1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]


Sport lotereyasini tashkil etish



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə6/9
tarix26.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#131240
1   2   3   4   5   6   7   8   9
PF-5924 24.01.2020

Sport lotereyasini tashkil etish va o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.

Respublikada “Sportloto” lotereyalarini o‘tkazishni tashkil etish.
Bunda, lotereya o‘yinlari o‘tkazish orqali budjetdan tashqari mablag‘lar shakllantiriladi va mazkur mablag‘lar:
sportni yanada rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish;
vazirlik va uning tizimidagi xodimlarini rag‘batlantirish, xizmat safarlari xarajatlarini to‘lab berish;
moddiy-texnik bazani rivojlantirish xarajatlarni moliyalashtirish;
muassisligidagi muassasalar, korxonalar, tashkil�tlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

15-noyabrga qadar

O‘z mablag‘lari
va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi,
Moliya vazirligi,
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi

27.

Aholining jismoniy tarbiya bilan bepul shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli monitoring olib borish.

1. Monitoring olib borish tartibini belgilash.
2. Monitoring natijalarini hududlar kesimida umumlashtirish hamda monitoring natijalarini muhokama qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1-fevraldan boshlab har chorakda bir marta



Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi

28.

Sportni ommalashtirish, sport tadbirlarining keng yoritilishini ta’minlash.

Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini yanada kuchaytirish, xususan yuqori natijalarga erishib kelayotgan sportchilarimiz hayoti va faoliyatini yoshlarga namuna qilib ko‘rsatishga qaratilgan oyma-oy media-rejani tasdiqlash.
Media-rejada quyidagilarni nazarda tutish:
jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, qabul qilingan hujjatlar ijrosiga bag‘ishlangan brifing va matbuot anjumanlarini o‘tkazish;
yuksak natijalarga erishib kelayotgan sportchilarning shaxsiy hayoti (turmush tarzi) va sport faoliyatiga bag‘ishlab “Sportchining bir kuni” ruknidagi teleko‘rsatuvlarni efirga berish;
milliy sport turlari va xalq o‘yinlari targ‘ibotini kuchaytirishga qaratilgan ko‘rsatuvlar, ushbu yo‘nalishdagi musobaqalar namoyishini (teletranslatsiyasi)ni yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekistonda sp�rt inventarlari va jihozlarini ishlab chiqarayotgan korxona va tashkilotlar faoliyatini keng yoritib borish (Andijon, Namangan, Samarqand va Chirchiq shaharlari misolida);
yoshlar orasida milliy sport turlari va xalq o‘yinlari (milliy kurash, uloq-ko‘pkari, chillak, mindi, lanka, beshtosh, varrak uchirish va h.k.)ni keng targ‘ib qilishga qaratilgan turkum ijtimoiy videoroliklar tayyorlash;
Tokio-2020 olimpiadasiga sportchilarning tayyorgarlik jarayoni, bu borada ularga yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida ko‘rsatuvlarni efirga berish (Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritgan sportchilar to‘g‘risida).

1-fevraldan boshlab



Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi,
Milliy teleradiokompaniya,
Milliy axborot agentligi

29.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport sohasini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash.

1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport sohasini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2020-yilda amalga oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlarni chuqur tahlil qilish.
2. Tahlil natijalarini inobatga olgan holda 2021-yil uchun “Yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqish.
3. Loyihani tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1-dekabrga qadar

5-dekabrga qadar



10-dekabrga qadar



Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi

Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi yoki bir hujjatga birlashtirilishi mumkin.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Farmoniga
4-ILOVA
Respublika tuman (shahar)larini ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan sport turlariga ixtisoslashtirish
RO‘YXATI


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə