1-Bob Kinematika haqida ma’lumot va asoslari 1



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə3/8
tarix24.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#158059
1   2   3   4   5   6   7   8
1-Bob Kinematika haqida ma’lumot va asoslari 1

Ilgarilanma harakat — qattiq jismning eng sodda harakati; bunda jism sirtidan oʻtkazilgan istalgan toʻgʻri chiziq (mas, AV toʻgʻri chiziq, rasm) shu jismning harakati vaqtida oʻziga oʻzi parallel harakatlanadi. Boshqacha aytganda Ilgarilanma harakat — qattiq jismning qamma nuqtalari bir xil trayektoriya chizib harakatlanishi. Ilgarilanma harakat qilayotgan qattiq jismning hamma nuqtalari oʻzaro parallel trayektoriyalar chizadi, har bir nuqtasi tezlik va tezlanish, yoʻnalish va miqsor jihatdan har doim bir-day boʻladi. Shuning uchun Ilgarilanma harakat qilayotgan qattiq jismdagi hamma nuqtalarning harakatini tekshirib oʻtirmasdan biror nuqtasining harakatini tekshirish kifoya. Demak, qattiq jismning Ilgarilanma harakat kinematikasi nuqta kinemati-kasidan farq qilmaydi (q. Kinematika).
Yoʻlning toʻgʻri chizikli qismidagi harakat, mas, teplovoz shatuni, gʻildirak oʻqlari, porshenlar va b. harakati Ilgarilanma harakat dir. Mas, mexanizmning AV va CD krivoshiplari aylanganda VS sterjen Ilgarilanma harakat qiladi.
Moddiy nuqta - kuzatilayotgan sharoitda kattaligi va shakli ahamiyatsiz boʻlgan harakati oʻrganilayotgan jism. Muayyan jismni Moddiy nuqta deb qabul qilish mumkin yoki mumkin emasligi jismning oʻlchamlariga emas, balki masalaning shartlariga bogʻliq. Mac, oʻrtacha radiusi 6371 km boʻlgan Yer shari Quyosh atrofidagi orbitasida har sekundda 29,75 km dan yoʻl bosib, bir yil davomida bir marta aylanib chiqadi. Bunday sharoitda Yer sharining kattaligi, shakli va uning ichida sodir boʻlayotgan murakkab jarayonlar uning orbita boʻylab harakati oʻrganilayotganda ahamiyatsiz boʻladi. Demak, Yerning Quyosh atrofidagi orbita boʻylab harakati oʻrganilayotganda uni Moddiy nuqta deb qabul qilish mumkin. Ammo Yer sirtidagi biror transport vositasining harakati oʻrganilayotgan boʻlsa, bunday sharoitda Yer sharining kattaligi va shakli, albatta, eʼtiborga olinishi shart, yaʼni bu sharoitda Yerni Moddiy nuqta deb kabul qilish mumkin emas. Moddiy nuqta tushunchasi fizika faniga oid juda koʻp hodisalarni tushuntirishda va masalalarni hal etishda katta yordam beradi.


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə