1. Firma tushunchasi. Tadbirkorlik firmalarining asosiy shakllari



Yüklə 257,19 Kb.
səhifə4/18
tarix30.12.2023
ölçüsü257,19 Kb.
#167060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1. Firma tushunchasi. Tadbirkorlik firmalarining asosiy shakllar

Firma (korxona) larning turlari







Firma (korxona) turlari




























Xususiy firmalar




SHirkat firmalar




Davlat korxonalari




Aralash firmalar































Mas’uliyati cheklanmagan jamiyat




Mas’uliyati cheklangan jamiyat




-qo`shma korxonalar
-konsern
-konsorsium
-konsessiya
-kooperativ



-kartel
-sindikat
-venchur
-ijara
-konsalting
-injiniring













Aksiyadorlik jamiyatlari




Korporasiya-lar







1-rasm.
O`zbekistonda xususiy mulk shaklidagi korxonalar

  1. Aksiyadorlik jamiyatlari (AJ)

  2. Ma’suliyati cheklangan jamiyat (MCHJ)

  3. Qo`shimcha ma’suliyatli jamiyat (QMJ)

  4. Qo`shma korxonalar

  5. Xususiy korxonalar

  6. Oila tadbirkorligi

  7. Fermer xo`jaliklari

  8. Dehqon xo`jaliklari

  9. SHirkat xo`jalilari (yaylov chorvachiligida)



3. Mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan (Qo`shimcha mas’uliyatli) jamiyatlar.
Mas’uliyati cheklanmagan (Qo`shimcha mas’uliyatli) jamiyat - firmani birgalikda tashkil qilib, birgalikda egalik qiluvchi va boshqaruvchi shaxslar guruhi bo`lib, ular firmaning barcha majburiyatlari bo`yicha to`liq javobgarlikni cheklanmagan ravishda o`zlarining zimmalariga oladilar.
Mas’uliyati cheklanmagan (Qo`shimcha mas’uliyatli) jamiyatlar ikki yoki undan ko`proq kishilarning mulki asosida yuzaga keladi. SHeriklarning dastlabki mulki firmaning ustav kapitali deyiladi. Bu kapitalga har bir sherik o`z hissasini qo`shadi. Ular ustav fondiga qancha pul qo`ysa, shu hissaga binoan foyda olishadi. Bordi-yu firma sinsa, sheriklar zararni hamjihatlikda ko`taradi, ya’ni bir sherik boshqasining javobgarligini ham zimmasiga oladi.
Fuqarolik kodeksining 63-moddasida qo`shimcha mas’uliyatli jamiyatga quyidagicha tarif beriladi:
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo`lingan jamiyat qo`shimcha mas’uliyatli jamiyat hisoblanadi. Bunday jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo`yicha o`z mol-mulklari bilan qo`shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo`lgan, jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo`ladilar. Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo`lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari bo`yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta’sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo`lmasa, boshqa ishtirokchilar o`rtasida ularning qo`shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Qo`shimcha mas’uliyatli jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek "qo`shimcha mas’uliyatli" degan so`zlarni o`z ichiga olishi kerak.
SHirkat a’zolari o`rtasida tuzilgan bitim shirkatning huquqiy asosi hisoblanadi. Bu bitim quyidagi bandlarni o`z ichiga oladi:
- har bir hamkorning vakolatlari;
- bitimning muddati;
- har bir vakilning umumiy ishga qo`shgan ulushi;
- daromadlar va yuz berishi mumkin bo`lgan zararlarni o`zaro bo`lish yo`l-yo`riqlari;
- uyushma mablag`laridan har bir hamkorning olishi mum­kin bo`lgan aniq va belgilangan pul hajmi;
- uyushmada amalga oshirish zarur bo`ladigan moliyaviy ishlar tartibi;
- yangi hamkorni qabul qilish tartibi;
- shirkatni tarqatib yuborish tartibi.
SHirkatga davlat, kooperativ, jamoa va boshqa tashkilotlar, shuningdek, xorijiy tashkilotlar va fuqarolar ham qonun yo`l qo`ygan hollarda a’zo bo`lishi mumkin.

Yüklə 257,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə