1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Boshqarma faoliyatini tashkil etish



Yüklə 17,63 Kb.
səhifə4/5
tarix17.04.2023
ölçüsü17,63 Kb.
#105909
1   2   3   4   5
MTT nizomi

4-bob. Boshqarma faoliyatini tashkil etish

13. Boshqarmaga Navoiy viloyat hokimining tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshqarma boshlig‘i rahbarlik qiladi. Boshqarma boshlig‘i tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari faoliyat ko‘rsatadi.


14. Boshqarma boshlig‘i:
- boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda boshqarmaga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi;
- Navoiy viloyati hududi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, maktabgacha ta’limni har tomonlama rivojlantirish hamda boshqarmaga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishini nazorat qiladi;
- boshqarma mas’ul shaxslarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, boshqarma tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalar ishlari uchun javobgarlik darajasini belgilaydi;
- boshqarma mas’ul shaxslarining vakolatlarini, boshqarma tasarrufidagi ta’lim muassasalari faoliyatlari yo‘nalishlari bo‘yicha javobgarlik darajasini belgilaydi;
- qabul qilingan qarorlar, buyruqlari ijrosi ta’minlanishi ustidan umumiy nazoratni amalga oshiradi;
- o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi, ularning ijro etilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
- boshqarma vakolatidagi kadrlar va boshqa muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
- boshqarma tasarrufidagi ta’lim muassasalari xodimlarini belgilangan kadrlar nomenklaturasiga muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
- boshqarma boshlig‘i o‘z vakolati doirasida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.


Yüklə 17,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə