1-Amaliy mashg’ulot 1-mavzu. Kimyoviy texnologiyaning sanoatdagi roli



Yüklə 106,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü106,59 Kb.
#156417
1   2   3
1-A (1)

 
 


Kimyo sanoatining texnika taraqqiyotidagi ahamiyati va axoli ehtiyojini 
qondirish. 
Kimyo sanoati xalq xo‘jaligini ko‘plab miqdordagi turli mahsulotlar bilan 
ta’minlaydiki, bularsiz hozirgi jamiyat taraqiy etishi amrimahol bo‘lur edi. Hozirgi 
sanoat tarmoqlarining aksariyati (metallurgiya, mashinasozlik va xokozo) kimyo 
tufayligina ildam rivojlandi. Chunonchi, yog‘ochni kimyoviy ishlash yo‘li bilan 
plasmassa, aktivlashtirilgan ko‘mir, tutunsiz porox, sirka kislota, etil va metil spirti, 
atseton, aromatik birikmalar va boshqalar olinadi. 
Xalq 
xo‘jaligini 
kimyolashtirish 
texnika 
taraqqiyotining 
asosiy 
yo‘nalishlaridan biridir. Kimyolashtirish deganda kimyoviy usul, jarayon hamda 
materiallarni xalq xo‘jaligiga joriy etish tushuniladi. Bu esa ishlab chiqarishni 
maqsadga muvofiqroq rivojlantirish, xom ashedan kompleks foydalanish, 
chiqindisiz ishlash imkonini beradi. Masalan mineral o‘g‘it va zaxarli kimyoviy 
moddalarsiz qishloq xo‘jaligini jadallashtirish xaqida gap ham bo‘lishi mumkun 
emas. O‘z navbatida, plasmassa, sintetik tolalar, sintetik yuvuvchi vositalar ham 
borgan sari turmushimizdan keng o‘rin olmoqdalar. 
Kimyo sanoatida texnika rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari. 
Kimyo sanoatining rivojlanishi ko‘p jixatdan kimyoviy texnikani 
takomillashtirish bilan belgilanadi. Texnika taraqiyotining bosh maqsadi mexnat 
unumdorligini oshirish hamda mahsulot sifatini oshirib, uning tannarxini 
pasaytirishdir. 
Rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari; 
1) Unumdorlikni oshirish; 
2) Apparatlarning ish sur’atini oshirish; 
3) Sermexnat jarayonlarni mexanizatsiyalash; 
4) Avtomatlashtirish va distansion boshqarish (ASUTP); 
5) Davriy jarayonlarni uzliksiz jarayonlar bilan almashtirish
6) Reaksiya issiqligidan foydalanish; 
7) Chiqindisiz ishlab chiqarishni yaratish; 
Bular ichida eng muximi birinchi yo‘nalishdir. Apparatlar, mashinalar, sex va 
zavodlar ishining asosiy ko‘rsatgichi unumdorlikdir. Unumdorlik vaqt birligida 
ishlab chiqarilgan mahsulot yoki qayta ishlangan xom ashyo miqdoridan yoki 
hajmidan iboratdir. 
apparatning ish unumdorligini oshirishga uning o‘lchamini kattalashtirish yoki 
ishni jadallashtirish yo‘li bilan erishish mumkin. 
Apparat unumdorligini oshirish metall (konstruksion material)ni tejashga
birlik hajmda ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini oshirishga olib keladi. Ayni 
vaqda, sexlar qurilishi va ularni remont qilishga ketadigan sarfiyet, shuningdek 
ishlatish sarfiyetlari kamayadi, ishchilarning mehnat unumdorligi ortadi. Masalan: 
sulfat kislota va ammiak ishlab chiqarish asosiy reaktorlarning quvvati so‘nggi 20 
yilda 30 xissa ortdi. Bunga apparatlar o‘lchamini oshirmay turib, ularning 


G



unumdorligini ko‘tarish hisobiga erishildi. Apparat ish sur’atini ikki yo‘l bilan 
oshirish mumkin: 
1) Mashina va apparatlarning konstruksiyalarini yaxshilash; 
2) Muayan turdagi apparatlarda texnologik jarayonlarni takomillashtirish. 
Apparat ishining sur’ati jarayot tezligiga mutanosibdir. Ish sur’ati avvalo 
aralashish tezligining oshishiga hamda tutashuv fazalarining yondoshuv 
yuzalarining ortishi hisobiga ko‘tariladi. Sur’atni jadallashtirish uchun katalizatorlar 
qo‘llash va aralashtirish orqali reaksiyada ishtirok etadigan moddalar harorati, 
bosimi, konsentratsiyasi oshiriladi. Mazkur omillarni qo‘llash apparatlar va 
reagentlarning chidamliligiga, shuningdek iqsodiy samaradorligiga bog‘liq. 
Mexanizatsiyalashtirish-qo‘l kuchini mashina bilan almashti-rishdir. 
Mexanizatsiyalashtirish bu mehnat unumdorligini oshiradi. YA’ni ishlab chiqarish 
intinsivligini oshiradi va qo‘l kuchini kamaytirish natijasida mahsulotning tannarxi 
kamayadi. Ko‘pkina korxonalarda xom ashyoni solish tayyor mahsulotni taxlash, 
tushirish va uzatish mexanizatsiyalashtirilgan. 
Avtomatlashtirish-qurilmalar bevosita inson ishtirokisiz boshqarish faqat 
inson kuzatuvida olib borish. Avtomatlashtirish maxanizatsiyalashning yuqori 
bosqichidir. Avtomatlashtirish mehnat unumdorligini va mahsulot sifatini keskin 
oshiradi. Ayrim hollarda korxonalarning faqat bir qismigina avtomatlashtiriladi. Bu 
hollarda uzoqdan turib boshqarish qo‘llaniladi. Uzoqdan turib boshqarishda inson 
uzoqdan turib pult bilan boshqarib turadi. 
Uzlikli jarayon deb –ma’lum bir qism xom ashyoni apparatga solib, ma’lum 
bir vaqtdan keyin hosil bo‘lgan mahsulotni bo‘shatib olishga aytiladi. Apparat xom 
ashyoni solish va tayyor mahsulotni bo‘shatish vaqtida to‘xtab turadi. Shuning 
uchun ham uzlukli ishlovchi apparatlarni avtomatlashtirish juda qiyin. 
Uzliksiz jarayon deb-xom ashyoning apparatga tushishdan tayyor mahsulot 
olguncha uzliksiz boradi. Hozirgi vaqtda ko‘pkina korxonalar uzliksiz ishlash 
rejimiga o‘tishgan, qolgan korxonalar ham uzliksiz ishlash rejimiga o‘tkazilmoqda.

Yüklə 106,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə