1. Firma tushunchasi. Tadbirkorlik firmalarining asosiy shakllari



Yüklə 257,19 Kb.
səhifə9/18
tarix30.12.2023
ölçüsü257,19 Kb.
#167060
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
1. Firma tushunchasi. Tadbirkorlik firmalarining asosiy shakllar

YOpiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni 50 nafardan ziyod bo`lishi mumkin emas.
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati har yili ommaviy axborot vositalarida:
- yillik hisobotni;
- buxgalterlik balansini;
- foydalar va zararlar schyotini;
- jamiyat aksiyalari emissiyalari prospektini;
- umumiy majlisni o`tkazish sanasi va joyini malum qilib turishi shart.
Aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish uchun quyidagilar zarur:
- jamiyatni tashkil etish va birgalikda faoliyat ko`rsatish hamda bir yoki bir necha shaxsga jamiyatni tashkil etish uchun vakolat berish to`g`risida shartnoma tuzish;
- aksiyalarga obuna o`tkazish;
- ta’sis konferensiyasini o`tkazish;
- jamiyat va uning aksiyalarini davlat ro`yxatidan o`tkazish.
Jamiyatni tashkil etishdagi xarajatlar shartnomaga imzo chekkan shaxslarga taqsimlanadi. Davlat mulkini xususiylashtirish orqali quyidagi usullarda AJ tashkil etilishi mumkin:
- oddiy yo`l bilan, ya’ni bunda fuqarolar yopiq yoki ochiq AJ larining ob’ektlarini auksion orqali yoki konkurs yo`li bilan sotib olishadi;
- davlat korxonasi mehnat jamoasi tomonidan yopiq AJ ni tashkil etadi va ma’lum yuridik shaxs tomonidan korxona sotib olinadi;
- davlat yoki ijara korxonalari ochiq AJ lariga aylan-tiriladi.
Barcha jamoa korxonalari uchun quyidagi umumiy jihatlar mavjud:
- nizom kapitalining tegishli bo`laklarga yoki aksiya­larga majburiy bo`linishi;
- jamiyatning o`z majburiyatlari va faqat o`zining mulki bo`yicha cheklangan javobgarligi;
- aksiyador (sherik)lar orasidagi o`zaro munosabatlar, daromad va mulkni taqsimlash, korxonani boshqarish bo`yicha munosabatlar ularning kiritgan ulushlari miqdoriga qarab taqsimlanadi;
- jamiyat a’zolari uning kapitaliga o`z ulushlarini kiritishlari zarur, ammo o`z mehnatlari bilan uning faoliyatida ishtirok etishlari majburiy emas.
Aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish jarayonlari «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish», «Hissadorlik jamiyatlari», «Korxonalar to`g`risida», «Qimmatli qog`ozlar bozori va fond birjalari» to`g`risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida boshqariladi.

Yüklə 257,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə