1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə14/39
tarix29.11.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#140597
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
PF-4947 07.02.2017

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada:
davlat mulkidan samarali foydalanishda boshqaruvning eng zamonaviy turlarini joriy etish;
davlat unitar korxonalarini boshqarishga biznes boshqaruv usullarining eng ilg‘or shakllarini (benchmarking) joriy etish;
ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarda korporativ boshqaruvning ilg‘or usullarini joriy etish nazarda tutiladi.
Bunda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasining eng ilg‘or usullarini qo‘llagan holda davlat mulkidan foydalanish samaradorligi keskin oshiriladi.

13.

Davlat va xususiy sheriklik (hamkorlik) shakllarini kengaytirishga qaratilgan “Davlat va xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III ch�rak

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,
Mehnat vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy xo‘jalik sudi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada davlat va xususiy sheriklik tushunchasi, vazifalari va asos�y yo‘nalishlari, ishtirokchilari doirasi, ularning huquq va majburiyatlari, bu boradagi loyihalar amalga oshiriladigan ustuvor sohalar tartibga solinadi.

14.

Davlat boshqaruvi asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, DBA, vazirlik va idoralar

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada davlat boshqaruvi asoslari, davlat boshqaruvi organlari turlari (vazirlik, davlat qo‘mitasi, agentlik, inspeksiya, markaz), ularning vazifa va vakolatlarini belgilash mezonlari tartibga solinadi.

15.

Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”�i O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil II chorak

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, DSQ, DBQ, vazirlik va idoralar

-

-

Loyihada davlat organlarining o‘z vakolatlari doirasida fuqarolarning talabiga ko‘ra, muayyan yuridik faktni belgilash, o‘zgartirish, to‘xtatish, saqlash, o‘tkazish yoki tugatish bilan bog‘liq faoliyat tartibga solinadi.

16.

Davlat xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Vazirlar Mahkamasi, AQHMI, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

-

-

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada davlat xizmati tizimini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishining asosiy tamoyillari, davlat xizmatining kadrlar tarkibini shakllantirish, davlat xizmatiga ishga o‘tish, xizmatni o‘tash va xizmatdan ketish masalalari, bu boradagi kafolatlar tartibga solinadi.

17.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga davlat organlari va tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash va mehnatni normalashni tartibga soluvchi o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Mehnat vazirligi,
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

-

-

O‘zbekiston Respubli�asi qonuni loyihasi.
Loyihada davlat xizmatini moliyalashtirish, davlat xizmatchilarini moddiy rag‘batlantirish, mehnatiga haq to‘lash va ijtimoiy ta’minlash tartibini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish nazarda tutiladi.

18.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash, inson huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, yuridik shaxslarga aloqador axborotni taqdim etishning zamonaviy shakllarini amalga kiritish.

2017-yil IV chorak

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Axborot texnologiyalari vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

“Davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonun normalarini tanqidiy o‘rganish va ularni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.
Shu jumladan:
rasmiy idoraviy veb-saytlarga davlat xizmatlari ko‘rsatishni, ma’muriy tartib-taomillarini qo‘llashga oid masalalar yuzasidan barcha qaror va hujjatlarni joylashtirish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining muhim masalalarini muhokama qilishga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish.

19.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining faoliyati samaradorligini oshirish.

2017-yil IV chorak

Matbuot va axborot agentligi, EOAVMA, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlar dasturi. Dastur:
Axborot xizmatlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari faoliyatining muhim jihatlari bo‘yicha tizimli asosda matbuot-anjumanlari, “brifinglar” tashkil etib borish;
Axborot xizmatlari xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil etishga qaratilgan.

20.

Respublika iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirish.

2017-yil II chorak

Davlat raqobat qo‘mitasi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Adliya vazirligi

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyiha:
iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishda davlat ishtirokini cheklab borish:
davlat unitar korxonalarining sonini qisqartirish va davlat xizmatlarining ayrim turlarini amalga oshirishda xususiy sektorni jalb etish;
boshqaruvning bilvosita usullarini keng qo‘llashga oid mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishni nazarda tutadi.

21.

Davlat boshqaruvida ruxsat beruvchi tartibotlar va qoidalarni maqbullashtirish.

2017-yil II chorak

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Davlat raqobat qo‘mitasi,
Savdo-sanoat palatasi, O‘zstandart agentligi, vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
Loyiha davlat boshqaruvida ruxsat berish normalarini qayta ko‘rib chiqish va qisqartirish, litsenziyalashning ayrim turlarini ruxsatnomalarga, mahsulotlarni sertifikatlashni — ularning muvofiqligini deklaratsiya qilish turiga o‘tkazishni nazarda tutadi.

22.

Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy hokimiyat organlarining faoliyati shaffofligini ta’minlash.

Yil davomida

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman va shahar hokimliklari

-

-

Chora-tadbirlar dasturi.
Dastur vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda hokimlarning tegishli ishlar yoki hisobot davrlari yakunlari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari, rasmiy idoraviy internet saytlari yoki videokonferensaloqa tizimi orqali hisobot berishni tashkil etishni nazarda tutadi.

23.

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash.

Har chorak yakuni bo‘yicha

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ijtimoiy tadqiqotlar instituti, DBA, SMTI, FJShMQMI, “Ijtimoiy fikr” markazi

100,0

Ijrochilarning mablag‘lari

Chora-tadbirlar dasturi. Dastur:
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tizimini ishlab chiqish, aholi o‘rtasida sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish;
sotsiologik so‘rovlar orqali aholining vazirlik, idoralar va mahalliy hokimiyat organlarining faoliyati natijalariga, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifatiga baho berish tizimini joriy etish;
ishchi indikatorlar tizimi va sotsiologik so‘rovlar orqali davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholashni nazarda tutadi.

24.

Davlat xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta’minotini tubdan takomillashtirish.

2017-yil, III chorak

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, vazirlik va idoralar

187 400,0

Davlat budjeti mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada:
davlat hokimiyati va boshqaruvi orga�lari xodimlariga ish haqi to‘lashning yagona tarif setkasini takomillashtirish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari faoliyati samaradorligi natijasidan kelib chiqib, rag‘batlantirish choralarini ko‘rish;
davlat idoralarida ko‘p yillik xizmat qilgani uchun oylik ish haqiga ustamalar to‘lash tizimini qayta ko‘rib chiqish;
davlat xizmatchilari uchun davlat uy-joy fondini shakllantirish;
idoraviy uy-joylar qurish dasturini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

25.

Davlat xizmatiga zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor, mas’uliyatli, kasbiy tayyorlangan kadrlarni jalb etish.

2017-yil III chorak

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, DBA, TIV, OvaO‘MTV, Fan va texnologiyalar agentligi,
Fanlar akademiyasi,
vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
Loyiha quyidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlashni nazarda tutadi:
kadrlar xizmati to‘g‘risida;
vakant lavozimlarni to‘ldirish tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida;
kadrlar zaxirasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida;
kadrlar rotatsiyasi to‘g‘risida;
kadrlar malakasini va kasbiy mahoratini oshirish to‘g‘risida.

26.

Davlat boshqaruvi va ijroiya organlarida kadrlar hisobini yurituvchi tizimni takomillashtirish.

2017-yil IV chorak

Axborot texnologiyalari vazirligi,
Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, vazirlik va idoralar

-

-

Yagona idoralararo “Kadrlar” zamonaviy axborot tizimini yaratish va joriy etish.
Ushbu axborot tizimida:
davlat boshqaruvi va mahalliy ijroiya organlaridagi kadrlarning kasbiy tavsiyanomasi, malaka oshirganligi va stajirovkadan o‘�ganligi;
kadrlar tarkibining hisobi yuritiladi, kadrlar zaxirasi to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlar qamrab olinadi.

27.

Viloyat, tuman va shaharlar hokimlarini lavozimga tayinlash tartibini takomillashtirish.

2017-yil IV chorak

Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

“Viloyat, tuman va shaharlar hokimlarini saylash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasining konsepsiyasi.
Hududlar rahbarlarini lavozimga qo‘yishda oshkoralik, samaradorlik, xolislik va haqqoniylik ta’minlanadi, mahalliy hokimiyat organlarining aholi oldida mas’uliyati va hisobdorligi oshadi.

28.

Yuqori malakali kadrlarni chet elga ketib qolishining oldini olish, ularni davlat xizmatiga, iqtisodi�t tarmoqlariga keng jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, TIV, OvaO‘MTV, Fan va texnologiyalar agentligi, DBA, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyihada:
mutaxassislarning kasbiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishdagi to‘siqlarni bartaraf etish, ularning mansab pillapoyalarida o‘sishi uchun sharoitlar yaratish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash;
rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarini tugatgan milliy kadrlarni ishga joylashtirish va ularning salohiyatidan samarali foydalanish;
xorijiy o‘quv yurtlari tomonidan berilgan diplomlarni nostrifikatsiya qilish tartibini soddalashtirish;
iqtidorli yoshlarni ilm-fanga jalb etish, yosh olimlar tomonidan o‘tkaziladigan istiqbolli tadqiqotlarni moliyalashtirish, ularning natijalaridan keng foydalanish masalalari nazarda tutiladi.

29.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi faoliyatini takomillashtirish.

2017-yil I chorak

OvaO‘MTV, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, TIV, DTM, DBA, vazirlik va idoralar

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.
Loyiha tinglovchilar davlat boshqaruvini tashkil etish, boshqaruvning huquqiy asoslari va zamonaviy usullari, bozor iqtisodiyoti, psixologiya, axborot-kommunikatsiya va “Elektron hukumat” sohalarida mustahkam bilimlarni egallashlari, shuningdek, tahliliy fikrlash va strategik rejalashtirish, turli masalalarning maqbul yechimini topish, tashabbuskorlik va yetakchilik ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarini ta’minlashga qaratilgan.

30.

40 ta turdagi faoliyat bo‘yicha litsenziya olish uchun onlayn ariza yuborish, arizani ko‘rib chiqish holatini kuzatib borish, litsenziyalovchi organ va ekspert komissiyalari ishini avtomatlashtirish, litsenziyalar reyestridan onlayn foydalanish imkoniyatlarini beruvchi Elektron litsenziyalash portalini yaratish va ishga tushirish.

2017-yil aprel

Axborot texnologiyalari vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

80,0

AKTni rivojlan-tirish jamg‘armasi

“Litsenziya” axborot tizimlari kompleksini barcha litsenziyalovchi organlarda joriy qilish jarayonlarini avtomatlashtirish yo‘li bilan litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmatlari tartibotlari takomillashtiriladi.

31.

“Yagona darcha” markazlarida murojaat mualliflari bilan o‘zaro munosabatni boshqarish axborot tizimi va davlat boji hamda davlat xizmatlari uchun to‘langan yig‘imlar qiymati hisobini yuritish bo‘yicha billing tizimini yaratish.

2017-yil aprel

Axborot texnologiyalari vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi,
vazirlik va idoralar

1 296,0

Jalb qilingan mablag‘lar

“Yagona darcha” markazlari faoliyatini avtomatlashtirish axborot tizimi joriy qilinadi.
“Yagona darcha” markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari tartibotlari takomillashtiriladi.

32.

Import-eksport operatsiyalari bo‘yicha beriladigan sertifikat va ruxsatnoma hujjatlarini unifikatsiyalashtirilgan bojxona axborot tizimi orqali taqdim etishni yo‘lga qo‘yish.

2017-yil may

Davlat bojxona qo‘mitasi,
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,
O‘zbekekspertiza, O‘zstandart

5,5 mln. doll.

KOICA xalqaro hamkorlik agentligi granti

Idoralararo elektron hamkorlikni ta’minlagan holda, bojxona faoliyatiga taalluqli bo‘lgan ruxsatnoma hujjatlarini axborot tizimi orqali masofadan turib olish imkoniyati yaratiladi.

33.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilarga yanada qulay tashkiliy, texnologik va iqtisodiy sharoitlar yaratish maqsadida Innovatsiya markazini tashkil etish.

2017-yil II chorak

Axborot texnologiyalari vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
DSQ, DBQ,
Fan va texnologiyalar agentligi,
Markaziy bank, Toshkent shahar hokimligi

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.
Loyiha AKT va dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilarga yanada qulay tashkiliy, texnologik va iqtisodiy sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent shahrida xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, “erkin iqtisodiy hudud” maqomiga ega bo‘lgan, ya’ni barcha soliq
va majburiy to‘lovlardan ozod etilgan hamda maxsus valyuta va bojxona tartibi asosida ish yuritadigan innovatsiya markazini tashkil etishni nazarda tutadi.
AKT yo‘nalishidagi mahalliy kompaniyalar sonining oshishiga, raqobatdosh mahsulotlar yaratilishiga hamda yalpi ichki mahsulotdagi AKT ulushining oshishiga erishiladi.

34.

“Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil II chorak

Axborot texnologiyalari vazirligi,
vazirlik va idoralar

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.
Loyiha fuqaroning va tadbirkorning shaxsiy kabinetini yaratish orqali personallashtirilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatishni hisobga olgan holda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini takomillashtirish hamda davlat organlari axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining Yagona portal bilan muntazam integratsiyalashgan holda o‘zaro munosabatini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilashni nazarda tutadi.

35.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 — 2021-yillarda “Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Axborot texnologiyalari vazirligi,
Adliya vazirligi,
vazirlik va idoralar

-

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada:
2021-yilgacha elektron shaklga o‘tkaziladigan asosiy davlat xizmatlarni va davlat organlari funksiyalarini xatlovdan o‘tkazish;
davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoralararo elektron hamkorlik yordamida jo‘natiladigan ma’lumotlar ro‘yxatini belgilash;
davlat organlari tomonidan qabul qilinadigan va yuboriladigan ma’lumotlarni tahlil qilish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibotini takomillashtirish;
axborot tizimlari va ular o‘rtasida uzatiladigan ma’lumotlar ro‘yxatini hamda elektron shaklga o‘tkaziladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan “Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlash nazarda tutiladi.

36.

Elektr energiyasi iste’molchilarini mobil aloqa orqali elektr energiya iste’moli bo‘yicha ma’lumot bilan ta’minlash va xizmat ko‘rsatish.

2017-yil III chorak

“O‘zbekenergo”,
“EnergoABT-sozlash”

5 000,0

“O‘zbekenergo” mablag‘lari

Elektr energiyasi iste’molchilarini mobil aloqa orqali ma’lumot bilan ta’minlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha dasturiy ta’minot ishlab chiqish
hamda joriy qilish.

37.

Kompyuter qurilmalariga
yoki Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan aholi qatlamlari uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishda zamonaviy �exnologiyalarni qo‘llash orqali qo‘shimcha qulayliklar yaratish.

2017-yil III chorak

Axborot texnologiyalari vazirligi,
Adliya vazirligi

5 220,0

AKTni rivojlan-tirish jamg‘armasi

Hududlardagi “Yagona darcha” markazlari va “O‘zbekiston pochtasi” AJ bo‘linmalarida 250 ta infokioskani o‘rnatish.
Kompyuter, planshet yoki smartfon qurilmalariga hamda Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatiga
ega bo‘lmagan aholi qatlamlariga, shu jumladan, tadbirkorlarga infokioskalar orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish, to‘lovlarni qabul qilish va ba’zi ruxsatnoma hamda ma’lumotnomalarni olish imkoniyati yaratiladi.

38.

Notarial idoralar faoliyatini avtomatlashtirish, barcha notarial bitimlar hisobini markazlashgan holda yuritish va idoralararo elektron hamkorlikni hisobga olgan holda, aholi va tadbirkorlarga notariat sohasida interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.

2017-yil IV chorak

Adliya vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
vazirlik va idoralar

12,0

Jalb qilingan mablag‘lar

“Notarius” axborot tizimlari kompleksini barcha notarial idoralarda joriy qilish.
O‘zaro munosabat jarayonlarini avtomatlashtirish yo‘li bilan notariat sohasida aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi takomillashtiriladi.

39.

Ehtiyoj yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat idoralarida elektron navbatga qo‘yish tizimini joriy qilish.

2017-yil IV chorak

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Alohida hisob-kitoblarga muvofiq

Ijrochilar mablag‘lari

Xizmat ko‘rsatish punktlarida elektron navbatga qo‘yish tizimini joriy qilish.
Davlat xizmatlaridan foydalanishda aholi vaqtining tejalishi natijasida xalqning davlat boshqaruvi organlariga ishonchi oshadi.

40.

Aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimini yaratish.

2017-yil IV chorak

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

13,6 mln. doll.

Koreyaning EDCF jamg‘armasi mablag‘lari

Geografik muhit bo‘yicha erkin foydalanishdagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimini yaratish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish.
Geografik axborotlardan erkin foydalanish hisobiga ko‘chmas mulk, yer resurslari, manzil, yo‘l, muhandislik infratuzilmasi, turizm sohalarida GPS texnologiyalaridan foydalangan holda tezkor ma’lumot yig‘ish va elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.

41.

“Elektron hukumat” tizimi doirasida ishlab chiqilayotgan axborot tizimlarining axborot xavfsizligi yuzasidan monitoring qilish tizimini yaratish.

Yil davomida

Axborot texnologiyalari vazirligi

554,8

AKTni rivojlantirish jamg‘armasi

Chora-tadbirlar.
“Elektron hukumat” tizimi doirasidagi axborot tizimlarining axborot xavfsizligi ta’minlanadi.

42.

Respublika hududlarida aholi va tadbirkorlik subyektlarining kompyuter savodxonligin� oshirish va ularga elektron davlat xizmatlaridan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish.

Yil davomida

Axborot texnologiyalari vazirligi,
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi,
Savdo-sanoat palatasi, “Mahalla” jamg‘armasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

500,0

Jalb qilingan mablag‘lar

Axborot texnologiyalari vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining qo‘shma qarori.
Aholi va tadbirkorlarning kompyuter savodxonligi, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalari oshadi.

43.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining fuqarolar murojaatlarining ko‘rib chiqilishi uchun mas’ul xodimlari malakasini oshirish tizimini joriy etish.

2017-yil III chorak

DBA,
Adliya vazirligi

Ishlab chiqilgan smetaga muvofiq

Davlat
va xo‘jalik boshqaruvi organlari mablag‘lari

Chora-tadbirlar dasturi. Dastur:
mas’ul xodimlar uchun fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning zamonaviy usul va shakllarini o‘zlashtirishga qaratilgan o‘quv kurslarini tashkil etish;
fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazishni nazarda tutadi.


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə