Muqobil energiya manbalari



Yüklə 18,32 Kb.
səhifə3/4
tarix23.04.2023
ölçüsü18,32 Kb.
#106689
1   2   3   4
Tursunov Muhammadjon Fazildin o’g’li

TADQIQOT NATIJALARI
Matbuot anjumani ishida qator vazirlik, idora, jamoat tashkilotlari vakillari, energetika
sohasidagi faoliyat yuritayotgan olim va mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari
ishtirok etdilar.
Energetika har bir odamning va umuman jamiyatning hayotida muhim o‘rin tutadi. So‘ngi 40
yillarda odamlarning energiyaga bo‘lgan talabi sezilarli darajada oshdi, shu davrda butun insoniyat tarixi davomida qazib olingan organik yoqilhidan ham ko‘proq yoqilhi qazib olindi. Bugungi kunda yiliga tabiiy yoqilhi ishlatish miqdori dunyo bo‘yicha 12 milliard tonna neft ekvivalentiga tog‘ri keladi (taxminan bir kishiga 2 tonna).
Qazib olinayotgan neft, tabiiy gaz, ko‘mir va uran hozirgi vaqtda dunyoda asosiy energiya
manbalari hisoblanadi. Agar ularni shu sur’atlarda ishlatish davom etsa, dunyodagi qazib
olinayotgan neft zahiralari 45-50 yilga, tabiiy gaz zahiralari 70-75 yilga, tosh ko‘mir zahiralari
165-170 yilga, qo‘nhir ko‘mir zahiralari 450-500 yilga yetadi.
Cheklangan uglevodorod energetik resurslarga alternativ tarzda qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanishga o‘tilmoqda. Energetik balansga bir vaqtning o‘zida ekologik toza
bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb qilish atrof- muhitga texnogen
ta’sirlarning kamayishi nuqtai nazaridan ham talab qilinmoqda. Bundan tashqari qayta2
tiklanuvchi energiya manbalari ijtimoiy muammollarni hal qilishda muhim omil hisoblanadi,
jumladan aholi yashash joylarida bandlikni ta’minlaydi.

MUHOKAMA
O‘zbekiston Respublikasining o‘ziga xos iqlim sharoitlarida qayta tiklanuvchi energiya
man’balaridan foydalanishning kelajagi judayam porloq. Ayniqsa, bu quyosh energiyasiga
tegishli. O‘zbekistonning quyosh energiyasi bo‘yicha yalpi salohiyati 50 973 mln. tonna neft
ekvivalentiga teng deb baholanadi, bu esa respublika hududidagi hozirgacha tekshirilgan barcha
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining 99,7 % iga teng.
Respublikada quyoshli vaqt bir yilda shimolda 2000 soatga yetadi va janubiy hududlarda
3000 soatdan oshadi. Sutka davomida quyosh nur sochishi 7-10 soat, yillik jami nurlanish
shimolda 4800 MDj /m2 dan janubda 6500 MDj /m2 gacha o‘zgarib turadi.
Dunyoda foydalaniladigan qayta tiklanuvchi energiya turlaridan biri shamol energiyasidir.
O‘zbekistonda shamol energiyasining yalpi salohiyati 2,2 mln.t.n.e. deb baholangan. O‘zbekiston
hududining geografik holatiga ko‘ra, shamol oqimlari mavsumiy xarakterga ega. Tekisliklarda
shamolning yillik o‘rtacha tezligi 2,0-5,0 m/sek ni tashkil qiladi.
Ko‘p yillik tadqiqotlar O‘zbekiston xududida 8ta gidrotermal resurslar havzalarini aniqlash
imkonini berdi. Geotermal resurslarning yalpi salohiyati 244,2 ming tonna shartli yoqilhi deb
baholangan, texnikaviy salohiyati esa aniqlanmagan. Geotermal suvlarning eng katta salohiyati
Farhona vodiysiga (Namangan viloyati - 42,6 ming tonna shartli yoqilhi) va Buxoro viloyatiga -
81,2 ming tonna shartli yoqilhi to‘hri keladi.
XULOSA
«Eko-energiya» Ilmiy-tadbiqiy Markazi hodimlari qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro loyihalarda ham faol ishtirok
etmoqdalar. Masalan, Markaz xodimlari BMT Taraqqiyot Dasturining «qoraqalpohistondagi
qishloq jamoasi uchun toza energiya» - 1 va 2 fazalari (fotoelektr stansiyasi) loyihasida,
«Ekologiya va Energiya» Mamlakat dasturida (quyosh fotoelektr stansiyalari va quyosh kollektri), «O‘zbekistonda biogaz texnologiyalarini rivojlantirishga ko‘mak berish» va «Milk-Agro» Fermer xo‘jaligida biogaz uskunasi monitoringi» va boshqa loyihlarda bevosita ishtirok etdilar.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
515

Yüklə 18,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə