1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: “Makroiqtisodiyot”ga kirish (2 soat) Reja


-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Iste’mol, jamg‘arish, investitsisa (4 soat)



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə15/54
tarix17.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#87147
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
Amaliyot ishlanmalari

6-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Iste’mol, jamg‘arish, investitsisa (4 soat)


Reja:

1.Istemol, jamg`arish, ularning grafiklari va funksiyalari;

2. Iste’mol va jamg`arishga chegaralangan hamda o`rtacha moyillik;

3. O`zbekistonda iste’mol va jamg`arish jarayonlari xususiyatlari;

4.Investitsiya xarajatlari va ularning tiplari;

5. Invеstitsiyalаrning mоhiyati, grаfigi vа funktsiyasi;

6. Investitsiyalar va jamg`armalar o`rtasida bog`liqlik.

Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Iste‘mol va jamg‘arish tushunchalari, funksiyalari va grafiklarini tasvirlash, iste‘mol va jamg‘arishga o‘rtacha hamda chegaralangan moyillikni o‘rganish va hisoblash, investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasini yoritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish

Materiallar va jihozlar: o‘quv-uslubiy majmua, slaydlar, tarqatma materiallar

Asosiy tushunchalar: avtonom iste’mol, avtonom investitsiyalar, investitsiya, akselerator, iste’molga o’rtacha moyillik, iste’molga (jamg’arishga) chegaralangan moyillik, investitsiya, investitsion xarajatlar, foiz stavkasi, asosiy fondlar, kapital zahiralari, foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg’armalari

Umumiy ma’lumotlar:

Makroiqtisodiyotda iste’mol, jamgarish va investitsiyalar bilan bog’liq masalalar muhim ahamiyat kasb etadi, chunki iste’mol va investitsiya xarajatlari YaIM ning asosiy tarkibiy qismlaridir.

Iste’mol YaIM tarkibida asosiy ulushga ega bo‘lib, oraliq hamda yakuniy iste’molga ajratiladi va ixtiyordagi daromaddagi joriy davr ehtiyojlarini qondirish uchun qilingan xarajatlarini qamrab oladi. Iste’mol va daromad o‘rtasidagi bog’liqlik iste’mol funktsiyasi orqali ifodalanadi. Iste’molni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar sifatida iste’molga bo‘lgan o‘rtacha va chekli moyillik ko‘rsatkichlari qatnashadi.

Jamg’arish ixtiyordagi daromadning iste’moldan keyin qolgan qismi bo‘lib, jamg’arish funktsiyasida jamg’arma va ixtiyordagi daromad o‘rtasidagi bog’liqlik aks ettiriladi. Iste’mol kabi jamg’arishni ham tavsiflovchi ko‘rsatkichlar sifatida jamg’arishga bo‘lgan o‘rtacha va chekli moyillik ko‘rsatkichlari qatnashadi. Jamg’arish xususiy jamg’armalar, davlat jamg’armalari hamda chet elliklarning jamg’armalaridan iborat.

Investitsiyalar jamg’armalar bilan bog’liq bo‘lib, investitsiya funktsiyasi umumiy holda real foiz stavkasi bilan teskari, daromad bilan esa to‘g’ri bog’liqlikni aks ettiradi. Investitsiyalar yalpi vas of investitsiyalarga ajratiladi.

Yalpi investitsiyalar sof investitsiyalardan amortizatsiya miqdoriga farq qiladi va aynan yalpi investitsiyalar hamda amortizatsiyani solishtirish orqali iqtisodiyot ko‘rinishi ajratiladi.


Topshiriqlar:





  1. Jamg’arishga chegaralangan moyillik ko‘rsatkichi 0,2 ga, avtonom iste’mol hajmi 700 ga, chegaralangan soliq stavkasi 0,25 ga, daromadlar darajasi 7000ga teng bo‘lsa, topilsin:

  1. iste’mol va jamg’armalar hajmi;

  2. iste’molga va jamg’arishga chegaralangan moyillik ko‘rsatkichlari.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə