
Burch tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, ulardan umuminsoniy, 
shaxsiy, kasbga doir burchlarni olaylik. Umuminsoniy burchlarga vatanni 
sevish, uni asrab avaylash, tabiat va kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatni 
anglash. Ayniqsa, ona vatanga, xalqqa xizmat qilish, eng ulug‘ va sharafli 
burch hisoblanadi. 
Shaxsiy burchlarga ota – ona, ustozlar va yaqin qarindoshlarga 
samimiy munosabatda bo‘lish, Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan 
burchlarni bajarish va vijdonli bo‘lish.
Kasbga doir burchlarga esa, o‘z kasbini ilmini puxta o‘rganish, 
kasbga sadoqat va mas’uliyat tushunchalarini anglash, o‘z ustida bilim, 
malaka, ko‘nikmalarini rivojlantirib borish. 
Shu o‘rinda o‘quvchilarning burchlariga ham to‘xtalib o‘tsak. 
O‘quvchilar avvalo, ustozlarini hurmat qilishi, a’lo baholarga o‘qishi, 
maktab ichki tartib qoidalariga amal qilishi, o‘quvchilar bilan do‘stona 
munosabatda bo‘lishlari lozim.
Mustaqil yurtimizning kelajagi maktablarda ta’lim olayotgan 
yoshlar qo‘lida. Buning uchun har bir o‘quvchi o‘z oldiga ulkan 
maqsadlar qo‘yib, kelajakdagi mas’uliyatini anglashi lozim. 


29

Intizomli askar yengilmas. 

Ishni istaganga emas bilganga topshir.
Ikki do‘st
Anvar bilan Sardor maktabga doim birga borishadi. Ikkisi ham 
sinfning faol o‘quvchilaridan. Ularning maqsadi kelajakda shifokor 
bo‘lish. Anvar futbol to‘garagiga qatnashadi. Sardor esa ingliz tilidan 
to‘garak mashg‘ulotlariga boradi. Mana bu yil ularni oxirgi o‘quv yili.
Barcha bitiruvchi o‘quvchilar allaqachon o‘qishga kirish uchun 
tayyorgarliklarini boshlab yuborishgan. 
Keyingi vaqtlarda Anvar o‘qishga e’tiborsiz bo‘lib, ko‘proq vaqtini 
futbol o‘ynash bilan o‘tkazar edi. Sardor esa bilim olish, fanlarni yaxshi 
o‘zlashtirishga astoydil kirishgan. Gohida do‘sti Anvarga: “Imtihon 
kunlari yaqin, shuning uchun ko‘proq kitob o‘qib, futbol o‘ynashni biroz 
ozaytirish kerak”- deb bir necha bor ta’kidladi.
Anvar esa uning so‘zlariga e’tibor bermadi. Nihoyat kutilgan onlar 
yetib keldi. Barcha sinfdoshlar oliygohlarga o‘zlari qiziqqan yonalishlari 
bo‘yicha imtixon topshirgani bordilar. Anvar bilan Sardor ham tibbiyot 
yo‘nalishida o‘qish maqsadida imtixon topshirdilar. Imtixon natijalari 
ham tez kunda ma’lum bo‘ldi. Hamma hayajonda! Ne ko‘z bilan ko‘rsinki 
Sardor yuqori bal bilan o‘qishga kiribdi. Anvar esa o‘qishga kirolmadi. 


30
Shunda Anvar, o‘quvchilik davrida yo‘l qo‘ygan xatolarini esladi. 
Avvalo, darslarga o‘z vaqtida qatnashmadi. Ustozlari bergan 
topshiriqlarni bajarmadi. Ilmdan futbolni afzal bildi. Bir so‘z bilan 
aytganda o‘quvchilik burchlarini bajarmadi. Anvar qilgan ishlaridan 
qattiq pushaymon bo‘ldi. U o‘z oldiga maqsad qo‘ydi. Kelgusi yili
o‘qishga kirishi uchun barcha fanlarni puxta o‘zlashtirib, oliygoh talabasi 
bo‘lishga qat’iy qaror qildi. 


Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə