1. Firma tushunchasi. Tadbirkorlik firmalarining asosiy shakllari



Yüklə 257,19 Kb.
səhifə5/18
tarix30.12.2023
ölçüsü257,19 Kb.
#167060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1. Firma tushunchasi. Tadbirkorlik firmalarining asosiy shakllar

Mas’uliyati cheklangan jamiyatda firma egalari firmaning majburiyatlari bo`yicha javobgarlikni Nizom fondiga qo`shgan ulushi doirasida zimmasiga oladi, xolos.
Mas’uliyati cheklangan shirkat firmalarning ustav fondi faqat ta’sischilar mablag` (aksiya)lari hisobiga barpo etiladi. Jamiyat qatnashchilari o`zlarining qo`shgan ulushlari doirasida javobgar bo`ladi. SHirkat o`z faoliyati uchun ustav fondi miqdorida javobgar hisoblanadi.
Fuqarolik kodeksining 63-moddasida Mas’uliyati cheklangan jamiyatga quyidagicha tarif beriladi:
Mas’uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo`yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo`lingan jamiyat tan olinadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo`yicha javobgar bo`lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog`liq zarar uchun o`zlari qo`shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo`ladilar.
Jamiyatning o`z hissasini to`la qo`shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo`yicha har bir ishtirokchi hissasining to`lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo`ladilar.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek "mas’uliyati cheklangan" degan so`zlarni o`z ichiga olishi kerak ya’ni nomiga «limited(ltd)» so`zi qo`shiladi, bu inglizcha so`z bo`lib, «cheklangan» ma’nosini bildiradi.
Mas’uliyati cheklangan va qo`shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning firma nomi va uning joylashgan manzili:
Jamiyat davlat tilidagi va bir vaqtda jamiyatning ixtiyoriga binoan boshqa tillardagi to`liq firma nomiga ega bo`lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo`lishga haqlidir.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning qisqartirilgan firma nomi uning to`liq yoki qisqartirilgan nomini hamda "mas’uliyati cheklangan jamiyat" degan so`zlarni yoki MCHJ abbreviaturasini o`z ichiga olishi kerak.
Qo`shimcha mas’uliyatli jamiyatning to`liq firma nomi jamiyatning to`liq nomini va "qo`shimcha mas’uliyatli jamiyat" degan so`zlarni o`z ichiga olishi kerak. Qo`shimcha mas’uliyatli jamiyatning qisqartirilgan firma nomi jamiyatning to`liq yoki qisqartirilgan nomini hamda "qo`shimcha mas’uliyatli jamiyat" degan so`zlarni yoki QMJ abbreviaturasini o`z ichiga olishi kerak.
Jamiyatning firma nomi uning tashkiliy-huquqiy shaklini aks ettiruvchi, shu jumladan chet tillardan o`zlashtirilgan boshqa atamalar va abbreviaturalarni, agar qonunlarda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo`lmasa, o`z ichiga olishi mumkin emas.
CHet elliklar ishtirokida tashkil etilayotgan jamiyatning firma nomiga uning muassislari qaysi davlatga mansubligini ko`rsatuvchi qayd kiritilishi mumkin.
Jamiyatning joylashgan manzili uning davlat ro`yxatidan o`tkazilgan joyiga qarab belgilanadi. Jamiyatning ta’sis hujjatlarida uning boshqaruv organlari doimiy joylashgan er yoki uning asosiy faoliyati yuritiladigan joy jamiyatning joylashgan manzili deb belgilanishi mumkin.
Jamiyat u bilan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga ega bo`lishi lozim va yuridik shaxslarni davlat ro`yxatidan o`tkazuvchi organni o`zining pochta manzili o`zgargani to`g`risida xabardor qilishi shart.
Mas’uliyati cheklangan firmaning bir qator turlari mav­jud. Ularning eng keng tarqalgan shakli aksiyadorlik jamiyatlari va korporasiyalardir.



Yüklə 257,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə