1. Faoliyat shakllari va ko’rinishlari. Har xil shakldagi faoliyatni energiya sarfi



Yüklə 103 Kb.
səhifə6/6
tarix29.11.2023
ölçüsü103 Kb.
#142233
1   2   3   4   5   6
Inson faoliyatining òziga xosligi

Xulosalar.
Fikrlovchi odamning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u o‘z ongi yordamida o‘zini, o‘zi yashayotgan muhitni tahlil qilib, o‘z «Meni» haqida tasavvur hosil qiladi va o‘zini bu borliqdan ajratib, shu tariqa o‘zligini shakllantiradi. Emotsiyalarga boy bo‘lgan va qadriyatlarga qarab mo‘ljal oluvchi inson ongi faol asos sifatida amal qiladi, chunki u borliqning passiv in'ikosi emas, balki fikrlash faoliyatining izchil, nazorat qilinadigan va boshqariladigan jarayoni hisoblanadi. Shu ma'noda u ijodiy faoliyat sifatida ham namoyon bo‘ladi, zero u nafaqat borliqni aks ettiradi, balki uni o‘zgartirib, borliqning yangi shakllarini yaratadi.
Bu yerda har qanday ijodkor faoliyatining negizi, shuningdek inson yaratgan va yaratayotgan «ikkilamchi» tabiatning paydo bo‘lish asoslari mujassamlashadi. Aynan inson ongining faol va ijodiy xususiyati uni sun'iy intellekt manbalari – «aqlli», «fikrlovchi» mashinalar bilan bir qatorga qo‘yish imkonini bermaydi. Garchi ular axborotga ishlov berish borasida insondan ancha ustun va hatto ularning ishida «ijod» unsurlari ham namoyon bo‘lsa-da, lekin ular mashinalar bo‘lib qoladi. Ularning ishi ma'naviyatdan mahrum va umuman olganda odamlarning ongli faoliyati bilan tenglasha olmaydi. Bu faoliyat oldindan belgilangan har qanday dasturdan boyroq, zero madaniy jarayondan uning faol asosi sifatida o‘rin olgan va asosan madaniyat bilan belgilanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar


1.O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. Toshkent, ,,O’zbekiston", 1992 y.
2. Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent «SHarq",1998 y.
3.O’zbekiston Respublikasini Mehnat kodeksi Toshkent, 1996 y.
4.O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonuni Toshkent, 1993 y.
5.V.S.Alekseev, E.O.Murodova, I.S.Davыdova. Bezopasnost jiznedeyatelnosti «Prospekt» Moskva-2006 g.
6.O.Qudratov, T.G’aniev. Hayotiy faoliyat xavfsizligi. Toshkent. «Mehnat»-2004.
7.H.E.G’oipov. Mehnat muhofazasi. Toshkent. «Mehnat»-2000.
8.O’.R.Boynazarov. Hayot faoliyat xavfsizligi. Ma’ruza matnlari to’plami. Qarshi-2000.
9. G’.E.YOrmatov. Hayot faoliyat xavfsizligi (Ma’ruza matnlari to’plami), Toshkent-2003
10. Bezopasnost jiznedeyatelnosti. Pod obщey redaksiey doktora texn. nauk, professora S.V.Belova. Moskva, «Vыsshaya shkola» 2003.
Test savollari
1. Yosh davrlari psixologiyasi –
A) Shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdir
В) Insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini uning turli xil faoliyatlarini va shaxsni tarkib topishini
C) Inson ruhiyatining rivojlanish davrlarini aniqlash, shu sohadagi ma`lumotlarni to‘plash
D) Inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlarini
2. Ontogenez –
А) Organizmning vujudga kelgandan boshlab to umrining oxirigacha bo‘lgan individual rivojlanish yo‘li
В) Organizmning jismoniy hamda psixik rivojlanish yo‘li.
С) Organizmning psixik rivojlanish yo‘li.
Д) Insonning dunyoga kelishi.
3. Chaqaloqlikdagi qaysi davr organizmda keskin o‘zgarishlar yuz berish pallasi hisoblanib, murg`ak organning mustaqil yashayotganidan dalolat beradi?
A) Nafas olish davri
B) Kindik tushish davri
C) Bo‘y o‘sishi davri
D) Uxlash davri
4. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda miyaning og‘irligi necha ming grammini tashkil etadi?
А) 1250-1300 gramm
В) 1250-1400 gramm
С) 1350-1400 gramm
D) 1400-1450 gramm
5.. Maktab yoshidagi bolalarda diqqat qanday bo‘ladi?
А) Passiv diqqat
В) Barqaror diqqat
С) Qisqa muddatli
D) Uzoq muddatli va shartli barqaror bo‘ladi
6. Involyutsiya-so‘zi nimani anglatadi?
А) O‘sish
В) Rivojlanish
С) O‘sishdan orqaga qaytish
D) Taraqqiyot
7. O‘spirin necha yoshida esa saylash hamda saylanish huquqiga ega bo‘ladi?
A) 17 yosh
В) 19 yosh
С) 16 yosh
D) 18 yosh
8. Inson ontogenezida ularning 1 yoshdan 3 yoshgacha qanday davr hisoblanadi?
A) O‘spirinlik davri
В) O‘sish davri
С) Go‘daklik davri
D) Ilk bolalik davri
9. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya sohalaridagi tadqiqotlarda o‘quvchining guruhdagi ijtimoiy mavqeini o‘rganishda ko‘pincha qaysi metod qo‘llanadi?
A) Sotsiometriya
B) So‘rovnoma
C) Faoliyat mahsulini o‘rganish
D) Test
10. Erikson tomonidan ilgari surilgan ta`limotda psixik rivojlanish davomida yuzaga keladigan nechta inqirozli davr ajratib ko‘rsatiladi?
A) 6 ta B) 8 ta C) 4 ta D) 3 ta

1 Bergson A. Tvorcheskaya evolyutsiya. – M.: 1984. – S.1.


Yüklə 103 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə