1. Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati



Yüklə 275,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü275,38 Kb.
#138303
  1   2
Azamat.



Mavzu: 
Olamni virtual va visual 
estetik idrok etishning farqlari. 
 
 
1.
Dunyoni estetik 
idrok etishning mohiyati
 
2.
Estetikaning zamonaviy yondashuvlari
3.
Estetik tarbiyada ijodning o‘rni.
Bugungi murakkab va tahlikali zamonda, milliy, mintaqaviy va 
global miqyosda kechayotgan jarayonlar, hamda, 
mamlakatitmizda olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy 
sohalardagi 
chuqur islohatlar davrida
, fanlarning, shu jumladan, 
klassik fanlarning fundamental nazariy asoslarini bilmasdan 
turib jamiyat barqarorligiga erishish mumkin emas. 
Insoniyatning taraqqiyoti ta’lim va ilm-fanning yuqori darajada 
rivojlanganligi bilan belgilanadi. Estetik tafakkur 
taraqqiyotining tarixi, nazariyasi va 
amaliy jihatlarini 
shakllanish
, ularni samarali va taalluqli ta’lim tizimiga oqilona 
tadbiq etish bugungi kunda davr talabiga aylanib bormoqda, 
chunki kishida estetik faoliyat paydo bo‘lishi bilan asta-sekin 
go‘zallik, nafosat, ulug‘vorlik, uyg‘unlik kabi ijobiy fazilatlar 
yuzaga keladi va estetik faoliyat davomida inson go‘zallik va 


nafosat qonuniyatlarini yaratadi, o‘zlashtiradi va ularga amal 
qila boshlaydi. 
Zamonaviy G‘arb estetikasida ta’kidlanadiki: “Estetika bu 
insonlar uchun suv va havodek zarur bo‘lgan bizni fikrlashga 
undaydigan mahorat, did, saviya va fahmimizni oshiradigan 
fandir. Agar insonda estetik salohiyat did farosat bo‘lmasa u 
dunyo go‘zalliklarini ko‘ra olmaydi
1

Hozirgi kunda estetika ilmi jamiyatning ma’naviy-tarbiyaviy, 
ijtimoiy-iqtisodiy sahalariga ham keng ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Jamiyatda vujudga 
kelayotgan yangi talablar
, g‘oyalar va estetik 
ehtiyojlar, innovatsiyalar, fan va texnika yutuqlari, 
yangi ifoda 
usullari
, yangicha fikrlash tarzi buning yorqin ifodasidir. 
Jamiyatning estetik didi va estetik ehtiyojini o‘rganish-bu inson 
ma’naviyati, madaniyatini kamol toptirish bilan birgalikda
bozor iqtisodiyotining talab, taklif bozor muvozanati 
qonuniyatlarini va marketiningni 
rivojlantirish, 
raqobatbardoshlikni oshirish
, uning barobarida 
hayot sifatini yaxshilash demakdir. Hozirda estetik bilimlar 
doirasi shu qadar kengayib bormoqdaki, u ijtimoiy 
taraqqiyotning deyarli barcha sohalarida; san’atda, sportda, 
tibbiyotda, badiiylik bilan bog‘liq 
barcha faoliyat turlarida

dizaynda, keng qo‘llanmoqda va ular estetikaning obyektini 
toboro kengaytirmoqda. 
Bugungi kunda estetika fanining kelib chiqishi xususida bir 
qancha qarashlar mavjud. Bizningcha ushbu fanning kelib 
chiqishi insoniyatning go‘zallikka bo‘lgan estetik ehtiyojining 
natijasidir. Uning kelib chiqishida esa, sinergetika, (xaosdan 
garmoniyaning yaralishida), ratsional aql hamda intuitiv omillar 
(aqliy va hissiyotga asoslangan), xalqlarning an’ana 
va 


marosimlari
, odatlari, ijod jarayoni va buyuk shaxslarning 
asarlari, arxetiplar(jamoaviy onglanmaganlik), o‘yin nazariyasi, 
mimemsis (taqlid) va mehnat salmoqli o‘rinni egallagan deb 
hisoblaymiz. 
Shuningdek
, sekin-asta inson tomonidan orttirilgan 
hayotiy tajribalar, ko‘nikmalar, bilimlar orqali estetika fani 
shakllanib bordi va rivojlandi. 
Estetika yoxud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. 
Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi. 
Biroq u o‘zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. «Estetika» 
atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr 
Baumgarten (1714—1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u 
boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi G. Laebnits (1646-1716) 
ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi 
Laebnits inson ma’naviy olamini uch sohaga – 

Yüklə 275,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə