1 Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) maktab va maktab-internatlarining 5-sinflar uchun



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/25
tarix20.10.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#128493
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
5-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

 
 
“Oilam” she’rini yod oling. 
Ota – onani e’zozlash (2 soat) 
Farzand uchun dunyoda eng mehribon va rahmdil inson uning ota – 
onasi hisoblanadi. Ota – ona farzandni dunyoga kelishiga sababchi 
bo‘ladi. Farzandi uchun hayotning barcha qiyinchiliklariga chidaydi, 
bolasini yedirib- ichirib, kiyintirib, asrab avaylab katta qiladi. 
Farzand hech qanday g‘am - tashvish bilmay, ota –onasining 
bag‘rida katta bo‘ladi. Insonning yoshi ulg‘ayib, tafakkuri shakllanar 
ekan, ota – onasini hurmat qilish, ularni e’zozlash, buyruqlarini o‘z 
vaqtida bajarish, ko‘ngillarini og‘ritmaslik farzandlik burchi ekanligini 


23
anglab yetishi lozim. Konstitutsiyamizda ham voyaga yetgan har bir o‘g‘il 
– qiz o‘z ota – onasiga g‘amxo‘rlik qilishi lozimligi ko‘rsatilgan.
Farzandni ota – onasi oldidagi burchlari quyidagilardan iborat:

Ota – onasiga doimo yaxshilik qilish;
 

Ota – onaning xizmatida doimo shay turish
 

Ota – onaning xonalariga ularning ruxsatisiz kirmaslik; 
 

Ota – onadan oldin taomga qo‘l uzatmaslik; 
 

Ota – onaning oldilarida yonboshlamaslik, oyog‘ini 
uzatmaslik;
 

Ota – onadan yuqorida o‘tirmaslik, ularni oldiga tushib 
yurmaslik;
 

Ota – ona bilan barcha ishlarda maslahatlashish;
 

Ota – onaning fikrlari va tajribalaridan foydalanish
 

Ota – onaning nasihatlarini jon-u dil bilan tinglash, qabul 
qilish.
 
 
 

Jannat onalar oyog‘i ostidadir.
 

Otani ayagan yo‘lda qolmas, elini siylagan - cho‘lda.
 



Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə