1. Firma tushunchasi. Tadbirkorlik firmalarining asosiy shakllari



Yüklə 257,19 Kb.
səhifə14/18
tarix30.12.2023
ölçüsü257,19 Kb.
#167060
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1. Firma tushunchasi. Tadbirkorlik firmalarining asosiy shakllar

Konsorsium – bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan korxonalarning muvaqqat birlash-masidir.
Konsorsium a’zolarining huquq va majburiyatlari kon­sorsium to`g`risidagi bitimda belgilab qo`yiladi. Qo`yilgan vazifani bajarish uchun konsorsium ishtirokchilari badallari hisobidan yagona moliyaviy va moddiy fondlar barpo etadilar, budjet mablag`lari va davlat bankidan kreditlar oladilar. Vazifa bajarilgach, konsorsium tarqaladi. Konsorsiumlarga boshqaruv bo`yicha qo`mitalar, direktorlar kengashi kabilar boshchilik qiladi. Konsorsiumlar aviasiya, kosmos, kompyuterlar, aloqa kabi yuksak texnologik va katta miqdordagi sarmoyali sohalarda keng tarqalgan.
Konsessiya – bu lotincha so`zdan olingan bo`lib, ruxsat, yon berish ma’nosini anglatadi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, tabiiy boyliklarni o`zlashtirish maqsadida davlat yoki munisipalitetga qarashli er uchastkalari, qazilma boyliklar, mol-mulk, korxonalar va boshqa xo`jalik ob’ektlarini muayyan muddatga va shartlar bilan foydalanish uchun chet ellik investorga davlat nomidan beriladigan ruxsatnoma, ular bilan tuziladigan shartnoma yoki kelishuv. Konsessiyachilik faoliyatida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar O`zbekiston Respublikasining «Konsessiyalar to`g`risida»gi qonuni bilan tartibga solinib turiladi.
Kooperativlar'>Kooperativlar. Kooperativlar o`z a’zolarining resurslarini foyda olish maqsadida birlashtirish asosida vujudga keladi.
Kooperativ – bu kooperasiyaning birlamchi bo`g`ini.
Koo­perasiya esa:
- mehnatni tashkil etish shakllaridan biri, ko`pchilik xodimlar bir mehnat jarayonida yoki o`zaro bog`liq turli mehnat jarayonlarida hamkorlikda ishtirok etadilar;
- guruh mulkchiligiga asoslangan xo`jalik yuritish sharti;
- ma’lum bir mahsulotni o`zaro hamkorlikda tayyorlash bilan band bo`lgan korxonalar o`rtasidagi uzoq muddatli va barqaror aloqalar shakli.
Kooperativ – bu yuridik shaxs huquqiga ega bo`lgan, xo`jalik yurituvchi sub’ekt. U jamoa mulki huquqidagi mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf etadi.
Kartel – bu monopolistik birlashma shakli. Bir tarmoqdagi mustaqil korxonalar narxlar, bozor, ishlab chiqarishning umumiy hajmida har bir ishtirokchining hissasi, ish kuchi yollash, patentlar va boshqa masalalarda o`zaro bitim tuziladi. Bu tuzilmaning maqsadi monopol foyda olishdir.
Sindikat – bu monopolistik birlashmaning bir turi. Ular bir tarmoq korxonalari huquqiy va ishlab chiqarish mustaqilligini saqlab qolgan holda:
- buyurtmalarni taqsimlash;
- xom ashyo sotib olish;
- ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish uchun o`zlarining tijorat faoliyatlarini birlashtirib, yagona idora tuzadilar.

Yüklə 257,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə