1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Boshqarmaning vazifalari va funktsiyalari



Yüklə 17,63 Kb.
səhifə2/5
tarix17.04.2023
ölçüsü17,63 Kb.
#105909
1   2   3   4   5
MTT nizomi

2-bob. Boshqarmaning vazifalari va funktsiyalari 

9. Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:


- vakolatidan kelib chiqib, Navoiy viloyati hududida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
- maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish orqali ular orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, maktabgacha ta’lim-tarbiyaning muqobil shakllarini tashkil etish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalariga bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta’minlash;
- ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- maktabgacha ta’lim muassasalarida zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish;
- maktabgacha ta’lim muassasalari pedagog va tarbiyalanuvchilarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash;
- boshqarma tizimi faoliyatiga oid gazeta va jurnallar chiqarilishini, tegishli ruxsatnomalar, blankalar, sohaga tegishli o‘quv-metodik majmualar, byulleten va o‘quv qo‘llanmalar chop etilishini hamda veb-sayt yuritilishini Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda tashkil etish;
- maktabgacha ta’lim muassasalarini kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan tajribali, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni hisobga olgan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan malakali kadrlar bilan ta’minlash;
- pedagog xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini samarali tashkil etish, bunda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, ilg‘or xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan foydalanish;
- maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ratsional va belgilangan me’yorlar asosida sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratish;
- maktabgacha ta’lim muassasalarida ko‘ngilochar va bilim beruvchi mashg‘ulotlar elementlari bo‘lgan, hajmlari va intensivligi asosiy tibbiy taqdimnomalar bilan belgilanuvchi serharakat o‘yinlar va mashqlar uyushtirilishini tashkillashtirish;
- hududiy sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
- maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyati samaradorligini oshirish;
- mazmun va sifat jihatidan zamonaviy talablarga javob beradigan, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda, o‘quv
- va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodlari yaratilishi va nashr etilishini tashkil etish;
- maktabgacha ta’lim muassasalarida davlat talablarining bajarilishi ustidan tizimli ravishda monitoring yuritish.
10. Boshqarma o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
- maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, tuman, shahar maktabgacha ta’lim bo‘limlari, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga metodik rahbarlik qilish orqali har jihatdan samarali zamonaviy boshqaruvni tashkil etish;
- boshqarma tizimiga kiruvchi hududdagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarini kelgusida rejalashtiriladigan ishlarini prognozlashtirish, ular bilan birgalikda sohani rivojlantirishning mahalliy kompleks dasturlarini ishlab chiqish;
- boshqarma tizimidagi tuman, shahar maktabgacha ta’lim bo‘limlari hamda maktabgacha ta’lim muassasalariga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobi
- va hisoboti yuritilishini hamda mol-mulk saqlanishini, hisobga olinishini
- va hisobdan chiqarilishini ta’minlash, yetkazilgan moddiy zararni undirish choralarini ko‘rish;
- boshqarma tizimiga kiruvchi tashkilotlarning buxgalteriya hisobotlarini, balanslarini ko‘rib chiqish, umumlashtirish, yig‘ma balanslar tuzish va ularni tegishli organlarga taqdim etish;
- maktabgacha ta’lim muassasalari bino va inshootlaridan foydalanishni muvofiqlashtirish va monitoring qilish;
- boshqarma maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, ularni ro‘yobga chiqarish mexanizmlari bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligiga kiritish;
- maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyalanuvchilarning bilimi va ma’naviy-axloqiy darajasini yanada yuksaltirish maqsadida ushbu yo‘nalishda jamoatchilik va ota-onalar fikrini o‘rganishni tashkil qilish;
- maktabgacha ta’limning afzalliklari va muhimligini jamoatchilikka xususan keng aholi qatlamiga yetkazishda targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;
- fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi hamda hal etilishini ta’minlash;
- tuman, shahar maktabgacha ta’lim bo‘limlari, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini ahvolini qiyosiy tahlil qilish, ularni rivojlantirish tendentsiyalarini belgilash;
- maktabgacha ta’lim tizimiga oid ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyotga tatbiq etish, ijrosi yuzasidan idoraviy nazoratni amalga oshirish;
- boshqarma tizimiga kiruvchi maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari hamda pedagoglarga qo‘yilgan malaka talablarining bajarilishini nazorat qilish;
- maktabgacha yoshdan boshlab bolalar ongiga milliy madaniy-tarixiy qadriyatlar, an’analar va urf-odatlarni singdirishda ma’naviy-ahloqiy ishlarni olib borilishini muvofiqlashtirish;
- maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning intellektual, huquqiy, estetik, ekologik, jismoniy tomondan ta’lim-tarbiyasini rivojlantirish bo‘yicha ular o‘rtasida ijodiy ishlar, ko‘rgazmalar, ko‘rik-tanlov va musobaqalar tashkil etish;
- bolalarning qiziqish va intilishini hisobga olgan holda iqtidorli tarbiyalanuvchilarni aniqlash va ularning iqtidorini rivojlantirish bo‘yicha psixologik-pedagogik va tashkiliy shart-sharoitlar yaratilishini nazorat qilish;
- maktabgacha ta’lim muassasalari bino va inshootlarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish, ularning joriy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, investitsiya dasturi doirasida maktabgacha ta’lim muassasalari ob'yektlarida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ustidan monitoring olib borish;
- maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash (qayta jihozlash) bo‘yicha har yilgi dasturlar ishlab chiqilishida qayta jihozlanayotgan ta’lim muassasalarining jihozlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va o‘rnatilgan tartibda takliflar kiritish;
- boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajarishi mumkin. 


Yüklə 17,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə