1. Biznesning tovar sifatidagi xususiyatlari nimalardan iborat


Korxona aksiyalari va qimmatli qog’ozlarni baholash qanday holatlarda o’tkaziladi?



Yüklə 23,37 Kb.
səhifə3/3
tarix25.03.2023
ölçüsü23,37 Kb.
#103196
1   2   3
shaxa baholash ishi

4.Korxona aksiyalari va qimmatli qog’ozlarni baholash qanday holatlarda o’tkaziladi?
Qimmatli qog‘ozda aks ettirilgan barcha aktivlar va majburiyatlarning qiymatini aniqlash qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholashning asosiy xususiyati hisoblanadi. Uning istiqbolliligini va qo‘yilmalar foydaliligini prognozlash uchun emitent tashkilotlar moliyaviy qo‘yilmalarini tahlil qilish zarur. Bu uning qarzlari va biznesda ishtirok shakli asosida qarz qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymatini o‘rnatishga imkon beradi. Qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymatini baholashga xos xususiyatlar shundan iboratki, ular fond bozorida muomala qilgan holda mohiyatan kapital mavjudligining maxsus turi sanaladi. Ammo bozorda ham muomala sodir bo‘ladi, demak, qimmatli qog‘ozlar tovar ham hisoblanadi. Bunda QQ moddiy ko‘rinishdagi tovar emasligini anglash zarur, shuning uchun qimmatli qog‘ozlar narxini unga egalik qilishda aksiyadorga o‘tadigan huquqlarga yo‘naltirilgan holda o‘rnatish talab qilinadi. Masalan, aksiyalar egasi uchun – bu korxonalar faoliyatidan qandaydir dividendlar olish imkoniyati, kompaniyalarni qayta tashkil etishda mulk ulushini olish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ishtirok etish imkoniyati va hokazo, veksel egasi uchun esa – bu daromadni qoplash, o‘tkazish yoki uni olishdir. Boshqacha aytganda, qimmatli qog‘ozlarni baholash – bu aksiyadorlarning barcha huquqlari birikmasini aniq va to‘liq tahlil qilish va muayyan vaqtda (qimmatli qog‘ozlar baholanishini o‘tkazish sanasiga) ushbu huquqlar uchun bozor narxini belgilashdir. Qimmatli qog‘ozlar ularning egasiga turli huquqlarni ta’minlaydi, bu O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik va qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadi («Aksionerlik jamiyati to‘g‘risida»gi, «Birja faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlar va boshqalar). Qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholashda uning turi, emitent, birja kotirovkasi mavjudligi yoki mavjud emasligi, moliya bozori va birjadan tashqari aylanmada qimmatli qog‘ozlar qatnashishi muhim ahamiyat kasb etadi. Agar baholash uchun taqdim etilgan qimmatli qog‘ozlar ochiq bozorda joylashtirilgan bo‘lsa, u holda ularning qiymatini baholash qiyosiy yondashuv va huquqlar qiymatini o‘rnatish bo‘yicha ayrim metodikalar yordamida aniqlanishi mumkin. Agar qimmatli qog‘ozlar birja kotirovkasiga ega bo‘lmasa hamda u haqda axborot etarlicha bo‘lmay, kam ma’lumotli bo‘lsa, u holda uning qiymatini baholashda moliya bozori kon’yunkturasi tahlili, kompaniya daromadliligi va emitentning ishonchliligi haqida ma’lumotlar, uning moliyaviy holati barqarorligi asosida shakllantirilgan hisoblash metodlaridan foydalaniladi.
5. Korxona (biznes) qiymatini baholashga ta’sir etuvchi asosiy omillar qanaqa?

Yüklə 23,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə