1. Bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni tashkil etish



Yüklə 62,15 Kb.
səhifə1/11
tarix13.03.2023
ölçüsü62,15 Kb.
#102375
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
maktabgacha talim xxxdock (2)


Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………….3
Asosiy qisim.
1 .Bob.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni tashkil etish.............................................................................................................5
1.1Ta’lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish.......................6
1.2.Kunning birinchi va ikkinchi yarmida bolalar hayotini tashkil etish...9
1.3.Tayyorlov guruhi……………………………………………………11
2.Bob.Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari………………………………………………………………….12
2.1.Maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida nizom………………….16
2.2.Maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari……………………..17
3.Bob.Uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari.20
3.1. Kadrlar tayyorlash milliy modelni.....................................................21
Xulosa.......................................................................................................27
Foydalanilgan adabiyotlar.........................................................................29


KIRISH
Maktabgacha ta’lim boshlang’ich ta’limning birlamchi bo’g’ini sifatida davlatimiz e’tirofidagi asosiy masala bo’lib kemoqda. Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoevning “Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining qoidasi bo`lishi kerak” deb nomlangan ma`ruzasida maktabgacha ta`lim sohasida bolalarni qamrab olish atigi 27 foizni tashkil etishi va bu sohadagi ishlar e`tibordan chetda qoganligi ta`kidlab o’tildi. Ana shu vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda bolalarni maktab ta`limiga sifatli tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida katta ishlar amaga oshirilmoqda. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoevning “2017-2021-yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to`g`risidagi qarori ushbu fikrlarning isbotidir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi kunda bog’chada, akademik litsey va kasb-hunar kolleji hamda oliy o’quv yurtlarida shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor me’yorlari va qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini, kasb-hunar malaka va ko’nikmalarini har tomonlama puxta egallab borishini talab qiladi. Buning uchun o’sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni tiklash jahon madaniyati, milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog’lom ma’naviy etuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo’yildi. Davlat ahamiyatiga molik bunday vazifani amalga oshirishda umumta’lim maktablari bilan bir qatorda xalq ta’limining boshlang„ich bo’limi bo„lgan bolalar bog’chalari muhim rol o’ynaydi. Buning uchun har bir tarbiyachi o’zini talab va nazorat qila bilishi davlatimiz maktabgacha tarbiya tashkilotlari oldiga qo’ygan talablarni amalga oshirishning garovidir. Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi.
Tarbiyachining siyosiy etukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o’z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o’z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o’rtoqlarini o’sishiga yordam beradi. Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo’lishi, o’zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo’lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Uzluksiz ta’lim jarayonida maktabgacha ta`lim tarbiyachisining pedagogik mahorati masalasi keng o’rganilgan sohalardan biri bo’lib, o’ziga xos pedagogik tizimning ishlab chiqilganligi bilan tavsiflanadi. K.Hoshimov, R.M. Qodirova, F.R. Qodirova, N.SH. Nurmuxammedova, M.Ochilov, S.Temirova, O.Musurmonova, S.Nishonova, U.Mahkamov, M.Inomova, M.Quronov, S.Ochilov, N.Ortiqov, Q.Qurbonboev, J.Toshmatova, Sh.Olimov kabi olimlar ish olib borganlar. Taniqli pedagog, bolalarni ona tiliga o'rgatish uslub va uslubiyotlarini ishlab chiqqan uslubiyotchi, maktabgacha tarbiya bo'yicha mashhur mutaxassis, professor Y.l.Tixeyeva tarbiyachi nutqiga yuksak baho berib, shunday degan edi: bolalar beixtiyor taqlid qiladigan namuna tarbiyachi (bog'bon)ning tilidir, tarbiyachining tili bolalar tiliga g'oyat samarali va nihoyatda kuchli ta’sir ko'rsatadigan hamma narsalarni o'zida birlashtiradigan bo'lishi kerak. Bog'bonning tili bekam-u ko'st, adabiy talaffuzning har qanday nuqsonlaridan xoli bo'lishi lozim". Tarbiyachi maktabgacha ta‟lim tashkilotida asosiy shaxs hisoblanadi. Butun g'oyaviy-tarbiyaviy ishlarning sifati va qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalanganlik va bilish darajasi tarbiyachining g'oyaviy-siyosiy va ilmiypedagogik tayyorgarligiga, javobgarlik hissiga, pedagogik mahoratiga va ishga bo'lgan ijodiy munosabatiga bog'liq. Bolaning o’quv faoliyatiga bo’lgan munosabati ko’proq uning tarbiyachi shaxsiga munosabati bilan belgilanadi. Tarbiyachining o’ziga xos xususiyati – uning yuksak kasb mahoratidir. Eng muhimi bolaning ruhiyatini, yosh va o’ziga xos ruhiyfiziologik xususiyatlarini bilishdir. Bolalar bog’chasi dasturi bolalarning yoshini, jismoniy va ruhiy xususiyatlarini hisobga olib tuzilgani bilan har bir boladagi alohida ruhiy xususiyatning qay vaqtda va qanday namoyon bo’lishini oldindan ko’ra olmaydi, bu ish dasturda yaxshi tayyorlangan tarbiyachining zimmasiga yuklanadi. Tarbiyachi o’z guruhidagi har bir bolaning jismoniy tomondan yaxshi rivojlanishi, uning oliy nerv faoliyati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tomondan normal tarbiyalanishi uchun yaxshi shartsharoit yaratadi. Tarbiyachi har bir boladagi o’ziga xos xususiyatlarni yaxshi bilgan holda undagi o’ziga xos xususiyatlarni (zararli bo’lsa) yo’qota borib, bolaga nisbatan qulay talab qo’yadi. Tarbiyachi har bir bolaning kelajakda haqiqiy inson bo’lishiga yordam beradigan sifatlarini va imkoniyatini rivojlantirishi lozim. Maktabgacha tarbiya yoshi davrida tarbiyachining bolaga shaxsiy ta’siri juda katta bo’ladi. CHunki bu davrdagi har bir ta’surot bolaning xotirasida bir umrga saqlanib qoladi. Bolani tushuna bilish va uning ma’naviy dunyosiga kira olish tarbiyachidan zo’r kasb tayyorgarligini talab etadi.
Tarbiyachi bolalarga ta’lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy, gigienik, xulq madaniyati, nutqi, sanoq-hisob, harakatlari kabi turli-tuman malaka va ko’nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta'lim berishda bosh rolni mashg'ulot egallaydi. Mashg'ulotlar bolalar bog’chasida ta’limni tashkil etish shaklidir. U maktabgacha tarbiya yoshidagi hamda bolalar uchun majburiydir, unda dastur mazmuni belgilab berilgan. Kun tartibida unga ma’lum o’rin va vaqt ajratilgan. Mashg’ulot tarbiyachi rahbarligida o’tkaziladi, tarbiyachi mashg’ulotlarda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan bilimlarini esa aniqlab mustahkamlaydi. Bolalarning amaliy mashg’ulotlarini tashkil etadi. O’quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Demak, mashg’ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg’ulot bolalarda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi.

Yüklə 62,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə