27
Shifokorlar tashrifi
Qish kunlari Jamshidning yo‘tali kuchayib bezovta bo‘la boshladi.
Uning istimasi ham biroz ko‘tarilgan edi. Farzandini bemorligini ko‘rib
Husniddin akani halovati yo‘qoldi. Nima qilishini bilmay o‘yga toldi.
Kech bo‘lib qolgani uchun shifoxonalar ham ish faoliyatini to‘xtatgan.
Birdan uning yodiga tez tibbiy xizmatiga qo‘ng‘iroq
qilib shifokor
chaqirish fikri paydo bo‘ldi.
Bu Jamshidni davolash undagi dardni aritish uchun yagona yo‘l edi.
Tezda ishga kirishib shifoxonaga qo‘ng‘iroq qildi.
Ularga uy manzilini
tuchuntirdi. Shifokorlar ko‘p kuttirmay Husniddin akani xonadoniga yetib
keldilar va Jamshidni davolashga kirishdilar.
Malika yosh bo‘lgani uchun bo‘layotgan
ishlarni tushunmay
dadasiga: “Dada shifokorlar tunda ham ishlaydimi?” –deb savol berdi.
Husniddin aka: “Ha shifokorlar tunda ham ishlashadi”,
chunki
“Yurtimizda yashaydigan har bir fuqoro
malakali tibbiy xizmatdan
foydalanish huquqiga ega” –deb tushuntirdi. Malika: “Men buni bilmas
edim” –deb shifokorlardan minnatdor bo‘lib, akasi Jamshidga qaradi. Bu
vaqtda Jamshidning istimasi biroz tushib o‘ziga kelib qolgan edi.
1.Huquq tushunchasi nima?
2.Axloq va huquqni bog‘liqlik tomonlari bormi?
3.Jamshidni oldiga shifokorlar nima uchun keldi?