Muqobil energiya manbalari



Yüklə 18,32 Kb.
səhifə1/4
tarix23.04.2023
ölçüsü18,32 Kb.
#106689
  1   2   3   4
Tursunov Muhammadjon Fazildin o’g’li


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE
MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI
Muhammad al-Xorazimiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Farg`ona filiali AKT-KT fakulteti 620-22 guruh talabasi
Tursunov Muhammadjon Fazildin o’g’li
Tel :+99890 273 3114.

Annotatsiya. Maqolada so‘nggi yillarda respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida
elektr energiyasini tejashni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishva respublikada
energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha hukumatning asosiy qarorlari, elektr va issiqlik
energiyasini ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy yoqilg‘i tarkibida tabiiy gaz va boshqa
an’anaviy uglevodorod yoqilg‘ilari hosil bo’layotgan muammolarni yechimi sifatida quyosh
stansiyalari va shamol stansiyasilaridan umumli foydalanish kerak ekanligi taxlil qilingan
Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi respublikamizning rivojlanishida muhim o‘rin tutib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yurtimizda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish borasida olib borgan siyosati hozirgi kunga kelib o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda..
Kalit so’zlar: energiya, quyosh,shamol,muqobil,ekologik,quvvat, energiya tejamkorlik
KIRISH
Kelajakda O’zbekiston Respublikasida energetik, ekologik, iqtisodiy xavfsizlikni
ta’minlashda hamda energetika sohasini barqaror rivojlanishi uchun qayta tiklanadigan energiya
manbalaridan foydalanish, shak-shubhasiz zarurdir. Kelgusi avlodlar uchun tabiiy boyliklarni
saqlab qolish va ekologiyani muhofaza qilishning zaruriy sharti qayta tiklanadigan va muqobil
energiya manbalarini o‘zlashtirish hisoblanadi.
So‘nggi yillarda respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida elektr energiyasini tejashni
ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, jumladan qayta0
tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishva respublikada energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha hukumatning asosiy qarorlaridan biri, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Energiya tejovchi texnologiyalar va tizimlarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” to‘g‘risidagi qaror bilan tasdiqlangan
“2017-2019 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi farmoni hisoblanadi.
Maishiy uskunalarini ishlab chiqarishda energiya tejamkor markirovkalarini qo‘yish
standartlari joriy etildi. Ko‘chalar, turar-joy va ijtimoiy binolarni yoritishda energiya tejovchi
lampalar hamda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlari olib borilmoqda va
respublika hududida 40 Vtdan ortiq kuchlanishli lampalarni sotilishi to‘xtatildi. Energetika
sohasida zamonaviy bug‘ va gaz turbina qurilmalarini joriy etish bo‘yicha investitsiya loyihalari
amalga oshirilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, qabul qilinayotgan chora-tadbirlarga qaramay, mamlakat iqtisodiyotining
energiya sarfi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Qayta tiklanadigan energiya manbalarini sanoat ishlab chiqarilishida jalb qilish hisobiga yoqilg‘i energetika balansini diversifikatsiya qilish darajasi jahon tendensiyalariga mos kelmaydi. Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy yoqilg‘i tarkibida tabiiy gaz va boshqa an’anaviy uglevodorod
yoqilg‘ilarining turlari ustunlik qiladi.

Yüklə 18,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə