1. Biotexnologiya, uning rivojlanish tarixi va qo’llanilish sohalari. Biotexnologiya mahsulotlari?



Yüklə 4,17 Mb.
səhifə2/4
tarix10.06.2022
ölçüsü4,17 Mb.
#89274
1   2   3   4
1. Biotexnologiya, uning rivojlanish tarixi va qo’llanilish soha

Qo’llanish sohalari. Biotexnologiya qo’llanish sohalari quyidagilar:
1. Gen, hujayra va fermentlar injeneriyasi;
2. Texnikaviy bioenergetika-vodorod, biogaz olish;
3. Immunobiotexnologiya;
4. Ozuqa mahsulotlari biotexnologiyasi;
5. Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan preparatlar biotexnologiyasi;
6. Sanoat mahsulotlari biotexnologiyasi;
7. Dorivor moddalar, diagnostika va reaktivlar biotexnologiyasi;
8. Biogidrometallurgiyada ishlatiladigan biotexnologiya;
9. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik biotexnologiya;


O‘zbekistonda biotexnologiyaning rivojlanish tarixi. Biotexnologiya fani O‘zbekiston uchun eng kenja fanlardan bo‘lib, uni tarixi uzoqqa bormaydi (qadimiy biotexnologiyalar; non yopish, qatiq tayyorlash va h.k. bundan istisno). Bu fan asosan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining mikrobiologiya institutida, genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida hamda Respublika Kimyo birlashmasiga qarashli bir qator zavodlarda (Yangiyo‘l biokimyo zavodi, Andijon gidroliz zavodi, qo‘qon spirt zavodi) rivojlanib kelmoqda.
Biotexnologiya ixtisosligi bo‘yicha birinchi o‘zbek akademigi A.G.Xolmurodov (1939-1996) fuzarium avlodiga mansub zamburug‘lardan NAD-kofermenti va vitaminlar kompleksi (V11 guruhiga kiruvchi vitaminlar, vitamin RR, Q 10 vah.k.) tayyorlash texnologiyasini yaratdi.
Akademik M.I. Mavloniy O‘zbekistonda uchraydigan achitqi zamburug‘larni tahlil qilib, ularni nonvoychilik, vinochilik va chorvachilikka qo‘l keladigan turlarini topdi va ular asosida maxsus xamirturushlar va vinochilik uchun achitqi tayyorlash texnologiyalarni yaratdi. Professor Q.D. Davranov MDH mamlakatlarida birinchilardan bhlib yog‘ parchalovchi lipaza fermentini tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Bu fermentni ko‘p shakllilik sabablarini tahlil qilib, har bir biotexnologik jarayon uchun o‘ziga xos spetsifiklikka ega bo‘lgan lipaza fermenti zarur degan fikrga keldi va buni amaliyotda tasdiqlab berdi. Q.D.Davranov yaratgan "Yer malhami" biopreparati, azot o‘zlashtiruvchi mikroorganizmlar asosida tayyorlangan bo‘lib, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanilmoqda.



Yüklə 4,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə