388.
|
Xorijda axborot kampaniyasini o‘tkazish, jumladan, jahonning nufuzli ommaviy axborot vositalarida va mediamakonida O‘zbekiston haqidagi materiallarni e’lon qilishni tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalariga moliyaviy resurslar ajratish.
|
1. Respublikaning turli sohalardagi yutuqlari haqida chet el ommaviy axborot vositalarida va medimakonida muntazam maqolalar chop etish va videokontent uzatish.
2. Respublikaning turli sohalardagi yutuqlarini keng targ‘ib qilish uchun brifinglar, davra suhbatlari, konferensiya va seminarlar o‘tkazish.
3. AQShning yetakchi tahliliy institutlari, “aql markazlari” bilan hamkorlikni mustahkamlash, ularning bazalarida respublikadagi islohotlarga bag‘ishlangan taqdimotlarni tashkil qilish.
4. Jahon maydonida O‘zbekistonning ijobiy imijini ilgari suradigan xorijiy PR-agentliklari va lobbi tuzilmalari bilan, shuningdek, xalqaro axborot maydonida nufuzli va ta’sirga ega bo‘lgan xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan O‘zbekiston haqidagi batafsil mualliflik materiallarini davriy asosda nashr yetish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar tuzish.
|
Amaliy chora-tadbirlar
|
2022-yil davomida
|
Xarajatlar smetasiga muvofiq
|
Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari
B. Usmanov,
Bosh vazir o‘rinbosarlari
J. Qo‘chqorov, S. Umurzakov
|
Tashqi ishlar vazirligi
|