Muqobil energiya manbalari


TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI



Yüklə 18,32 Kb.
səhifə2/4
tarix23.04.2023
ölçüsü18,32 Kb.
#106689
1   2   3   4
Tursunov Muhammadjon Fazildin o’g’li

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishining beshta ustuvor
yo‘nalishlari bo‘yicha harakat Strategiyasida belgilangan sohadagi ustuvor yo‘nalishlarni amalga
oshirish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, ishlab
chiqarishda energiya sarfini qisqartirish, mahalliy ilmiy-texnik ishlanmalarning amaliyotda tatbiq
etilishini muvofiqlashtirish va ilg‘or xalqaro energiya tejovchi texnologiyalarni tadqiq etish
ishlariamalga oshirilmoqda.
Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi, “O’zbekenergo” AJ va “O’zbekgidroenergo” AJ tomonidan qayta tiklanadigan
energetikani rivojlantirishning maqsadli parametrlarini o‘z ichiga olgan “Qayta tiklanadigan
energetikani yanada rivojlantirish, 2017-2021 yillarda iqtisodiyot va ijtimoiy sohada energiya
samardorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi”; “Qayta tiklanadigan energiya
manbalarini rivojlantirish uchun investitsiya loyihalari ro‘yxati”; “2017-2021 yillarga
mo‘ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.
Ushbu ko‘rsatmalarni bajarish maqsadida “O’zbekenergo” AJ manfaatdor idoralar bilan
birgalikda tadqiqotlar olib bordi va O’zbekiston Respublikasining qayta tiklanadigan energiya
manbalari salohiyatini o‘rganib chiqdi.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Quyosh fizikasi” ilmiy-ishlab chiqarish
birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi bilan “O’zbekistonda quyosh energiyasini
ishlab chiqish va ulardan foydalanish” loyihasiga muvofiq 2012-2013 yillar davomida olib
borilgan tegishli tadqiqotlar natijasida maslahatchilar tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlar
asosida ATB STA-Nixus (Ispaniya) texnik yordamida quyosh elektr stansiyalarini qurishga
tavsiya etilgan 6ta maydon tanlab olindi.


Yüklə 18,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə