1. Faoliyat shakllari va ko’rinishlari. Har xil shakldagi faoliyatni energiya sarfi



Yüklə 103 Kb.
səhifə3/6
tarix29.11.2023
ölçüsü103 Kb.
#142233
1   2   3   4   5   6
Inson faoliyatining òziga xosligi

Ongning birinchi funksiyasi bilish yoki aks ettirish, ya'ni insonni qurshagan voqyelik haqida va uning o‘zi haqida bilimlar olishdir. Bilish faoliyati sifatida anglash jarayoni hissiy, obrazli bilishdan boshlanadi va mavhum fikrlash sari yuksaladi. Hissiy (empirik) bilish bosqichida rang-barang ashyoviy material to‘planadi va keyinchalik u mavhum fikrlash yo‘li bilan umumlashtiriladi. Shu tariqa ong eng muhim hodisalarning mohiyatini anglaydi va ular bo‘ysunuvchi ob'ektiv qonuniyatlarni aniqlaydi. Bilish funksiyasi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi, undan qolgan barcha funksiyalar kelib chiqadi. Mazkur funksiya faol, evristik xususiyat kasb etadi, ya'ni ong voqyelikni ildamroq aks ettirish xususiyati bilan tavsiflanadi.
Ongning bilish funksiyasi jamg‘arish funksiyasini belgilaydi. Bu funksiyaning mohiyati shu bilan belgilanadiki, bevosita, shaxsiy tajribadan olingan bilimlargina emas, balki zamondoshlar yoki o‘tmishdoshlardan olingan bilimlar ham inson xotirasida jamlanadi. Bu bilimlar zaruriyatga qarab aktuallashtiriladi, tiklanadi va ongning boshqa funksiyalarini amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Inson xotirasi qancha boy bo‘lsa, u optimal qaror qabul qilishi shuncha oson bo‘ladi.
Ongning aksiologik funksiyasi (baholash funksiyasi)da inson tashqi dunyo haqida ma'lumotlar olish bilan bir vaqtda ularni o‘z ehtiyojlari va manfaatlari nuqtai nazaridan baholaydi. Ong, bir tomondan, ob'ektiv aks ettirish shakli, inson mayllari va manfaatlariga bog‘liq bo‘lmagan voqyelikni bilish shakli hisoblanadi. Bilimlar olish, ob'ektiv haqiqatning tagiga yetish, bilish faoliyati sifatidagi anglash jarayonining natijasi va maqsadiga aylanadi. Boshqa tomondan, ong voqyelikka sub'ektiv munosabat ko‘rinishlarini, uni baholash, o‘z bilimini va o‘zini anglab yetishni ham o‘z ichiga oladi. Dunyoga qadriyat sifatida qarashning natijasi va maqsadi borliqni, dunyoning inson mayllari va ehtiyojlariga muvofiqlik darajasini, o‘z hayotining mazmunini anglab yetish hisoblanadi. Tafakkur, bilish faoliyati asosan bilimni aniq ifodalash, mantiqiy sxemalarga rioya etish, ular bilan ish ko‘rishnigina talab qilsa, dunyoga qadriyat sifatida yondashish va uni anglab yetish esa shaxsiy kuch-g‘ayrat, o‘y-mulohazalar va haqiqatni teran idrok etishni talab qiladi.
Har bir insonning va butun jamiyatning mehnat faoliyati quyidagi ikki asosiy turga bo’linadi: jismoniy va aqliy. Har qanday faoliyat ma’lum bir ijtimoiy, ruhiy jarayonni nazarda tutadi. Hammaga ma’lumki, inson faoliyati natijasida har doim biror moddiy narsaga erishiladi. Zero moddiy narsa natijasida faoliyatning doirasi doimiy kengayib, murakkabligi ortib boradi. Insonni bir vaqtda faoliyati bilan ehtiyoji ham rivojlanib boradi.
Inson faoliyati - bu har doim hayot uni oldiga qo’yilayotgan muammolarni hal etilishidir. U bu muammolarni aqliy va jismoniy faoliyati natijasida yechadi. Umuman olganda inson faoliyatini aqliy va jismoniy faoliyatlarga bo’lish ko’p jihatdan shartli hisoblanadi. Aqliy faoliyat markaziy asab sistemasiga sezilarli darajada yuklanish beradi va mehnatni kuchlanganligi sifatida xarakterlanadi. Jismoniy faoliyat insonni mushaklariga, skelet mushaklariga, yurak-qon tomir sistemalariga va boshqa fiziologik sistemalariga yuklanish beradi.
Zamonaviy hayot ishlab chiqarishda jismoniy faoliyatga nisbatan aqliy faoliyat ulushini oshib borishini xaraktyerlaydi. Bunday holatlar aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi odamlarda yog’ bosish, qon tomir kasalliklari, umurtqa, oshqozon-ichak va boshqa kasalliklarni paydo bo’lishiga olib keladi.
Zamonaviy ishlab chiqarishda kasblar to’rt guruhga bo’linadi: jismoniy, mexanizasiyalashgan, avtomatlashgan va aqliy mehnat. O’z navbatida oxirgi ikkitasini ulushi doimiy o’sayotgan bo’lsa, birinchi ikkitasiniki esa doimiy kamaymoqda. Mos ravishda ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish sohasi kengaymoqda. Ammo insonni yuqori mehnat unumdorligini taminlash uchun aqliy va jismoniy faoliyatini ma’lum darajada birgalikda olib borish zarur. Shu maqsadda har xil trenajyorlar, ayerobika mashg’uloti, jismoniy tarbiya, yugurish, sportcha yurishlardan foydalanish zarur.
Mehnat gigiyenistlari va fiziologlarining qayd qilishicha inson o’zining har qanday faoliyatida uning organizmini bioritmi mehnat va dam olish rejimlari bilan mos kelsa u eng yuqori samaradorlikka erishishi mumkin.
Aqliy mehnat bilan shug’ullanadigan odamlarni bioritmini tadqiqotini ko’rsatishiga ularning mehnat samaradorligi ertalab yaxshilanib, yarim tunda o’zining eng yuqori darajasiga yetadi, so’ngra esa asta-sekin yomonlashib boradi.

Yüklə 103 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə