1. Biznesning tovar sifatidagi xususiyatlari nimalardan iborat


Korxona va uning tarkibiy qismlarini baholash ehtiyojlari nima bilan shartlangan?



Yüklə 23,37 Kb.
səhifə2/3
tarix25.03.2023
ölçüsü23,37 Kb.
#103196
1   2   3
shaxa baholash ishi

3. Korxona va uning tarkibiy qismlarini baholash ehtiyojlari nima bilan shartlangan?
0‘rin bosish tamoyili shuni anglatadiki, aqlli xaridor korxona uchun xuddi shunday foyda beradigan boshqa korxona xarid qilinishi mumkin bo'lgan eng kam naixdan yuqori narx to‘lamaydi.Kutish tamoyili, ya’ni kelajakda korxona mulkidan foydalanish orqali olinishi mumkin bo‘lgan bo‘lajak daromad yoki boshqa foydalami kutish, shuningdek, uni qayta sotishdan tushadigan pul mablag‘Iarining miqdori.Bozor muhiti bilan bog‘liq tamoyillar. Ushbu guruh quyidagi tamoyillami o‘z ichiga oladi: bog'liqlik, talab va taklif o‘itasidagi o‘zaro aloqaning muvofiqligi, raqobat, qiymatning o'zgarishi.Bog ‘liqlik. Korxonaning qiymati ko‘plab omillarga bog‘liq. Lekin baholanayotgan korxonaning o‘zi atrofdagi ko‘chmas mulk obyektlari va mazkur mintaqada joylashgan boshqa korxonalaming qiymatiga ta’sir ko‘rsatadi.Muvofiqlik. Har qanday korxona ushbu mintaqada amal qilib tuigan bozor va shahar qurilishi standartlariga, korxonalar loyihalari esa ushbu hududda yer uchastkalaridan foydalanishning umumiy qabul qilingan an’analariga mos kelishi kerak.Talab va taklif. Odatda, talab korxona narxiga taklifga qaraganda ko‘proq ta’sir ko'rsatadi, chunki u ko‘proq o‘zgarib turadi. Korxona qiymatiga talab va taklifning o‘zaro nisbati katta ta’sir ko‘rsatadi. Agar talab taklifdan yuqori bo‘lsa, u holda omillaming doimiyligida narxlar o‘sadi; agar taklif talabdan yuqori bo‘lsa, narxlar tushib ketadi; agarda talab taklifga mos kelsa, narxlar barqaror bo‘ladi.Raqobat. Tadbirkorlaming foyda olishdagi musobaqalashuvi; u iqtisodiyotning foydaning o‘sishi kutilayotgan sohalarida keskinlashadi, taklifning o‘sishiga va foyda miqdorining pasayishiga olib keladi.Qiymatning о ‘zgarishi. Bozordagi vaziyat doimiy ravishda o‘zgarib turadi:
yangi korxonalar paydo bo‘ladi, faoliyat ko'rsatib turgan korxonalar sohasi o‘zgaradi; korxona faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy, texnik va siyosiy sohasi ham o'zgaradi. Mulk obyektlari eskiradi, texnika, texnologiya, xomashyo bazasi o‘zgaradi. Yerdan foydalanish xususiyati davlat va xususiy sektoming ta’siriga bog‘liq. Iqtisodiy sharoitlar yangi imkoniyatlami ochadi, pul massasining hajmi va foiz stavkalari o‘zgarib turadi. Insonning didi va intilishi o‘zgarishlarga duch keladi. Shuning uchun korxonaning qiymati muayyan sanada baholanishi kerak.Mol-mulkni ishlatisb bilan bog‘Iiq tamoyillar. Mulkdan foydalanish bilan bog‘liq tamoyillar guruhi qoldiq samaradorlik, ulush, o‘suvchi va kamayuvchi samara, mutanosiblik, iqtisodiy miqdorlar, mulkiy huquqlami iqtisodiy taqsimlash va birlashtirish. Yer uchastkasining qoldiq samaradorligi. Tadbirkorlik faoliyatining har qanday turi, odatda, ishlab chiqarishning to‘rtta omili mavjud bo‘lishini talab qiladi: mehnat, sarmoya, boshqaruv va yer. Ishlab chiqarishning har bir foydalaniladigan omiliga mazkur faoUyat bilan yuzaga keladigan yangi narx bo‘yicha haq to‘lanishi kerak.Yer ko‘chmaydi, mehnat, sarmoya va boshqaruv esa unga bog‘langan. Dastlab ishlab chiqarishning uchta «bog'langan» omiliga haq to‘lanadi, so‘ngra esa yer egasi foydaning qoldig'idan renta (yer solig‘i yoki ijara haqi) oladi. Shunday qilib, yer «qoldiq qiymatga» ega.Ulush — bu korxona qiymati ana shunchaga oshadigan yoki kamayadigan summa yoxud ishlab chiqarishning amaldagi om illariga qandaydir yaxshilanishlar yoki qo ‘ shimchalaming mavjudligi yoxud yo‘qligi oqibatida undan olinadigan sof foyda. Ayrim omillar korxona mulkiy majmuasining qiymatini ular bilan bog‘liq xarajatlarga qaraganda katta summaga oshiradi, ayrimlari esa kamaytiradi.0‘suvchi va kamayuvchi samara. Ushbu tamoyil shundan iboratki, ishlab chiqarishning asosiy omillariga resurslaming qo‘shimcha qilinishiga qarab sof foyda ma’lum bir vaqtgacha o‘suvchi sur’atlar bilan ko‘payish tendensiyasiga ega bo‘ladi, shundan so‘ng u sust sur’atlar bilan o‘sadi. Bu susayish qiymatini o'sishi qo‘sqilgan resurslar xarajatlarining o‘sishiga qaraganda kam bo‘lgunga qadar davom etadi.Korxonaning mutanosibligi. Mazkur tamoyil shuni anglatadiki, ishlab chiqarishning har qanday turiga ular eng yuqori foydaga, demak, korxonaning eng yuqori qiymatiga erishiladigan ishlab chiqarish ominarining optimal ]muvofiqlashuvi mos keladi.Optimal miqdor (ko‘lam). Ishlab chiqarishning har qanday omili — u xoh korxonaning o‘zi bo‘lsin, xoh uning alohida ishlab chiqarishi yoki unda korxona joylashgan yer uchastkasi bo‘lsin, optimal miqdorlaiga ega bo‘lishi kerak.Mulkiy huquqlami iqtisodiy taqsimlash va birlashtirish. Mazkur tamoyil quyidagilami anglatadi: mulkiy huquqlar korxonaning umumiy qiymatini oshiradigan darajada taqsimlanishi va birlashtirilishi kerak.Eng yaxshi va eng samarali foydalanish tamoyili — bu korxonadan oqilona va ehtimoliy foydalanishni anglatuvchi baholashning asosiy tamoyili. Ushbu tamoyil yuqorida ko‘rib chiqilgan tamoyillar guruhlarining sintezi hisoblanadi.Yuqorida sanab o‘tilgan tamoyillar umumlashtirilgan ko'rinishda universal hisoblanadi va biznesning barcha turlariga nisbatan qo‘llanilishimumkin. Ulaming mazmun-mohiyati korxona va uning tarkibiy qismlarining ixtisoslashuviga qarab o'zgarishi mumkin.

Yüklə 23,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə