1-amaliy mashg’ulot mavzu: Normativ va texnik hujjatlar bilan tanishtirish. Qurilish xududlarining iqlimiy tasniflarini aniqlash



Yüklə 113,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix21.09.2023
ölçüsü113,36 Kb.
#122728
  1   2
1-мавзу



1-AMALIY MASHG’ULOT 
 
Mavzu: Normativ va texnik hujjatlar bilan tanishtirish. Qurilish xududlarining 
iqlimiy tasniflarini aniqlash. 
Reja: 
1. 
Normativ va texnik hujjatlar bilan tanishtirish. 
2. 
Qurilish xududlarining iqliiy tasniflarini aniqlash. 
Tayanch iboralar:
Loyihalash, Korxonalar, , binolar va inshootlar, hajmiy-plan, 
konstruktiv yechim va me'moriy-badiiy yechimlari, ishchi hujjatlar va smetalar, elektr 
energiya, suv, gaz, issiqlik ta'minoti, oqova suvlarni ketkazish tarmoqlari, ekologiya, 
sanitar-gigiena, yong‘in xavsizligi, davlat avtomobil nazorati, avto yo‘l korxonalar. 
Ma'lum maqsadda foydalanish uchun yangi bino va inshoot qurish, shuningdek xalq 
xo‘jaligi, sanoat va qurilishning turli sohalaridagi mavjud korxona, bino va inshootlarni 
kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnikaviy qayta jihozlash uchun, avvalo, loyiha ishlab 
chiqiladi. Loyihalar nafaqat korxonalar, binolar yoki inshootlar uchun, balki shahar, turar-
joy rayonlari, mikrorayonlar va boshqa aholi yashash manzillari, sanoat hududlari uchun 
ham tuziladi. 
Ommaviy tartibda (ko‘p marta, qayta-qayta) quriladigan bino yoki inshootlar uchun 
tipovoy loyihalar bajariladi. Qaytarilmaydigan va noyob, arxitekturaviy ahamiyati katta, 
texnik jihatdan juda murakkab bino va inshootlar uchun individual (yakkahol) loyihalar 
ishlab chiqiladi. 
Loyihalash ishlari odatda, ma'lum bir sohaga, ishlab chiqarish faoliyatiga yoki 
binolar turiga ixtisoslashgan loyihalash tashkilotlarida amalga oshiriladi. 
Loyihalash ishlarini bajarish uchun loyihaga buyurtma beruvchi tashkilot 
(buyurtmachi) bilan loyihachi tashkilot (bosh loyihachi) o‘rtasida tuziladigan shartnoma 
asos bo‘lib xizmat qiladi. Bosh loyihachi vazifasini, ko‘pincha, loyihaning texnologik 
yechimlarini ishlab chiqadigan loyihalash tashkiloti bajaradi. Yirik korxonalar va 
inshootlarni loyihalashda bir qator loyiha materiallarini (qismlarini) bajarish uchun 
yordamchi loyihalash tashkilotlari (subpudratchi tashkilotlar) jalb qilinishi mumkin (15 - 
chizma). 
Loyihalash jarayonini boshlash uchun buyurtmachi tashkilot tomonidan bosh 
loyihachiga loyiha topshirig‘i beriladi. Loyiha topshirig‘ida loyihalanishi kerak bo‘lgan 
binoning vazifasi, o‘lchamlari to‘g‘risi-da ma'lumotlar, hududning geodezik plani, 
geologik va gidrogeologik sharoitlari to‘g‘risida tavsiflarni o‘z ichiga olgan pasporti 
hamda maxsus talablar (qavatlar soni, qurilish navbatlari va boshqa) kelti-riladi. 
Topshiriqqa asosan loyihalash dasturi tuziladi. Unda binoda-gi xonalar ruyxati, 
maydonlari va loyihalanadigan bino va xonalar-ning hajmiy-plan, konstruktiv yechim va 
me'moriy-badiiy yechimlariga quyiladigan maxsus talablar keltiriladi. 


Bundan tashqari loyiha topshirig‘iga loyihalanayotgan bino uchun zarur bo‘lgan 
elektr energiyasi, suv, gaz, issiqlik ta'minoti, oqova suvlarni ketkazish tarmoqlari, 
ekologiya, sanitar-gigiena, yong‘in xavsizligi, davlat avtomobil nazorati, avto yo‘l 
korxonalari to-monidan berilgan ulanish bo‘yicha texnik shartlar to‘g‘risida ma'lu-motlar 
ilova qilinadi. Loyiha topshirig‘i buyurtmachi tashkilot tomo-nidan, odatda, loyihachilarni 
jalb qilgan holda tuziladi. 
Korxonalar, binolar va inshootlarning loyihalari, qoidaga ko‘-ra, bir yoki ikki 
bosqichda ishlab chiqiladi. Loyiha hujjatlarining necha bosqichda bajarilishi buyurtmachi 
tomonidan loyihalanadigan ob'ektning texnik jihatdan murakkablik va tiplashtirilganlik 
darajasiga bog‘liq holda loyiha topshirig‘ida belgilab beriladi. 
Yirik murakkab qurilish ob'ektlarini loyihalash ikki bosqichda bajariladi. Birinchi 
bosqichda loyiha va jamlanma smeta hisoblari, ikkinchi bosqichda - ishchi hujjatlar va 
smetalar ishlab chiqiladi (16-chizma, A). 
Loyihalashning ikkinchi bosqichini bajarishga birinchi bosqich yakunlangandan 
so‘ng kirishiladi. Birinchi bosqichda tayyorlangan mate-riallar (loyiha) ekspertiza qilish va 
tasdiqlash uchun bu ishga mas'ul tashkilotlarga taqdim etiladi. 
Loyihalashning birinchi (loyiha) bosqichida quyidagi materiallar ishlab chiqiladi: 

binoning plandagi kompozitsiyasini va konstruktiv sxemasini, xo-nalarning 
o‘lchamlari, ularning joylashishi va funksional bog‘lanish-larni aniqlash uchun barcha 
qavatlar planlari; 

binoning hajmiy tuzilishini va konstruktiv sxemasini aniqlash uchun yetarli 
miqdorda qirqimlar; 

bino tashqi qiyofasini tasavvur qilish imkonini beruvchi bosh va yon fasadlar; 
murakkab hajmiy kompozitsiyali binolar uchun ko‘pincha perspektiva va maketlar 
qilinadi; 

qurilish rayonining tabiiy sharoitini tavsifi, yo‘llar tarmog‘i, yaqin orada 
joylashgan qurilish ob'ektlari ko‘rsatilgan situatsion plani; 

gorizont tomonlari, shamolning bosh yo‘nalishi, relefni aniqlov-chi 
gorizontallar, loyihalayotgan bino va uchastka o‘lchamlari va chegara-lari, yo‘llar, 
daraxtlar, ko‘kalamzorlar ko‘rsatilgan bosh plan

qurilish rayoni va uchastkasining sharoitlaridan kelib chiqqan holda qabul 
qilingan yechimlarning asosnomasi va bayoni, binoda kecha-digan funksional 
jarayonlarning talablari, hajmiy-plan, konstruktiv va badiiy yechimlarning asosnomasi va 
bayoni, binodagi muxandis-lik jihozlari (isitish, shamollatish, suv ta'minoti, oqova 
ketkazish, elektr ta'minoti, gaz ta'minoti, telefon, radiolashtirish tizimlari va boshqalar) 
ning tavsifi, bino pardozining tavsifi, qurilish va montaj ishlarini bajarish usullari hamda 
texnik-iqtisodiy ko‘rsat-kichlarni o‘z ichiga olgan tushuntirish yozuvi (izohnoma). 
Loyihalashning ikkinchi bosqichida ekspertizadan o‘tgan va tasdiq-langan loyiha 
asosida ishchi hujjatlar ishlab chiqiladi. Ishchi huj-jatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: bosh 
plan; barcha bir xil bo‘lmagan qavatlar planlari; binoning o‘ziga xos tomonlari bilan 
ajralib turadigan qismlari (har xil balandlik, xar xil zina qo‘llanilgan va shunga o‘xshash) 


bo‘yicha qirqimlar; barcha yig‘ma elementlar joylashish sxemasi, pardoz turi ko‘rsatilgan 
fasadlar; poydevor chizmalari (plan, qirqimlar, profillar); orayopma va boshqa yopmalar 
planlari (zavoddatayyorlangan elementlar joylashgan sxema); notipovoy konstruksiya-
larning detallashtirilgan chizmalari; konstruksiyalarning murakkab birikish tugunlari 
uchun detallashtirilgan chizmalar; loyihada qo‘lla-nilgan zavodda tayyorlangan 
konstruktiv elementlarning olingan kato-logi ko‘rsatilgan ro‘yxatlari; qo‘llanilgan 
standartlarning ro‘yxati. 
Ishchi hujjatlar tarkibiga mustaqil qism sifatida binodagi mu-xandislik jihozlarining 
chizmalarini ham kiritiladi. 
Ishchi hujjatlarga kirgan chizmalar loyiha bosqichida bajarilgan chizmalarga 
nisbatan yirikroq masshtabda bajariladi. Agar loyiha bosqichida faqat asosiy o‘lchamlar 
ko‘rsatilgan bo‘lsa, ishchi hujjatlar tarkibiga kirgan chizmalarda ularni to‘g‘ri tushunish 
uchun yetarli dara-jada barcha o‘lchamlar qo‘yiladi. 
Bir bosqichda ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari qism-larining 
nomenklaturasi bajariladigan loyihalash ishlarining tu-riga (yangi qurilish ob'ektini 
loyihalash, mavjud qurilish ob'ektla-rini kengaytirish, rekonstruksiya qilish yoki texnik 
jihatdan qayta jihozlash) bog‘liq bo‘ladi.
Binolar va ularning tashqi to‘siq konstruksiyalari turli xil iqlim ta'sirlarini qabul 
qiladilar. By ta'sirlar xonalarda istalgan issiqlik rejimni ta'minlashni, binolar va ularning 
tashqi to‘siq konstruksiyalarini normal ekspluatatsiya qilishni qiyinlashtiradilar. Bunga 
qarshi maxsus tadbirlar ko‘rilishi lozim. 
Qurilish iqlimshunosligining asosiy vazifasi - aholi yashaydigan joylar rejalarini, binolar 
va to‘siq kontruksiyalarning maqsadga muvofiq bo‘lgan loyiha yechimlarini qurilish 
bo‘ladigan hududning iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, ilmiy asoslab berishdir. 
Buning uchun binolar ning me'moriy va konstruktiv yechimlariga iqlimning ta'siri 
haqidagi ma'lumotlarga ega bo‘lish zarur. 
Muhim iqlimiy ko‘rsatkich - havotemperaturasidir. 
Kishigaissiqlik ta'siri nuqtai nazaridanhavo temperaturasining quyidagi turlarini 
ajratish mumkin: 
-sovuq (+8°Cdan past) - binolarniisitishtalabqilinadi; 
-salqin (8-15°S) - bunda derazalar odatda berk holda bo‘ladi, yozgi xonalardan uzoq 
vaqt foydalanib bo‘lmaydi; 
-iliq (16-28sS) - yozgi xonalardan uzoq vaqt foydalanishga imkoniyat bo‘ladi; 
-issiq, (28°S dan yuqori) - xonalarning haddan ziyod isib ketishini cheklash 
zaruriyati paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, temperatura juda sovuq (-12°C dan past va juda 
issiq - jazirama 
(+32°S dan yuqori) bo‘lishi ham mumkin. Bunday ob havo kishiga yoqimsiz ta'sir 
ko‘rsatadi. Kunning ish vaqtidagi (soat 13 dagi) havo temperaturasining qiymati bo‘yicha 
ob-havo turi haqida fikr yuritiladi. Uning qiymati quyidagi formula yordamida aniqlanadi 
°S (7.1) 
bu yerda - yilning ma'lum oyidagi o‘rtacha harorat, °S; 


- kecha-kunduz davomida temperatura o‘zgarishining o‘rtacha amplitudasi, °S; 
0,7 - kunning ish vaqtidagi temperaturasini aniqlash uchun kiritilgan koeffitsient. 
Ob-havo turining yil davomida kuzatiladigan muddati iqlimning asosiy xususiyatini 
belgilaydi. Masalan, yoz oylari uchun aniqlangan ning qiymati +29 °S bo‘lsa, o‘sha 
joyning yozi issiq, qish oylari uchun aniqlangan ning qiymati -2 °S bo‘lsa, qishi sovuq 
degan fikr yuritiladi. 
Binolarda ob-havoning iliq va issiq davrida xonalarni qizib ketishdan saqlash 
choralari ko‘rilishi lozim. Har bir xonadonda yozgi xona bo‘lishi, quyoshdan himoya 
qurilmalari qo‘llanilishi, bino atrofini ko‘kalamzorlashtirish talab qilinadi. 
Muhim iqlimiy ko‘rsatkichlardan yana biri - iqlim namligini binolar va ularning 
to‘siq konstruksiyalariga umumiy ta'sirini belgilovchi quyidagi kursatgichdir:
Aholi yashaydigan joyning rejasiga va binolarning hajmiy-rejaviy va konstruktiv 
yechimiga ta'sir etuvchi yana bir omil shamolning tezligidir. Shamolning o‘rtacha tezligi 5 
m/s va undan ortiq bo‘lganda havodagi mualliq zarrachalar qor, suv, chang) ning intensiv 
ko‘chishi ko‘zatiladi. Shamolning tezligi bilan birgalikda uning gorizont yo‘nalishlari 
bo‘yicha qaytalanishi ham muhim ahamiyatga ega. Shu asnoda ma'lum bir joy uchun 
shamolning bosh yunalishi aniqlanadi. Masalan, 7.1-jadvalda Tomdibuloq shahri uchun 
rumblar bo‘yicha shamolning o‘rtacha tezliklari va qaytalanishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar 
keltirilgan. 

Tomdi buloq shahri uchun gorizontning tomonlari bo‘yicha shamolning 
o‘rtacha tezligi va qaytalanishi to‘g‘risida ma'lumotlar (iyul oyi uchun) 

7.1-rasmda yuqoridagi ma'lumotlar asosida qurilgan shamol tezliklarining 
gorizont tomonlari bo‘yicha o‘zgarish grafigi (a) va shamolning qaytalanishi bo‘yicha 
uning bosh yo‘nalishini aniqlash grafigi (b) keltirilgan. 

Binoning belgilangan xududda joylashish o‘rnini va orentatsiyasini qabul 
qilishda shamolning bosh yo‘nalishini hisobga olmaslik mumkin emas. Chunki binolarda 
tabiiy havo almashtirishni tashkil qilishda, yozda binolarni va undagi xonalarni ortiqcha 
qizib ketishdan asrashda shamol tezligi va yo‘nalishi muhim rol o‘ynaydi.



shamolning bosh yo‘nalishi. 

1–rasm. Shamol tezliklarining gorizont tomonlari

bo‘yicha o‘zgarishgrafigi (a) va qaytalanishi bo‘yicha uning bosh yo‘nalishini 
aniqlash grafigi (b). 

Ob-havo turlarini va ularning yil davomida o‘zgarib borish qonuniyatlarini 
o‘rganib sistemalashtirish – qurilish iqlimshunosligining asosiy uslubidir.

Havoning yanvar va iyul oylaridagi o‘rtacha temperaturasi, uch qish 
oylaridagi shamolning o‘rtacha tezligi va yilning issiq davridagi havoning nisbiy namligini 
kompleks olib qaragan holda MDH territoriyasi iqlimiy xududlarga bo‘lingan (7.2–rasm). 

I–iqlimiy xudud juda sovuq uzoq davom etadigan qahraton qishi va qisqa 
salqin yoki iliq yozi bilan ajralib turadi.

II–iqlimiy hududga qishi sovuq, lekin yozi iliq yoki issiq. 

III–iqlimiy hududga qishi past temperaturali, lekin odatda yozi issiq hududlar 
kirgan. 

IV–iqlimiy hudud qisqa va beqaror qishi, uzoq davom etadigan issiq yoki 
jazirama yozi bilan ajralib turadi. Ushbu 4 hududning har biri 3 tadan 5 tagacha kichik 
xududlarga bo‘lingan. 

Yüklə 113,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə