|
1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalarDavlat boshqaruvi tizimini isloh qilish
|
səhifə | 13/39 | tarix | 29.11.2023 | ölçüsü | 1,1 Mb. | | #140597 |
| PF-4947 07.02.20171.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish
10.
|
O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar Konsepsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihalarini ishlab chiqish.
|
2017-yil III chorak
|
Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi, Bosh prokuratura,
AQHMI, DBA, SMTI, FJShMQMI
|
-
|
-
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.
B�nda davlat boshqaruvi organlarining faoliyati samaradorligini oshirish va tuzilmasini takomillashtirish, davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, takrorlanuvchi funksiyalarni bajaradigan davlat organlari, turli komissiyalarni bekor qilish yoki bir-biriga qo‘shish orqali davlat boshqaruvi va xizmatini tubdan isloh etish nazarda tutiladi.
|
11.
|
Yangi tahrirdagi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017-yil III chorak
|
Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
AQHMI, DBA, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
-
|
-
|
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada:
mahalliy davlat hokimiyati organlarining tuzilmasini takomillashtirish va qonunlar ijrosini ta’minlash borasidagi vakolatlarini aniqlashtirish;
viloyat, tuman, shahar hokimlarining va boshqa mansabdor shaxslarning o‘z faoliyati yuzasidan tegishli hududdagi aholi oldida hisobot berish va hisobotga oid ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tartibini joriy etish;
xalq deputatlari Kengashlari tomonidan mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish shakllari va mexanizmlarini aniqlashtirish;
xalq deputatlari Kengashlarining faoliyatini tashkiliy va texnik jihatdan ta’minlaydigan ijrochi kotiblar lavozimini ta’sis etish.
|
12.
|
Davlat mulkidan samarali foydalanishda boshqaruvning eng zamonaviy turlarini joriy etishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017-yil III chorak
|
Davlat raqobat qo‘mitasi,
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi
|
|
Dostları ilə paylaş: |
|
|