1. Davlat va huquq nazariyasining ijtimoiy tizimdagi o’rni va ahamiyati



Yüklə 18,27 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü18,27 Kb.
#151046
  1   2   3
Mamlakatimizda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda davlat va huquq hodisalarini o


DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANINING SIYOSATSHUNOSLIK, SOTSIOLOGIYA, IQTISODIYOT NAZARIYASI, TARIX, FALSAFA VA BOSHQA GUMANITAR FANLAR BILAN ALOQASI
Reja:

1.Davlat va huquq nazariyasining ijtimoiy tizimdagi o’rni va ahamiyati.


2.Sotsiologiya va davlat va huquq nazariyasi.
3.Falsafa va davlat va huquq nazariyasi.
4.Siyosatshunoslik hamda davlat va huquq nazariyasi.

Mamlakatimizda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda davlat va huquq hodisalarini o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Binobarin, bugungi globallashuv sharoitida ijtimoiy munosabatlarning shiddatli rivoji va mamlakatimizda ro‘y berayotgan yangilanish jarayonlari, o‘z navbatida, bizni davlat va huquq hodisalariga oid ko‘pgina tushuncha va atamalarni zamonaviy voqeliklar asosida qayta idrok etish hamda baholashga yo‘naltirmoqda. Ayni paytda ushbu holat davlat va huquq nazariyasi fani oldiga qator muayyan vazifalarni qo‘yadi. Bunda davlat-huquqiy borliqning ilmiy in’ikosi sifatida davlat va huquq nazariyasi fani bevosita o‘zida zamonaviy davlat-huquqiy hodisalarning ob’ektiv holatini, mohiyatini, ularning jamiyat rivojidagi, jumladan, qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlash, jamiyatning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishdagi rolini aks ettirishi lozim.


Davlat va huquq nazariyasi fanini har tomonlama va mufassal tavsiflashda uning boshqa fanlar bilan aloqadorligini ochish muhim ahamiyatga ega. Bu fan barcha ijtimoiy va yuridik fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Davlat va huquq masalalarini faqat yuridik fanlar o‘rganibgina qolmasdan, balki boshqa ijtimoiy fanlar ham o‘rganadi. Chunki insonlarning serqirra faoliyati turli-tuman bo‘lib, ular huquq vositasida tartibga solinadi, davlat – siyosiy munosabatlarning obyekti sifatida maydonga chiqadi. Davlat va huquq hamisha ijtimoiy hayotning muhim masalasidir. Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq hodisalarini tadqiq va tahlil qilishda boshqa fanlar bilan hamkorlik qiladi, ularning yutuqlaridan, ilmiy xulosa va tavsiyalaridan foydalanadi. Davlat va huquq nazariyasi boshqa ijtimoiy fanlar: falsafa, iqtisod, sotsiologiya, siyosatshunoslik, tarix kabi fanlar bilan mustahkam aloqada.

Yüklə 18,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə