1 Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalash va sog’lig’ini himoya qlish yo’lida olib borayotgan ishlari


Yoshlik davrlarining morfologik va fiziologik xususiyatlari



Yüklə 324,5 Kb.
səhifə2/29
tarix02.02.2023
ölçüsü324,5 Kb.
#99978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
1 Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalash va sog’lig’ini himoya

2
Yoshlik davrlarining morfologik va fiziologik xususiyatlari
Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani biologiyaning mustaqil bir tarmog`i hisoblanib, ikkita alohida fanning birikmasidir. Bu fanlar o`zaro bir-birini to`ldiradi va yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani 1970 yildan boshlab pеdagogika oliy o`quv yurtlarining o`quv rеjasiga kiritildi. Yosh fiziologiyasi fiziologiya fanining bir qismi hisoblangan odam fiziologiyasida yangi ma'lumotlarning to`planishi natijasida mustaqil fan bo`lib ajralib chiqdi. Yosh fiziologiyasi fani- turli yoshdagi bolalar va o`smirlarning organizmlarida kеchadigan o`sish va rivojlanish jarayonlarini, organlari, to`qimalari va tizimlarining o`ziga xos yosh xususiyatlarini o`rganadi. Yosh fiziologiyasi o`rganadigan asosiy ob'еkt bolalardir. Yosh fiziologiyasi biologiya fanlari qatoriga kiradi, biologik fanlarga asosan sitologiya, gistologiya, odam anatomiyasi, odam fiziologiyasi, gigiyena, sanitariya, iqlimshunoslik kabi fanlar bilan aloqada. Maqsadi-yosh avlodning jismoniy va aqliy jihatdan uyg`un rivojlanishi, sog`lom hayot kechirish asoslarini aniqlashdan iborat.
Vazifasi-o`sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib bеrish, bir butun organizm, uning tizimlari, organlari, to`qimalari va hujayralarini ishlash xususiyatlarini turli yoshga aloqador davrlarda aniqlash. Yosh fiziologiyasi o`sib rivojlanib kelayotgan organizmning yoshiga oid morfologik xususiyatlari, nerv sistemasi, yurak-qon tomir, tayanch harakatlanish fiziologiyasi va rivojlangan organizmning xususiyatlari, kasalliklarning oldini olish, sog`likni saqlash kabi fiziologik jarayonlarni tushunib olishga yordam beradi. Shuningdek, yosh fiziologiyasi va gigiyena fani o`sib kelayotgan organizmdagi turli bosqichlarga xos bo`lgan funksional va psixologik xususiyatlarga etibor beradi. Shu asosida tashqi muhitning turli omillariga bo`lgan gigiyenik talab va normativlarini hamda bolalar va o`smirlarning normal funksional rivojlanish imkoniyatlarini yanada takomillashtirish tadbirlarini yo`lga qo`yishda muhim ahamiyatga ega.Gigiyena grеkcha “gigiyenos” so`zidan olingan bo`lib, “sog`lom” ma'nosini bildiradi. Gigiyena tashqi muhit omillarining odam salomatligiga ta'sirini o`rganadi. Gigiyena fani maktab gigiyenasi, mеhnat gigiyenasi, ovqatlanish gigiyenasi, epidеmologiya hamda gigiyenaga oid boshqa fanlarni o`z ichiga oladi. Gigiyenaning asosiy maqsadi-odam organizmining jismoniy rivojlanishi, turli sharoitga moslashishi va boshqa xususiyatlarga ta'sir etish, bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash uchun sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash hamda turli kasalliklarning oldini olish, soglomlashtirish chora-tadbirlarini ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan holda ishlab chiqish.

Yüklə 324,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə