1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: “Makroiqtisodiyot”ga kirish (2 soat) Reja



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə11/54
tarix17.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#87147
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
Amaliyot ishlanmalari

Asosiy tushunchalar: yalpi talab, yalpi taklif, muvozanatli hajm, Keyns kesmasi, vertikal yoki klassik kesma, oraliq kesma, boylik samarasi, foiz stavkasi samarasi, import xaridlar samarasi

Umumiy ma’lumotlar:

Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yalpi talab milliy iqtisodiyotdagi barcha yakuniy iste’molchilarning, ya’ni aholi, korxonalar, davlat va chet elliklarning tovar va xizmatlar sotib olishga qiladigan xarajatlarining umumiy miqdorini, yalpi taklif esa davlat va xususiy sektorning milliy iqtisodiyot darajasida sotishga taklif qilgan barcha tovar va xizmatlarining umumiy miqdorini puldagi ifodasidir.

Yalpi talab va yalpi taklifga narx darajasiga bog’liq va unga bog’liq bo‘lmagan omillar ta’sir ko‘rsatadi.

Narx darajasiga bog’liq omillar ta’sirida yalpi talab va yalpi taklifning o‘zi emas, balki ularning hajmi o‘zgaradi, natijada yalpi talab hamda yalpi taklif egri chiziqlarining siljishi yuz bermaydi.

Narx darajasiga bog’liq bo‘lmagan omillar ta’sirida yalpi talab va yalpi taklif egri chiziqlarining siljishi yuz beradi.

Yalpi taklif egri chizig’ining keynsian kesmasi katta miqdordagi mehnat va

moddiy resurslar foydalanilmayotgan bo‘lsa, iqtisodiyot pasayish holatida ekanligidan dalolat beradi. Yalpi taklif egri chizig’ining klassik kesmasi ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanilayotgan va narxning har qanday darajasida ham ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish imkoni bo‘lmasa, iqtisodiyotni “to‘liq bandlik” sharoitidagi yoki ishsizlikning tabiiy darajasi nuqtasidagi holatini ifodalaydi.

AD-AS modelida yalpi talab o‘sib, yalpi taklif kamaygan holatda narxlar darajasi o‘sib, milliy mahsulot miqdorini o‘zgarishi esa ularni o‘zgarish nisbatlariga bog’liq bo‘ladi. Yalpi taklif o‘sib, yalpi talab pasaygan holatda narxlar darajasi pasayib, milliy mahsulot miqdori o‘zgarishi ularning o‘zgarish nisbatlariga bog’liq bo’ladi.




Topshiriqlar:





  1. Uzoq muddatli AD egri chizig’i Y = 3000 tengligi, qisqa muddatli AS egri chizig’i R = 1,0 darajasida berilgan. AD egri chizig’i tenglamasi: Y = 3,0 M/P. Pul taklifi (M) 1000 ga teng. Narx shoki natijasida qisqa muddatli AS egri chizig’i P = 1,5 darajasiga siljgan, uzoq muddatli AD egri chizig’i - Y = 2500. AD egri chizig’i esa o‘zgarmagan. Qisqa va uzoq muddatdagi yangi Y va P ni aniqlang.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə