1. Firma tushunchasi. Tadbirkorlik firmalarining asosiy shakllari



Yüklə 257,19 Kb.
səhifə15/18
tarix30.12.2023
ölçüsü257,19 Kb.
#167060
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1. Firma tushunchasi. Tadbirkorlik firmalarining asosiy shakllar

Venchur korxonalar – bu kichik biznesning bir turi bo`lib, ular:
- ilmiy muhandislik ishlarini bajarish;
- yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish;
- ishlab chiqarishni boshqarish;
- tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarish kabi ishlarni amalga oshiradilar.
Bu vazifalarni ular davlat va yirik firmalar buyurtmasiga binoan kontrakt-bitimlar asosida bajarishadi. Venchur korxonalar texnikaning yangi yo`nalishlarida faollik ko`rsatadi va bu bilan fan-texnika taraqqiyotiga o`z hissasini qo`shadi.
Ijara korxona – bu mol-mulkni yollash bo`yicha mulk egasi bilan tadbirkor o`rtasidagi iqtisodiy munosabat.
Ijara shartnomasiga asosan bir tomon (ijaraga beruvchi) ikkinchi tomonga (ijarachi) ma’lum to`lov evaziga va ma’lum shartga ko`ra mol-mulkini vaqtincha foydalanish uchun beradi.
Ijara haqi mulk egasi mol-mulkining qiymatiga va keltiradigan daromadga bog`liq bo`lib, o`zaro kelishuv bilan belgilanadi.
Er, uy-joy, savdo-sanoat binolari, sanoat va savdo korxonalari, mashina va uskunalarni ijaraga berish va olish jahondagi ko`pgina mamlakatlar uchun xosdir.
Bugungi kunda sanoat va boshqa sohalarda ijara korxonalari paydo bo`la boshladi va mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning bir ko`rinishi bo`lib, ijara muddati davrida kor­xona jamoasi shu korxona mulkining egasi bo`lib qoladi.
Konsalting – bu ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko`rsatish sohasida ixtisoslashgan firmalarning o`z mijozlariga maslahat xizmati ko`rsatish va texnik loyihalarni ekspertiza qilish bilan bog`liq iqtisodiy faoliyatdir.
Konsalting firmalarining asosiy vazifalari quyidagilardir:
- tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun sheriklar tanlash;
- maslahatchilik tashkilotlarining taraqqiy topishiga va xorijiy investisiyalarni jalb etishga ko`maklashish;
- yagona axborot-so`rovnoma fondini yaratish va yagona rek­lama strategiyasi (yo`nalishi)ni amalga oshirish yo`li bilan ularning a’zolari faoliyatini umum maqsadlar yo`lida jamlash va hokazo.
Konsalting firmalarining kichik biznes sohasida keng tarqalgan maslahat xizmatlari quyidagilardan iborat:
- barcha mulk shakllaridagi korxonalarni ro`yxatga olish uchun ta’sis hujjatlarni tayyorlash bo`yicha maslahatlar berish;
- marketing bo`yicha izlanishlar o`tkazish;
- xususiylashtirish, aksiyadorlashtirish dasturlarini ishlab chiqish;
- tashqi iqtisodiy faoliyat bo`yicha maslahat berish;
- reklama strategiyasini ishlab chiqish, reklama materiallarini tayyorlash va ularni tarqatish;
- huquq, moliya va boshqaruv masalalari bo`yicha maslahatlar berish;
- intellektual mulkni himoya qilish masalasi bo`yicha maslahatlar berish;
- ishchi xizmatchilarni tayyorlash va malakasini oshirish;
tadbirkorlik va kichik biznesni taraqqiy toptirishga xizmat qiluvchi tadbirlarni o`tkazish;
- firma ish uslubini ishlab chiqish;
- xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, madaniyat, atrof-muhitni himoya qilish masalalari bo`yicha maslahatlar berish;
- investisiyalarni jalb qilish, imtiyozli kredit olish, zaruriy resurslarni va kapitallarni sotib olish bo`yicha maslahatlar berish va h.k..

Yüklə 257,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə